TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
‘Transport tizimlarini boshqarish” fani bo’yicha
Qayta topshirish
Mavzu ; Transport faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
TTB_fakulteti YHT_1 guruh talabasi Kamilov qamaridiin
Bajardi:Kamilov Q
Tekshirdi; Ibragimov.B.D
Toshkent _ 2022
Kirish
Jahonda yuz berayotgan globallashuv va integratsiya jarayonlarining avj olishi davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarining kengayishiga olib keldi. Ushbu jarayon, birinchidan, transport kommunikatsiyalar tizimini rivojlantirish, shuningdek, yangi arzon va qisqa transkontinental tranzit koridorlarini shakllantirishni talab etayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, mintaqa mamlakatlarining jahon transport tizimi bilan tutashuvchi transport tizimlarini o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Jahon banki guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, jahon transport xizmatlarining YaIM tarkibidagi miqdori 4,2 trln. AQSh dollari (6,8%) hajmida baholanib, yiliga
110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yo‘lovchilar tashilgan, transport infratuzilmasida band bo‘lgan xodimlar soni 100 mln. kishini tashkil etadi*1+.
Transport tizimining holati va rivojlanishi Fzbekiston Respublikasi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u boshqa infratuzilma tarmoqlari bilan birga jamiyat faoliyati uchun asosiy sharoitlarni ta’minlaydi, ijtimoiy- iqtisodiy va tashqi siyosat maqsadlariga erishishda muhim element sifatida xizmat qiladi. Transportning tarixan rivojlanishi Fzbekistonning iqtisodiy va makon nuqtai nazaridan rivojlanishini belgilab beradi, uning yaxlitligi va xalqaro ta’siri mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.
Transport elementlarini integratsiyalashgan tizim sifatida o‘rganish va uni samarali boshqarish jarayonlaridagi mavjud muammolarni aniqlash, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni belgilash va integratsiyalashgan transport tizimini boshqarish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish hamda uni amaliyotda qo‘llashni nazariy-uslubiy jihatdan tadqiq etish mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Transprort tizimi holatini baholash, uning rivojlanish istiqbollari va tendensiyalarini tahlil etish bo‘yicha tadqiqotlarni olib borish, tarmoqning uzoq muddatli strategiyasiga, joriy siyosatiga bevosita ta’sir etadi hamda moliyaviy, ishchi kuchi va moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga hamda uni rivojlantirish rejasini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Transport tarmog‘i mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri hisoblanadi. Shuning uchun, transport tarmog‘ini mamlakat iqtisodiyotiga mos holda rivojlan- tirish lozim. Aks holda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishiga transport tarmog‘idagi muammolar salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
YaIM bilan transport faoliyati ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqligi va transport tizimining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini iqtisodiyotga ta’sir darajasini aniqlash maqsadida ekonometrik model ishlab chiqildi. Model tuzishda quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlardan (2008-2017 yillar uchun) va “Eviews 9.0” amaliy kompyuter dasturi yordamida amalga oshirildi (1- jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |