3. Oliy ta’limda texnologiya ta’limi yunalishidagi mutaxassislik
fanlari buyicha ta’limning konstruktorlik-texnologik tizimi.
Ta’limning konstruktorlik- texnologik tizimni etakchi g‘oyasi va talabalarning
ijrochilik va ijodiy faoliyatini tarkiban kombinatsiyalashdan (birlashtirishdan)
iborat, va talabalar uchun mehnat obektini tayyorlashdan oldin uning konstruk
siyasi va ishlov berish texnologiyasi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan sharoitga olib
kiriladi. SHu tariqa ular avval qator texnik masalalarni hal qiladilar va shundan
keyin detallarni ishlashga, ularni yig‘ish va boshqa ishlarga o‘tadilar. Ular bunda
ta’limni amaliy o‘rganish jarayonida muayyan amaliy mehnat harakatlarini bajarib
gina qolmay, ana shu harakatga bog‘liq holda vujudga keladigan texnik masalala
rini ham ijodiy hal qiladilar. Oliy ta’lim va maktab o‘quv ustaxonalarida amaliy
mehnat malaka va ko‘nikmalarini o‘rgatish operatsiya-predmet tizimi bo‘yicha
olib boriladi. Buni bir qator mulohazalardan kelib chiqib tasdiqlash mumkin. Birin
chidan, dasturlarda texnologiya operatsiyala rini alohida o‘rganish nazarda tutil
maydi; yana har qaysi operatsiyalarni o‘rganish uchun qancha vaqt sarflanishi ko‘r
satilmaydi; bundan ko‘rinadiku, dasturlarda amaliy texnologiya ko‘nikma va mala
kalarini operatsiya yoki operatsiya kompleks tizimi bo‘yicha shakllanishi ham
nazarda tutilmaydi. Ikkinchidan, amaliy texnologiya ko‘nikma va malakalarini
o‘rgatish jara yonini tashkil qilishning o‘zagi talabalar tayyorlashi kerak bo‘lgan
obektlar ruyxatidan iboratdir; ammo bu ruyxat majburiy emas, mahaliy sharoitga
qarab ba’zi buyumlarni boshqalari bilan almashtirish mumkin, bundan tash qari
dasturda buyum tayyorlash operatsiyasida qaysi mavzuni o‘tishda tala balar qaysi
texnologiya operatsiyalarini o‘zlashtirishi kerakligi kursa tiladi, shuningdek,
to‘g‘ri texnologiya usullarini shakllantirish zarurligi ham ta’kidlanadi; demak,
dastur amaliy texnologiya ko‘nikma va malakala rini predmet tizimi bo‘yicha
shakllantirishni nazarda tutmaydi.
Talabalar ijodiy faoliyatida ham ishlab chiqarishdagi ijodiy mehnatidagi mavjud
asosiy qonuniyatlarning hammasi deyarli bor hisobi:
1. Ijodiy ish jarayonida talabalar yaratadigan hamma narsalar, ijtimoiy
ahamiyatidan qa’tiy nazar, va talabalardan qunt bilan, ko‘pincha zur berib
texnologiya qilishni toqozo etadi.
2. Talabalarning ijodkorligi psixikasi komponentlarga ko‘ra ishlab chiqarishning
ijodkorlik jarayoniga yaqinlashadi. Ijodiy jarayon uchun aqliy faoliyatning yuqori
saviyaligi xarakterlidir, unda qandaydir bitta yoki ikkita psixik funktsiyalar emas,
balki inson shaxsining psixologik jismoniy kuchlari, qobiliyati, bilim va
malakalarning murakab kompleksi namoyon bo‘ladi.
Ijodiy faoliyat jarayonida bilish jarayonlari ham, ehtiyojlar ham, hissiyotlar ham,
irodaviy xarakterlar ham muhim rol o‘ynaydi. Sezish va idrokning rivojlanishi
atrofimizdagi predmet va hodisalarni to‘liq qabul qilish imkonini beradi. Diqqat
tufayli qo‘yilgan masalani yechish uchun eng muhim obektni ajratadi, eslab qolish
qobiliyati tufayli esa ijodiy jarayonda to‘plangan bilim va malakalardan
foydalaniladi.
Ijodiy jarayonda ehtiyojlar va sabab (motiv)lar insonni qiziqishlari ongini ijodiy
texnologiya predmetlariga yunaltiradi; emotsiya va hislar bu texnologiya yanada
ilhomliroq qiladi, irodaviy harakatlar esa qo‘yilgan masalani ongli hal qilish
imkonini beradi.
3. Talabalarning ijodiy faoliyati jarayonni umumiy yusinda ishlab chiqarishdagi
ijodiy faoliyati jarayondagi kabi g‘oyani paydo bo‘lishi yoki ijodiy masalaning
vujudga kelishi; masalani echish; echimni amalda qo‘llash bosqichlariga bo‘lish
mumkin.
SHu bilan birga talabalarning ijodiy faoliyat jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga
ega:
1. Ijodiy faoliyat jarayonida jamiyat uchun yangi texnologiya mahsulotlari
yaratilishi yoki bu mahsulotlarni yaratayotganlar uchun yangilik yaratilishi
mumkin. lar ijodiy texnologiyaining natijalarini o‘rganish, ular juda kam hollarda
jamiyat uchun emas, o‘zlari uchunh yangi mahsulotlar yaratishini, ya’ni ularning
ijodiy faoliyati subektni yangilik bilan xarakterlanishini ko‘rsatadi.
2. Talabalar ijodkorligi ularning mustaqil harakatlari ishlab chiqarishdagi
harakatdan pastroq saviyada bo‘lishi bilan xarakterlanadi. CHunki, lar va talabalar
hali tajribaga ega emaslar, ular kamol topish davrida o‘z kuchlarini ijodiy
masalarni hal qilishda sinab ko‘radilar.
Talabalarning ijodiy ishiga rahbarlik qilishda amal qilish kerak bo‘lgan asosiy
shartlarni ifodalash imkonini beradi:
1. Talabalarni har xil savol va masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatlaridan
iborat faoliyatga qatnashtirish. Talabalarning amaliy ta’limdagi faoliyat xarakteri
ko‘proq ishning reklamentlanish darajasidan kelib chiqadi, kichgina-
kichginalarigacha reklamentlangan faoliyat mustaqil ishlarga, tashabusga, ijodiy
faollikka o‘rin qoldirmaydi. SHu sababli lar va talabalarda mustaqillikni
rivojlanishi uchun topshiriqlar butunlay ijrochilik xarakteriga ega bo‘lmay, balki
tafovut va variantlarga ham yo‘l qo‘yish zarur.
2. Talabalarni ijodiy g‘oyaga keltirish yoki ular oldiga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ijodiy
xarakterdagi savollar va masalalarni qo‘yish.Talabalar har xil masalalarni mustaqil
echish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan texnologiya faoliyatiga qo‘shish bilan
ularda tashabuskorlik va texnik ijodiyotni rivojlantirish muammosi o‘z-o‘zidan hal
bo‘lmaydi. CHunki, talabalarni ko‘pchiligi o‘z oldiga ijodiy masala qo‘yishi qiyin.
SHu sababli larni texnologiya topshiriqlarida savollar va masalalar qo‘yish orqali
jiddiy faoliyatga undash kerak.
Texnologiya topshirig‘i ijodiy masala, uning tarkibiy qismi, bu masalani echish
esa texnologiya jarayoning tarkibiy qismi bo‘ladigan qilib tuzish mumkin.
Ma’lumki bunda ijodiy masalani hal qilmasdan turib, texnologiya topshirig‘ini
bajarish mumkin emas. Texnologiya topshiriqlari o‘z ichiga ijodiy texnologiya
imkoniyatlarini olish mumkin. Bu imkoniyatlar texnologiya topshirig‘ini bajarish
bilan bir vaqtda echiladigan masalada ifodalanadi.
3. Talabalarni ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish. Ijodiyotning o‘zi lar faoliyatini
kuchaytiradi, chunki u doimo qiziqarli amaliy masalalarni hal qilish bilan bog‘liq
bo‘lib, shu sababli larni o‘ziga jalb qiladi. O‘qituvchining maqtashi, eng yaxshi
ishlar ko‘rgazmasini tashkil qilish, devoriy matbuotda larni yutuqlarini
ommalashtirish va boshqalar bilan ham ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish mumkin.
Talabalar texnik ijodiyotini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya topshiriqlarini
mazmuni bo‘yicha uchta gruppaga: konstruktsiyalash, texnologik jarayonlarni
tuzish va texnologiya ratsional tashkil qilishga ajratish mumkin. Texnik
ijodkorlikni rivojlantirishni eng sodda topshiriqlaridan boshlash va larning
mustaqilligini orttirish, ular buyumlarni konstruksiyalay oladigan, texnologiyani
ishlab chiqa oladigan, o‘z texnologiyalarini uyushtiradigan bo‘lish uchun
beriladigan topshiriqlarni asta-sekin murakablashtirib borish kerak.
Xulosa urnida shuni aytish kerakki umuman texnologiya ta’limi yunalishiga molik
barcha tizimlar texnologiya ta’limi yunalishidagi barcha mutaxassislik
fanlarigata’luqlidir, chunki oliy ta’limda texnologiya ta’limi yunalishini unga
ta’luqli barcha mutaxassislik fanlari tashkil qiladi. Texnologiya ta’limi yunalishini
u yoki bu tomonini, nazariy va amaliy tomonini, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘qitilishi kerak bulgan texnologiya ta’limi mohyatini, mazmunini, tuzilmasini,
maqsad va vazifalarini oliy ta’limda tayyorlash mobaynida o‘qitishga muljallangan
barcha mutaxassislik fanlari orqali mujasamlashtiriladi. SHu boisdan, yuqorida
kurib utilgan aynan texnologiya ta’limi yunalishiga oid tizimlar yunalishning
tuzilmasida muljallangan mutaxassislik fanlariga bevosita ta’luqlidir. Texnologiya
ta’lim yunalishi buyicha oliy ta’limda magistraturada o‘qitishga muljallangan
mutaxassislik fanlarini o‘qitish uslubi fani bu tizimlarni tuliq tahlil qilgan holda,
mutaxassislik blokidagi har bir fanga qanday qullash texnologiyalari haqida
o‘rgatadi. YUqorida keltirilgan tizimlarni xarakteri jihatidan uslubiy tahlillardan
kurinadiki, texnologiya ta’limi yunalishida mutaxassislik fanlarini o‘qitishda
ta’limni barcha tizimlariga murojat qilinad. Ayniqsa kuproqishlab chiqarish
ta’liminiuslubiy, operatsiya – kompleks va konstruktorlik- texnologik tizimi
tizimlariga murojat qilinar ekan.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1.Mutaxassislik fanlarini o‘qitish uslubining qanday tizimlari bor?
2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish uslubining tizimlari qanday xarakterlanadi?
3. Oliy ta’limda texnologiya ta’limi yunalishidagi mutaxassislik
fanlari buyicha ta’limning qanday tizimi mavjud?
4. Talabalarning ijodiy ishiga rahbarlik qilishda amal qilish kerak bo‘lgan qanday
shartlar mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |