Moliyaviy menejment



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

budjet jarayoni ishtirokchilari, budjet mablag‘larini taqsimlovchi, 
budjet sohasidagi vakolatlar, budjet tizimi budjetlari, budjetlararo transfertlar, 
vaqtinchalik xarajatlar smetasi, davlat moliyaviy nazorati, davlat xaridlari, 
subsidiya, tartibga soluvchi daromadlar 
kabi tushuncha va iboralarga ta’rif 
berildi. Bundan tashqari, “budjet tashkiloti” va “budjetdan mablag‘ oluvchi” 
tushunchalariga alohida ta’rif berildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini 
mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi 414-sonli 
qarorning chiqarilishi davlat budjeti hisobidan mablag’ bilan ta’minlanadigan 
tarmoqlarda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag’ 
bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag’laridan samarali 
va aniq foydalanish maqsadida qilingan eng muhim islohatlarda biri bo’ldi. Ana 
shu qarorga asosan 2000-yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi 
Moliya Vazirligida budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan 
ta’minlashning yangi tartibi joriy qilindi. Unda quydagilar belgilab olindi: 

Budjet mablag’laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet 
intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining 
mustaqilligini kengaytirish va ularning ma’sulyatini oshirish; 

budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarni mablag’ bilan ta'minlash 
mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag’laridan foydalanishda 


37 
yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag’larni oqilona 
taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish; 

budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular faoliyati 
samaradorligini oshirish va kadrlarning o'rnashib qolishi uchun shart-
sharoitlar yaratish. 
414-sonli qarorga binoan “Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish 
(to’lash)” tartibi to’g’risidagi ilova ham juda muhim ahamiyatga egadir, mazkur 
tartib quydagilarni nazarda tutadi: 

ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni, ish haqiga qo'shimchalar, 
kapital qo'yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda 
mablag’ bilan ta'minlash usulida budjet tashkilotlarini normativlar 
bo'yicha (faoliyat turiga ko'ra) budjet tashkilotlari xarajatlarini 
moliyalashtirish (to'lash)ning yangi tartibini joriy etish, g’azna ijrosiga 
o'tgan, xarajatlari moddalar bo'yicha amalga oshiriladigan budjet 
tashkilotlari bundan mustasno;

Davlat budjetidan mablag’ oluvchilarning mablag’larni sarflashlari 
ustidan dastlabki va joriy nazoratni ta'minlash;

budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to'lash)ni ularning 
faoliyat turi bo'yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish 
faoliyatini kengaytirish bilan birga qo'shib olib borish;
Yangi tartibga asosan budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash normativlar 
bo’yicha xarajatlarni quyidagi guruhlar bo’yicha mablag’ bilan ta’minlash 
belgilandi: 
I.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va 
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiya va boshqalar) 
II.
Ish haqiga qo’shimchalar 
III.
Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq 
ro’yxatlarga muvofiq) 
IV.
Boshqa xarajatlar 


38 
Xarajatlarning I va II guruhiga kiritilgan budjet tashkilotlarining birinchi 
navbatdagi xarajatlari mablag’ bilan ta’minlanadi. Bunda II guruh xarajatlari 
tegishli mablag’ o’tkazilmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish 
taqiqlanadi. 
Xarajatlarning III guruh I budjet tashkilotlari tomonidan respublika 
investitsiya dasturi joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida 
mablag’ bilan ta’minlanadi. 
Albatta bu qarorning ishlab chiqilishi davlat budjeti mablag’laridan samarali, 
oqilona foydalanish borasida qilingan katta qadamlardandir. Budjet 
mablag’larining aniq sarflanish yo’nalishlarini belgilanishi budjet xarajatlarining 
samaradorligi, aniq maqsadli va manzilli sarflanishini ta’minlandi desak xato 
bo’lmaydi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat budjeti hisobiga mablag‘ 
bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet 
mablag‘laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi 
kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Islohotlarning maqsadi budjet 
siyosatidan davlat budjeti taqchilligini belgilangan me’yordan oshib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaslik, budjet xarajatlarini samaradorligini oshirish, ijtimoiy 
xarajatlarning aniq maqsadli va manzilli bo‘lishini ta’minlashdir. 
Budjet mablag‘laridan oqilona 
foydalanish 
samarali 
nazorat 
tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Bu sharoitida 
moliyaning o‘zi kabi moliyaning, nazoratning ham maqsad va vaziflari 
shakllari tubdan o‘zgaradi. Endi u faqat jazolovchi organ sifatida emas, balki
davlatning o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur mablag‘larni ta’minlashi, 
budjet mablag‘laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni nazorat 
qilish, maslahat berish kabi vazifalarni bajarmoqda. Davlat mablag‘lari 
hisobiga olingan davlat mol mulkini to‘liq saqlanishini ta’minlashda ham 
nazorat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Davlat budjeti mablag’laridan samarali, maqsadli sarflanishini va davlat 
budjetida turuvchi tashkilotlarning budjet mablag’laridan to’g’ri foydalanishni 


39 
tartibga solib turish va ular ustidan nazorat o’rnatish maqsadida O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi hisob palatasi tashkil 
etish to'g’risida» farmoni 2002 yil 4 noyabrdan kuchga kirdi. 
O'zbekiston Respublikasi hisob palatasining asosiy vazifalari jumlasiga
davlat budjeti ijrosi hamda 
davlat mablag’larining sarflanishi, birinchi nav-
batda budjet mablag’larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etish va ta'min-
lash, davlat xarajatlarini qisqartirish zahiralarini aniqlash kiradi. 
Markazda va joylarda budjet mablag’laridan maqsadli va qonuniy foy-
dalanishni tekshiradi,ulardan foydalanishdagi qoidabuzarlik va suiste'molchilik 
faktlarini aniqlash hamda bunday hollarning oldini olish choralari amalga 
oshiradi. Mahalliy boshqaruv organlari idoralari va fuqarolarning o'zini-o'zi
boshqarish organlarining joylarga topshirilgan hokimiyat vakolatlarini amalga 
oshirishlari uchun ularga real moliyaviy resurslar ajratib berish, jamiyatni
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda ularning rolini oshirish vazifasini 
hal 
etishdan kelib chiqqan holda, respublika va mahalliy budjetlar o'rtasidagi
nisbatni maqbullashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi. Davlat budjeti 
to'ldirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, budjetning daromad qismi 
moddalar bo'yicha ijro etilishiga baho berish, belgilangan istiqbol ko'rsatkichlar 
bajarilmagani haqida o'z vaqtida xabardor qiladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bugunga kelib budjet mablag’laridan 
samarali foydalanish borasida yurtimizda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda 
va bir qancha me’yoriy huquqiy baza yaratildi, bu qonunlar albatta budjet 
mablag’ini bir tiyini ham samarasiz, maqsadsiz ishlatilmasligi va noqonuniy 
o’zlashtirilishini oldini olish uchun xizmat qilmoqda. Bu borada yaratilgan har 
bir qonun jahon standartlariga mos tarzda yaratilmoqda. 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish