Kalit so‘zlar:
o‘qish savodxonligi, tushunish, eshitish, o‘qish ko‘nikmasi
Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadlaridan biri ham umumiy o‘rta ta’lim uchun zarur
bo‘lgan savodxonlik davrida sakllantirishga qaratilgandir.Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarni
tayyorlashda ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablarga jiddiy yondashmoq lozim bo‘ladi. Birinchi
va ikkinchi sinflarda bolalar maktab hayotida faoliyat ko‘rsatishga tayyorlanadi. O‘quv fanlari-
dan umumiy tushunchalar beriladi, o‘qish, yozish, hisoblash, kuzatish va mehnat malakalari hosil
qilishga savodxonlik to‘liq egallanishiga asosiy e’tibor qaratiladi. Uchinchi, to‘rtinchi sinflarda
esa bilim, ko‘nikma va malakalar yanada mustahkamlanadi dastlabki nazariy tushunchalar hamda
tasavvurlar hosil qilinadi.
Maktabda o‘qitish elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishdan boshlanadi. Alifbega asoslangan
holda, qisqa muddatda o‘quvchilar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi. Savod o‘rgatish analitik sintek-
tik tovush metodida olib boriladi. Bu metodda so‘z bo‘g‘iniga kerakli tovush ajratib olinadi va
tahlil qilinadi, o‘rganilgan harflar bilan sintezlanadi.
O‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o‘quvchilarni idroki xotirasi tafakkuriga va nutqini
o‘stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o‘rgatishda fonematik qobiliyatlarni o‘stirish tovushni
ajralish ko‘nikmasini o‘stirish muhim sanaladi.
Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini birlashtirish uyg‘unlashtirish
tarkiblash, aksincha, yaxlit nutqni bo‘laklarga ajratish tahlil qilishga oid fikriy operatsiyalar amal-
ga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida tahlil-tarkib operatsiyalaridan unumli
foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchining kelajakdagi taraqqiyotini belgilab bernvchi
ruhiy ta’limiy asoslar qo‘yiladi. Barkamol avlod taraqqiyoti savod chiqarishning asosi bo‘lgan
alifbe darsliklarining ta’limiy-tarbiyaviy sifat darajasiga bog‘liq.
Savodga o‘rgatishning ilk davridanoq jonli nutqdagi tovush bilan adabiy nutqdagi tovushni
chog‘ishtirish asos qilib olinadi. O‘quvchi alifbegacha bo‘lgan davrda, shuningdek, bog‘chaning
maktabga tayyorlov guruhlarida nutqdagi tovushlarni eshitish yo‘li bilan farqlashga o‘rgatiladi.
Alifbe davrida esa tovushni so‘zdan ajratib olishga, shu tovushni ifodalaydigan harfni o‘rgatiladi .
Tanishtirilishi lozim bo‘lgan tovush boshqa tovushlar sirasidan ajratiladi. Baland ovozda talaffuz
qilinadi: tovush artikulatsiyasi” ko‘rsatiladi. O‘quvchilarga tovushni talaffuz qildiriladi. Shundan
so‘nggina tovushni ifodalaydigan harf shakli bilan tanishtiriladi.
Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini birlashtirish uyg‘unlashtirish
tarkiblash yoki aksincha yaxlit nutqni bo‘laklarga ajratish tahlil qilishga oid fikriy operatsiyalar
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu metod (ajratish-qo‘shish tahlil) tarkib usuli deb ataladi.
Alifbe davrida o‘quv materillarini tanlash va joylashtirishda o‘quvchining fikrlash darajasi yoshi
va imkoniyatlarini hisobga olgan holda nutq tovushlarining xususiyatlari nazarda tutiladi. Bu tam-
oyil tovush va harflarini o‘rganish tartibiga o‘qish uchun so‘z tanlashga matn tanlashga matnlar
hajmiga bevosita taalluqlidir. Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu
metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush metodi an’anav-
iy tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo‘lgan tamoyillarga ega. Metodning
an’anaviy tamoyillari quyidagilar:
A)
Alifbegacha tayyorlov davri
B) Alifbo davri, bu davrda yozuvga o‘rgatish o‘qishga o‘rgatish bilan parallel holda olib
boriladi.
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: birinchidan, savod o‘rgatish
bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; ikkinchidan, savod o‘rgatish-
ga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikuly-
atsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi, uchinchidan,
110
Do'stlaringiz bilan baham: |