Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

Pardozlashga tayyorlash 
Bo`yash 
Gul bosish 
Yakuniy pardoz 
Sifat nazorati 
Tuk kuydirish 
Tuk kesish 
Merserlash 
Bo`yash 
Ohorsizlantirish, 
qaynatish,
oqartirish 
Sifat nazorati 
Yuvish
Quritish
Bug`lash 
Gul bosish 
En kengaytirish 
Sifat nazorati 
Yakuniy 
pardozlash
Sifat nazorati 


99 
To„qimachilik materiallarini pardozlash jarayonlari va olinadigan natijalari 
bu materiallarning qator xossalariga bog„liq ravishda tanlanadi, texnologik ketma-
ketlik tuzilib, tegishli eritma tarkibi ishlab chiqildai. Pardozlash jarayonlaridan 
o„tgan materiallar tayyor hisoblanib, ular tikuvchilik korxonalariga jo„natiladi yoki 
mato, bobina ip, trikotaj polotno sifatida savdoga chiqarilishi mumkin. 
To„qimachilik materiallarining iste‟molchilik xususiyatlari va xossalari pardozlash 
jarayonlarini belgilaydi. 
Matolarda plastik xususiyat ularni issiq-nam ishlov berish natijasida 
cho„zilishi, kirishishi, ma‟lum shaklga ega bo„lishi va keyin uni saqlanib qolishi 
bilan ahamiyatli hisoblanadi. Mato yuzasidan turli bo„rtgan shakllarni hosil 
qilishda matoning plastiklik xossasi katta ahamiyatga ega.
Qayishqoqlik xususiyati matodan turli dinamik shakldagi mahsulotlarni 
tikishda ahamiyatga ega. Matoning qayishqoqlik xususiyati uni tayyorlashda 
qo„llanilgan tolalarning qayishqoqlik xossalariga bog„liq bo„ladi. Tabiiy tolalarga 
sintetik tolalar qo„shish orqali matoda turli shakllarni hosil qilish mumkin. 
Matoning drapirlanish xususiyatiga ega bo„lishi ulardan simmetrik 
joylashgan buklanmalarni hosil qilish imkonini beradi. Yumshoq matolar yaxshi 
drapirlanadi. Matoning darapirlanish xususiyati ham qayishqoqlik kabi mato 
tayyorlangan ipning xossalariga bog„liq. Ko„pincha yaxshi drapirlanmaydigan 
tolalarga (masalan zig„ir tolasiga) sintetik tola qo„shish orqali ularning 
drapirlanishi yaxshilanadi
.
Matoning qattiqligi undan turli bichimda kiyim tikish imkonini cheklaydi. 
Bunday matolardan faqat to„g„ri chizig„li, jiddiy mahsulotlarni (djinsi shimlar) 
tayyorlash mumkin. Matoning qattiqligi nafaqt uni tayyorlashda qo„llanilgan ipga, 
balki to„qish usuliga ham bog„liqdir. 
Faktura – matoning yuzasini ifodalaydi. Fakturaga mos ravishda mato silliq, 
g„adir-budur, relefli, tukli, tig„izlangan, donachador turlarda bo„lishi mumkin. Bu 
xususiyatlar matoga to„qish jarayonlarida beriladi. Ayrim hollarda fason iplardan 
mato tayyorlanganda yigirish jarayonida ham tegishli jarayonlar amalga oshiriladi. 


100 
Rang – insonlar uchun psixologik-emotsional ta‟sir etadi. Qizil, qovoq sariq, 
sariq ranglar issiq ranglar hisoblanib, ular faoldirlar, ya‟ni bu rangdagi kiyimlar 
go„yoki jonlanadi, diqqatni o„ziga tortadi, emotsional ta‟sirlarni kuchaytiradi. 
Ko„k, havo rang, yashil ranglar sovuq rang bo„lib, ular insonni tinchlantiradi, 
qomatdagi nuqsonlarni berkitadi, odamni xushbichim ko„rsatadi. Ranglar yorqin, 
to„yingan, toza shiddati (intensivligi) bo„yicha qiymatga ega. Ranglar va ularning 
tuslari juda ko„p bo„lib, to„qimachilik sanoatida foydalanish uchun ular 
raqamlanadi. Shuning uchun ham korxonalarda ranglar atlas, ranglar kartasi kabi 
Pantone sistemalardan foydalaniladi.
Mato to„qish yoki uni kimyoviy pardozlash - gul bosishda jarayoni yuzasida 
gullar hosil qilinadi. Gullar geometrik, o„simlik, jonivorlar, peyzaj, biror bir 
predmet va boshqa mazmun va ko„rinishlarda, bir rangli va ko„p rangli bo„lishi 
mumkin. 
To„qimachilik materiallari turli xossalarga ega bo„lib, ular ishlab 
chiqarilayotgan mato va undan tayyorlanadigan mahsulotlarni qo„llanish sohasi 
bo„yicha boshqariladi.
 
Mato o„lchamlarini mustahkamligi uning kirishishi va g„ijimlanishi orqali 
ifodalanadi. Turli ta‟sir natijasida material va undan tayyorlangan mahsulotni o„z 
o„lchamlarini saqlab turishi ularning estetik xossalariga ta‟sir etadi. Matoni 
saqlash, jo„natish va ekspluatatsiya jarayonlarida o„lchamini o„zgarishi uni 
kirishganini belgilaydi. Ayniqsa ho„l ishlovlar chog„ida matoning kirishishi 
vujudga keladi. Gidrofil tolalar gidrofob tolalarga nisbatan ko„proq kirishadi. Mato 
bo„yi eni bo„yicha kirishishi mumkin. Matoni kirishishini mexanik (aralash tolali 
mato ishlab chiqarishda) va kimyoviy (matoga pardozlash korxonalarida maxsus 
yakuniy pardoz berish orqali) yo„llar bilan kamaytirish mumkin. 
G„ijimlanishlik –bu matoni qaytmas deformatsiyaga uchrashidir, bunda mato 
yuzasida uning egilgan, bukilgan va bosim tushgan joylarida turli g„ijimliklar va 
buklanishlar hosil bo„ladi. Masalan lavsan, nitron va jun kabi matolar deyarli 
g„ijim bo„lmaydi, sellyuloza va gidratsellyuloza tolasili mato qattiq g„ijimlanadi. 
Matoni g„ijimlanishi ochilish burchagi orqali ifodalanib, % larda o„lchanadi. 


101 
Ochilish burchagi bo„yicha barcha matolar uch guruhga ajratiladi: o„rtacha 
g„ijimlanadigan -30-45%; kam g„ijimlanadigan – 46-55% va g„ijimlanmaydigan - 
55 % dan yuqori. Matoning g„ijimlanishini mexanik (aralash tolali mato ishlab 
chiqarishda) va kimyoviy (matoga pardozlash korxonalarida maxsus yakuniy 
pardoz berish orqali) yo„llar bilan kamaytirish mumkin. 
Mato yuzasining fizik kimyoviy ta‟sirlarda turg„unligi. Tukli matolarda 
tukning to„kilmasligi, g„ijimlanmasligi, silliq matolarda pillingni hosil bo„lmasligi, 
mato yuzasini yaltirab qolmasligi ahamiyatli hisoblanadi. Matoning eskirishi 
(iznosostoykost).Turli kompleks ta‟sirlarda (fizik-kimyoviy, biologik, mexanik va 
atmosfera) vaqt davomida matoning o„z xususiyatlarini saqlab qolishi.
Mato ishlatilish sohasi bo„yicha turli xossalarga ega bo„lishi mumkin. Ular 
qiymatga ega bo„lib, tasdiqlangan turli uslublar yordamida nazorat qilinadi. 
Matoning og„irligi, uning yuzaviy zichligi bilan belgilanadi va g/m
2
da ifodalanadi. 
Eng yengil mato bu ipak matolari bo„lib, ularning og„irligi 40-60 g/m
2
ga teng. Jun 
palto matolarining yuza zichligi 600-800 g/m
2
bo„lib, ular eng og„ir mato 
hisoblanadi.
Matoning uzilishga bo„lgan mustahkamligi uzilish kuchi bilan baholanadi va 
u N yoki kgs da ifodalanadi. Sintetik tolalai matolar, krep buramali, qalin va zich 
iplardan to„qilmagan matolarning uzilishga bo„lgan mustahkamligi yuqori bo„ladi.
Matoning cho„zilishi, uning uzilishdagi cho„zilishi hisoblanadi, mato 
namunasining uzilish vaqtida uning boshlang„ich uzinligiga nisbatan uzayganligi 
% da ifodalanadi. Mato arqoq tarafiga nisbatan asos tomoniga kam cho„ziladi. 
Matoning cho„zilishi uning shakl saqlashini belgilaydi. 
Ranglarni fizik-kimyoviy ta‟sirlarga bardoshligi. Bu ko„rsatkich bo„yalgan 
va gul bosilgan mato yuzasidagi rangni yorug„lik, dazmollash, sovunli ishlov, ho„l 
va quruq ishqalanish, kimyoviy tozalash, ter ta‟siriga bo„lgan mustahkamligini 
bildiradi va u ball bilan ifodklknadi.
Yuqorida keltirilgan mato xossalaridan tashqari yana mato iplarini siljishi 
(N) va matoni sitilishi (mm) kabi xossalar xam borki, ular matodan mahsulot tikish 
uchun uni bichishda tikishda, ekspluatatsiya jarayonlarida o„ta muhim hisoblanadi.


102 
Mato gigroskopikligi uning suv bug„ini sorblash qobiliyati bilan baholanadi 
va % larda ifodalanadi. Bunda o„lchov olib borilayotgan muhit (havo) namligi 
muhim ahamiyatga ega. Suv yutish qobiliyati matoni suvga bo„ktirilganda uni suv 
yutishini bildiradi (%). Bu ko„rsatkichlar ayniqsa ichki kiyimlar, choyshabli 
matolar va bolalar ichki va ustki kiyimlari uchun o„ta muhim ahamiyatga ega. 
Havo o„tkazuvchanlik matoni o„zidan havoni o„tkazib yuborishligini xarakterlaydi. 
Matoning bu xossasi 1 m
2
matodan 1 s davomida o„tgan havo miqdori bilan 
baholanadi va dm
3
/m
2
x s bilan ifodalanadi. Matoning havo o„tkazuvchanligi uning 
g„ovakligiga va qalinligiga bog„liq. Kuz-bahor mavsumidagi matolar uchun ularni 
suvga turg„unlik ko„rsatkichi baholanadi. Bu ko„rsatkich suv o„tkazmaydigan va 
suv itaruvchi matolar uchun o„lchanadi. Mato namunasining ikkinchi tarafida suv 
tomchisi paydo bo„lishi uchun sarflangan bosim (Pa) bilan o„lchanadi. Matoning 
elektrlanishi solishtirma elektr qarshiligi bilan xarakterlanadi (Om). Uning 1010-
1011 Om qiymatida tolalarning o„zaro ajralishiga 1 s dan ko„p bo„lmagan vaqt 
sarflanadi. Sintetik tolalar qattiq elektrlanadi. Issiqbardosh matolar o„zida issiqlikni 
ushlab turish qobiliyati bilan baholanadi. Issiqbardoshlik 1 m
2
matodan 1 Vt 
issiqlik oqimi o„tganida uning haroratni pasayishi (v °C/m
2
.Vt) bilan o„lchanadi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish