Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/194
Sana26.02.2022
Hajmi3,67 Mb.
#472457
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Май 2021 10-қисм
Тошкент
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO’L MEHNATINING USULLARI
Rajabova Iroda
Xorazm viloyati Urganch shahar 
11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 
texnologiya fani o’qituvchisi
+99893 755 28 82
Annotatsiya
: ushbu maqolada texnologiya darslaridagi qo’l mehnatining usullari va uni 
o’qitishdagi ahamiyati tahlil etilgan.
Kalit so’zlar
: qo’l mehnati, texnologiya, fan, o’quvchi, asboblar. 
Qo’l mehnatiga o’rgatishda boshqa fanlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-
xil usullarini qo’llab, ular yordamida o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini egallab 
olishlariga, shuningdek bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga erishiladi. 
O’quvchilar bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o’z so’zlari bilan buyumni bajarilishini 
eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy o’rinni hali ham namuna, tayyor ko’rgazma bo’yicha ishlash 
egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsning zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirishda va unga 
sayqal berdi. O’qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu mazkur dars uchun uning 
maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va ko’rgazmali qurollarni tayyorlaydi. Qo’l 
mehnati darslarida odatda bir yoki ikki asbobdan foydalaniladi, ularni esa navbatchilar tarqatadi. 
Stolning ustida diqqatni chalg’itadigan xech qanday ortiqcha narsa bo’lmasligi kerak. Asboblarni, 
ayniqsa kesuvchi asboblarni charm g’ilofda saqlagan ma’qul. Xar bir g’ilof asbobning ma’lum 
turiga mo’ljallangan bo’ladi. Navbatchi o’qituvchi asboblarni tarqatishni doimo birinchi partadan 
boshlaydi, bunda o’quvchilar tartib va tejamkorlikka o’rganadilar. Xamma foydalanadigan asboblar 
sinf shkaflarda saklanadi, ishdan so’ng asboblarni o’quvchilar tozalab yuvib, artib navbatchi 
o’quvchiga topshiradilar. Ish xonasida o’quvchilarga asboblarni ishlatish va saqlash qoidalarini 
eslatib turuvchi plakat – eslatmalar osig’lik bo’lishi kerak. Xavfsizlik texnikasiga qoidalariga to’liq 
rioya qilish baxtsiz xodisalarning oldini oluvchi ishonchli garovdir. Asboblarni ishlatish qoidalarini 
o’quvchilar vaqti-vaqti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu qoidani tushuntirishda o’qituvchi 
nima uchun aynan shunday qilish kerakligini, bu qoidalarga rioya qilinmasa qanday xodisalar ro’y 
berishi mumkinligini uqtirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha qoidalari so’zsiz bajarilishi 
lozim. Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo’yicha texnika xavfsizligi qoidalarni 
quyidagicha umumlashtirish mumkin. 
1. Ish xonasiga faqat o’qituvchi ruxsati bilan kiriladi. 
2. Xar bir o’quvchi faqat o’z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda qilinadigan 
bo’lsa, o’quvchilar o’z majburiyatlarini yaxshi biladilar. 
3. Ish faqat o’qituvchining ruxsati bilan boshlanadi. 
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni tug’ri va qulay joylashtirish: o’ng 
qo’l bilan ushlanadigan asboblarni o’ng tomonga, chap qo’l bilan ushlanadiganini chap tomonga 
qo’y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni xech qachon ikkita asbob orasiga qo’yma, ularni doimo 
o’z joyiga, o’tkir tomonini narigi, dastasini o’zing tomonga kilib qo’y. Asboblarni o’ynama, ular 
o’yinchoq emas. 
5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqla. 
6. O’tmas yoki buzuq asbob bilan ishlama. 
7. Asbobni ishlatganda, uni o’qituvchi ko’rsatganidek ushla. 
8. Asboblarni asra, ularni to’g’ri, o’z o’rnida ishlat, ishlatgandan so’ng ularni tozalab, 
yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib qo’y. 
9. Narsani, xar bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga 
xarakat qil. 
Ko’rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz xodisa ro’y bersa, o’qituvchi birinchi yordamni 
ko’rsatishi va maktab vrachini chaqirishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bo’lishi 
shart. 

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish