Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/68
Sana28.02.2022
Hajmi2,72 Mb.
#473881
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
Bog'liq
tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi

13 -MA’RUZA 
Merserlash 
 
Reja:
1.
Merserlash texnologiyasi. 
2.
Merserlash jarayonining mohiyati va mexanizmi. 
Djon Merser 1844 yilda konsentrlangan o„yuvchi ishqorni ip gazlama orqali 
filtrlaganda paxta tolasini kirishganini va filtrlangan eritma konsentratsiyasini 
kamayganini payqab qoladi. Bundan tashqari u keyinchalik paxta tolali mato 
mustahkamligini ham ortganini, hamda ishqor bilan ishlov berilgan tolaga 
bo„yovchi moddani sorblanishini ortganini aniqladi va o„yuvchi ishqor 
sellyulozaga ta‟sir ettirilganda turg„un bo„lmagan kimyoviy modda – ishqoriy 
sellyuloza hosil bo„lishini tahmin qildi, buning uchun 1850 yilda Merserga Buyuk 
Britaniyada patent berildi. Lekin amalda ip gazlamalarni merserlash jarayoni 1898 
yilda boshlandi. Angliyalik Lov tomonidan o„yuvchi ishqor bilan matoga tortilgan 
holda ishlov berilganda uni kirishmasligi, aksincha yaltiroqlikka ega bo„lishi va 
sorbsion xossasini ortishi kashf etildi va unga patent berildi. Merser tomonidan 
ishlov berilgan tolani yaltiroq xossasiga ega bo„lganligi aniqlanmagan. Lekin 
birinchi bo„lib Dj. Merserni paxta sellyulozasini konsentrlangan ishqor ta‟sirida 
o„z xossasini o„zgartirishini kashf etganligi sababli bu jarayon uning sha‟niga 
«Merserlash» deb yuritiladi.


143 
Qisqa vaqt ichida 16-20
0
C haroratda 225-300 g/l li ishqor eritmasida 
tarang tortilgan holatda ip gazlamalarga ishlov berish, hamda ularni issiq va sovuq 
suvda yuvish merserlash jarayoni deyiladi. Ko„pincha (80 %) ip gazlamalar 
merserlanadi va ayrim hollarda paxtadan tayyorlangan materiallar: bobina, trikotaj 
va iplar ham merserlanadi. Paxta tolasili aralashmali matolar merserlanganda 
sintetik tashkil etuvchisini destruksiyalanishdan saqlaydigan sharoit tanlanadi. 
Merserlangan ip gazlama yoki trikotaj yaltiroq, ipak jiloli xususiyatga erishadi, 
hamda uning gigroskopligi, pishiqligi va sorbsion xossasi ortadi. Bunga paxta 
tolasining morfologiyasi va nadmoleklyar tuzilishida kechadigan o„zgarishlar 
sabab bo„ladi. Merserlash jarayonida tola bo„kadi, uning devorlari qalinlashadi va 
tola kanalining diametri kichiklashadi. Natijada paxta tolasi lentasimon shakldan 
silindir ko„rinishgacha o„zgaradi.
Ishqor sellyuloza bilan reaksiyaga kirishishida issiqlik ajralib chiqadi, 
shuning uchun jarayon 15-20

C haroratda olib boriladi. Shu bilan birga yuqori 
samaradorli yuqori haroratli mersererlash jarayonlari ham ma‟lum bo„lib, bunday 
sharoitda bir vaqtning o„zida qaynatish jarayoni ham bo„lib o„tadi. Konsentrlangan 
ishqor bilan paxta tolasiga ishlov berilganda, uning ko„ndalang kesimi yumaloq 
shaklga o„tadi, kanali butunlay yo„qoladi, tola yuzasi silliqlashadi, to„g„irlanadi va 
natijada nur tushganda yaltiroqlik paydo bo„ladi va bu merserlangan matoga 
xosdir. Merserlashni xom mato, qaynatilgan va oqartrilgan matolarga qo„llash 
mumkin. Qaynatilgan matoni merserlash maqsadga muvofiq hisoblanadi, bunda 
ishqor ta‟siri va ishlatilingan ishqorni qayta qo„llash samarali hisoblanadi. Lekin 
jarayonni uzluksiz olib borish uchun xom yoki oqartirilgan mato merserlanadi. 
Yuqoridagilar bo„yicha merserlash natijasida paxta tolasida qator 
o„zgarishlar sodir bo„lishini quyidagicha ajratib ko„rsatish mumkin: 
- barcha turdagi reagentlar bo„yicha tolaning reaksion qobiliyati ortadi; 
- barcha turdagi sorbentlar (suv, bo„yovchi moda, pardozlashda 
qo„llaniladigan moddalar) bo„yicha tolaning sorbsion xususiyati ortadi; 
- optik (yaltiroqlik) va fizik-mexanik (chiziqli o„lchami, mustahkamligi, 
elastikligi) xossalari o„zgaradi. 


144 
Ko„rsatib o„tilgan barcha yangi xossalar paxta tolasi morfologiyasi va 
nadmolekulyar o„zgarishi bilan bog„liq. Sellyulozaga konsentrlangan ishqor 
eritmasi bilan ishlov berish, keyin uni suv bilan yuvish natijasida sellyuloza asta-
sekin oldin ishqoriy sellyulozaga, keyin esa gidratsellyulozaga aylanib boradi. 
Sellyulozadagi bunday o„zgarish uning kimyoviy tarkibiga ta‟sir etmagan holda 
nadmolekulyar tuzilishiga sezilarli darajada ta‟sir etadi. Avvalo bunda sellyulozada 
dekristallizatsiya kechadi, ya‟ni uning amorf qismi 10-20 % ga ortadi, sellyuloza I 
o„rniga yangi kristall tuzilishli sellyuloza II hosil bo„ladi. Sellyuloza I ni sellyuloza 
II ga o„tishida makromolekulaning elementar zvenolari konfiguratsiyasida ham 
o„zgarishi kuzatiladi. Sellyuloza I da piran xalqalar bir tekislikda joylashgan 
bo„lib, gidroksil guruhlarning aksariyati o„zaro vodorod bog„lar orqali birikkan. 
Sellyuloza II da esa piran xalqalar bir-biriga nisbatan 90

C da joylashadi, natijada 
molekulalaro vodorod bog„lar uzilib, sellyulozaning amorfligi ortadi bu esa paxta 
tolasining reaksion va sorbsion qobiliyatini oshishiga sabab bo„ladi.
Merserlanish (GOST 25617-83) darajasi odatda tolaga bariy gidroksidni 
sorbsiyasi orqali aniqlanadi. Merserlangan tolaga sorblangan bariy gidroksid 
miqdorini merserlanmagan toladagi miqdoriga nisbatini 100 ga ko„paytirilgandagi 
qiymati barit soni deyiladi. Barit soni merserlangan bobina uchun 150-160, mato 
uchun 120-130 ni tashkil etadi.
Merserlangan tolada yangi fizik-mexanik va optik xossalarini shakllanishida 
tolaning konsentrlangan ishqor eritmasida bo„kishi muhim ahamiyatga ega. 
Merserlash jarayonida tolaning ishqor bilan to„qnashgan qismlarining intensiv 
bo„kishi kuzatiladi. Bunday bo„kish natijasida etarlicha qovushqoqlikka ega 
bo„lgan konsentrlangan ishqor eritmasining tolani asosiy qismlariga kirib borishi 
qiyinlashadi. Ayniqsa zich to„qilgan mato strukturasiga qovushqoq eritmani kirib 
borishi qiyin kechadi. Bunday holatda zich strukturali matolarda bir tekis 
merserlanganlik effektini olish mushkullashadi.
Tolaning amorf va kristall strukturasiga ishqor molekulasini diffuziyasi 
natijasida molekulalararo vodorod bog„lar uziladi. Bu qismlarga suv molekulasi 
kirib boradi va ozod bo„lgan gidroksil guruhlar bilan vodorod bog„lanish orqali 


145 
gidratlanadi. Bunday almashinish jarayonida tola ichida 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish