114
Май 2021 10-қисм
Тошкент
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYADA INNOVATSIYALARNI QO’LLASH
Rahimova Dilafro‘z Hamitovna
Rahimova Muhabbat Saidovna
Sayfiyeva Muqaddam Baxriddinovna
Qodirova Saodat Xayrullayevna
Buxoro viloyati Vobkent tumani
3-son umumta’lim maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchilari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogika va psixologiya sohalariga innovatsiyalar, interfaol
metodlarni qo’llash masalalari keltirilgan.
Kalit so’zlar:
pedagogika, psixologiya, innovatsiya, interfaol, interaktiv.
Pedagogika va psixologiya sohalarini rivojlantirish va unga yangiliklarni jalb qilish davlat
siyosati ma’no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash
mumkin:
-yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o’zgarishlar va yangicha
yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo’lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti
bilan bog’liqligidir;
- pedagogika va psixologiya tushunchalari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan
davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy
tajribasini keyingi bosqichga uzatadi;
- ta’lim inson shaxsining intellektual-ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab
chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini
ta’minlashga qaratilgan harakatlar yig’indisi bo’lib, ma’rifat hamda bilim berishni anglatadi;
- pedagogika va psixologiya sohalari jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo’lib, tabiat va
jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shaklidir.
Bu sohalarda samarali innovatsiyalardan foydalanish katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-
quvvatni birlashtirib, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy
salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.
Zamonaviy o‘qituvchi ta’lim – tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalana bilishi va
uni amalga oshira olishi lozim. Bu jarayonda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar:
- innovatsion texnologiya tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi;
- innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o‘rni va rolini bilishi;
- innovatsion texnologiyalarni fanlar bo‘yicha qo‘llash prinsiplarini bilishi;
- ta’limiy va ishchanlik o‘yinlarini bilishi;
- muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini bilishi;
- o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo‘llarini bilishi;
- o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi;
- ko‘rgazmali o‘qitish usullarini bilishi va egallashi;
- ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, na’munaviy imitatsiya o‘quv mashg‘ulotlarini
o‘tishi;
- ta’lim-tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini bilishi, egallashi kerak va bularni amalga
oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: