Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi


Paxta tolali materiallarni bo‘yash va gul bosishga tayyorlash



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

Paxta tolali materiallarni bo‘yash va gul bosishga tayyorlash.
Bobina, 
mato va trikotaj holatdagi ip mahsulotlarni bo„yash va gul bosishga tayyorlashda 
bir xil fizik-kimyoviy jarayonlar kechadi, lekin ularni amalga oshirish uchun turli 
usul va har xil jihozlardan foydalaniladi. To„qimachilik materialini pardozlashga 
tayyorlash ketma-ketligi va tartib-tarkibi materialning tolaviy tarkibi, yo„ldosh 
moddalar tabiati va tola xossasiga bog„liq bo„ladi.
Pardozlash korxonasiga kelib tushadigan xom ashyo holatdagi ip gazlama yoki 
trikotaj polotnosining yuzasi tukli, sarg„ish rangli bo„lib, kam gigroskoplikka ega 
bo„ladi. Xom materialda bir qator chiqindi - yo„ldosh moddalar bo„lib, ularning 
tahminiy miqdori quyida keltirilgan (%). 
Mumsimon moddalar 0,5-0,6 
Pektin moddalar 1,2 gacha 
Azot tutgan moddalar 1,0-1,2 


103 
Mineral moddalar 1,1-1,2 
Oxorlovchi moddalar 3-8 
Mumsimon moddalar.
Paxtadagi mumsimon moddalar tarkibiga yog„ 
qatoridagi bir qator yuqori molekulyar bir atomli spirtlar kiradi. Ozod holatda 
palmetin C
15
H
29
COOH, stearin C
17
H
33
COOH, olein C
17
H
33
COOH kislotalar, 
palmitin va stearin kislotalarning ko„p atomli spirtlar bilan hosil qilgan murakkab 
efirlari kiradi. Murakkab efirlar ishqoriy sharoitda kislota va spirtlargacha 
gidrolizlanishi mumkin. Bular bilan bir qatorda qattiq uglevodorodlar (C
30
H
62

C
31
H
64
), hamda ma‟lum miqdorda suyuq uglevodorodlar ham mumsimon moddalar 
tarkibiga kiradi. Shuningdek mumsimon moddalar tarkibiga C
n
H
2n+1
OH formulaga 
ega bo„lgan bir atomli yuqori spirtlar - gossipol (n=30), montanil (n=28), seril 
(n=26) spirtlar ham bo„ladi. Mumsimon moddalar tolaning birlamchi devorida 
yuzasida joylashgan bo„ladi. Ularning yumshash harorati 76-80

S. Ishqoriy 
muhitda 37 % mumsimon moda gidrolizlanishi mumkin, uning qolgan qismi faqat 
emulgirlash yo„li bilan toladan chiqarilishi mumkin. Mumsimon moddalarning tola 
tarkibida bo„lishi uni shimiluvchanlik xossasini yomonlashtiradi. Tabiiy tolali 
materiallarni pardozlashga tayyorlashda toladan mumsimon moddalarni chiqarish 
eng mushkul jarayon hisoblanadi. Lekin ishlov berish jarayonlarida tola tarkibidan 
ma‟lum miqdorda mumsimon moddalarni qoldirish tavsiya qilinadi, chunki 
mumsimon moddalar tolaning qayishqoq-elastik xossalarini yaxshilaydi, hamda 
uning fizik-mexanik xossasini oshiradi. Pardozlashga tayyorlash jarayonlaridan 
to„liq o„tgan paxta tolali materiallar tarkibida taxminan 0,15-0,20% miqdorda 
mumsimon moddalar qoladi, mumsimon moddalarning toladagi miqdorini 0,11% 
dan kamayishi, matoning yirtilishga bo„lgan mustahkamligini 30 % ga 
kamayishiga olib keladi.
Pektin moddalar
- asosan poligalaktur (pektin) kislotadan tarkib topgan 
moddalardir. Pektin kislota zvenolari o„zaro 1-4 uglerod atomlari bo„yicha 180

da 
joylashgan, har bir zvenoda bittadan karboksil guruh bor. Pektin moddalarning 
molekulyar massasi 20-200000 oralig„ida. 


104 
Poligalaktur kislotadagi karboksil guruhlardagi vodorodning bir qismi metil 
spirti bilan efir hosil qilgan, yana bir qismi Ca
2+
yoki Mg
2+
ionlariga almashgan.
Pektin moddalar asosan paxta tolasining birlamchi devorida joylashgan. 
Pektin moddalarni sellyuloza yoki mumsimon moddalar bilan birikkanligi sababli 
uni toladan chiqarish qiyin jarayon hisoblanadi. Poligalaktur kislotadan tashqari 
paxtada molekulyar massasi 3000 dan 30000 gacha bo„lgan qand moddalar ham 
bo„ladi. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish