Moliyaviy menejment


O'zbekiston Respublikasida budjet mablag’laridan samarali



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

1.3.
O'zbekiston Respublikasida budjet mablag’laridan samarali 
foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslari. 
Davlat moliyasini isloh qilish dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasi 
hukumati o'z oldiga tarkibiy va institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish 
bo'yicha keng ko'lamli vazifalarni qo'ymoqda. Bu bir tomondan sezilarli 
miqdorda moliyaviy resurslarni talab qilsa, ikkinchi tomondan ushbu resurslarni 
taqsimlash va ulardan foydalanishning samarali tizimining joriy etilishini 
nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan budjetdan moliyalashtirish tizimining 
nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish, bu boradagi qonuniy-huquqiy bazani 
takomillashtirish, budjet mablag’larini ochiq va oshkora boshqarish 
mexanizmlarini yaratish har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanmoqda.
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng, xo'jalik yuritishning bozor 
tizimiga o'tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzilmasining shakllanishi va 
rivojlanishi mamlakat xo'jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan 
huquqiy asosni yaratishni talab etdi. Bundan tashqari, jahondagi globallashuv 
jarayonlarida faol qatnashayotgan O'zbekiston uchun davlat boshqaruv 
institutlarini shakllantirish va tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 


34 
boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat budjeti va budjet jarayonini 
boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni 
ko'zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va 
demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so'nggi ijobiy natijalarni 
ko'zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog'onasiga 
ko'tarish talab etilmoqda
.
13
Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish yuzasidan, 
O'zbekiston Respublikasining qonunlari, mamlakat Prezidentining farmonlari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan 
va O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyruqlari, tartiblari, 
me'yoriy hujjatlari ishlab chiqilgan. 
Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanishning qonuniy-huquqiy 
va me'yoriy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar qatorida quyidagilarni keltirib 
o'tish mumkin:

“O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi” to’g’risidagi O’zbekiston 
Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi O’RQ 360-son qonuni 

O'zbekiston Respublikasining 
“Davlat budjetining g’azna ijrosi 
to'g’risida”gi qarori №664-II. 26.08.2004

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-
sonli “O'zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy 
ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to'g’risida” gi 
qarori. 

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-
raqam bilan ro'yxatga olingan “Davlat budjetining g’azna ijrosi qoidalari”

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-
dekabrda 2634-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Budjet tashkilotlari va 
budjetdan mablag’lari oluvchilarining xarajatlar smetasi va shtat 
13
Davlat moliyasini isloh etishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari 
(20.12.2009). Т.: Humoyun istiqlol mo‘jizasi. 2009. 87-88-bctlar 


35 
jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida” 
gi nizom .

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 14 martda 
1111-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi 
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari to’g’risida” gi O'zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’i 

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “budjet tashkilotlarini 
xarajatlarini moliyalashtirish tartibi” to’g’risidagi 414-sonli qarori. 

"Davlat budjeti g’azna ijrosi tizimini yanada takomillashtirish chora 
tadbirlari to'g’risida"gi PQ 594, 28.02.2007

O’zbekiston Respublikasi Prezidantining “O’zbekiton Respublikasi Hisob 
Palatasi tashkil etish to’g’risida” gi Farmoni, 2002 yil 4- noyabr
“Budjet tizimi to'g’risida”gi hamda “Davlat budjetining g’azna ijrosi 
to'grisida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan normalar 
mukammal tarzda qayta ishlangan holda Budjet Kodeksida o'z aksini topdi.
Budjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yil 26-dekabrdan boshlab 
O'zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Budjet Kodeksi davlat 
moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, budjet 
siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, budjet mablag’laridan foydalanish 
samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga 
qaratilgan. Ushbu Kodeks O'zbekiston Respublikasining budjet tizimi 
budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro 
etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to'g’risidagi qonun 
hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Yangi Budjet Kodeksi budjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib 
chiqqan holda tartibga solish, budjet amaliyotida mavjud bo'lgan ziddiyatlarni 
bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, budjet jarayonini tashkil 
etishdagi me'yorlar, nizomlar va budjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini 
tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Budjet Kodeksining davlat budjeti 
mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan g’aznachilik 


36 
faoliyati bilan bog’liq alohida qismi davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish, 
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro'yxatga olish, budjetdan mablag’ 
oluvchilar xarajatlari to'lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish, 
g’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga 
solishga qaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida “asosiy tushunchalar” 
moddasi (3-modda) mamlakat budjet tizimini tartibga soluvchi me’yoriy-
huquqiy hujjatlardagi tushunchalar, shuningdek, “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi 
Qonunida ko‘zda tutilmagan bir qator yangi asosiy tushunchalar bilan boyitildi. 
Xususan, 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish