57
qismlar va jihozlarni sotib olish bo’yicha tender savdolarini tashkil qilish
mexanizmini belgilab beradi.
Tenderlar o’tkazishdan asosiy maqsad - xom ashyo, materiallar, butlovchi
buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat budjeti, davlat
budjetida jamlanadigan budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’laridan,
hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan
foydalanish samaradorligini oshirish; xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar,
butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish hisoblanadi.
Bitta kontrakt bo’yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko’proq
summaga tovar yetkazib berilishi (ishlar
bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi)
rejalashtirilganda tender savdolari o’tkaziladi. Bundan kam summadagi kontraktlar
eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo’li bilan tuziladi.
O’tkazish usullariga ko’ra tenderlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin.
Tender turi xarid qiluvchi tashkilot, ya’ni buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Ochiq tenderlarda
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar
qatnashishi mumkin.
Yopiq tenderlar
istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli
komplekslari bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo’ygan
tashkilotlar ishtirokida o’tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo’natiladi.
Kelgusida G’aznachilikda budjet tashkilotlari tomonidan sotib olinuvchi
tovarlar narxlari to’g’risida elektron ma’lumotlar bazasini
shakllantirish, uni tuzish
va yangilab borishda Respublika tovar xom ashyo birjasidagi narxlar kotirovkasini,
Davlat Bojxona qo’mitasi ma’lumotlar bazasini, respublikadagi yuqori mavqega ega
bo’lgan ishlab chiqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlari ma’lumotlarini
hisobga olish tavsiya etiladi.
O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 apreldagi 100- sonli“Davlat
xaridlarini tashkil qilish bo’yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat
komisiyasining ishchi organi to’g’risida Nizom, O’zbekiston Respublikasi tovar
xom-ashyo birjasida boshlang’ich bahoni pasaytirish asosida elektron auktsion
savdolarini tashkil qilish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi,
58
O’zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respubldikasi Prezidentining 07.02.2011y. PQ-1475-sonli
qaroriga muvofiq markazlashtirilgan manbalar hisobiga Davlat xaridlarini amalga
oshiruvchi
barcha tashkilotlar, ko’zlanayotgan xaridlar bo’yicha e’lonlarni, tovar
(ish, xizmat)lar yetkazib beruvchini aniqlash kunidan 30 kun oldin, maxsus axborot
portalida (davlatxarid.uz) joylashtirilishi shart. Budjet tashkilotlari maxsus axborot
portaliga mustaqil ravishda yoki agentlar (brokerlar) orqali e’lonlar joylashtiradi.
Budjet tashkilotlari savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matnini maxsus
axborot portaliga mustaqil joylashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi tovar xom-
ashyo birjasi va uning hududiy bo’limlaridan (brokerlardan) o’rnatilgan tartibda
login va parollarni oladilar. Budjet tashkilotlari savdo o’tkazish to’g’risidagi
e’lonlarda ayrim turdagi tovarlar bo’yicha bitta buyurtma predmetida bir nechta
tovarlar (ish,xizmat) ro’yxatini ko’rsatishi mumkin.
Budjet tashkilotining savdo
o’tkazish to’g’risidagi e’lon matni agent tomonidan maxsus axborot portaliga 1 kun
ichida joylashtirilishi lozim. Markazlashgan manbalar hisobiga davlat xaridlarini
amalga oshiruvchi tashkilotlar Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi
belgilagan ro’yxatga muvofiq maxsus axborot portaliga savdo o’tkazish to’g’risida
tovar, ish va xizmat yetkazib beruvchilarni aniqlash sanasidan kamida 30 kun avval
e’lon joylashtirishlari shart. Birja savdolarida tovarlar xarid qilish va Davlat
xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi beligilagan boshqa holatlar bundan
mustasno. Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi belgilagan ro’yxatga
muvofiq alohida tovar, ish va xizmat turlari bo’yicha bitta shartnoma bo’yicha 300
AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha teng summadagi davlat xaridlarini
O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida
tashkil qilingan elektron
auktsion savdolari orqali amalga oshiriladi, Birja savdolarida tovarlar xarid qilish va
Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi beligilagan boshqa holatlar bundan
mustasno.
Quyida keltirilgan 2.3-rasmda savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon va elektron
savdoda qatnashish uchun so’rovnoma o’rtasida asosiy farqni ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: