6-Mavz: Mutaxassislik fanlarini oqitishda o’qitishning samarali uslublaridan
foydalanish asoslari
1.O’qitish metodlarini uslubiy tahlil jihatidan guruhlash
2.Dars utish metodlarga turli jihatidan yondashish.
3. Mutaxassislik fanlarini o’qitishda qullaniladigan metodlarni tanlash ahamiyati
4. Dars o'tish metodlarini tanlash mezonlari
5.Interaktiv metodlarni qo'llash va o'quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar
6. Mehnat ta’limi yunalishi mutaxassislik fanlarni masofadan o'qitish metodi
7. O’qitish metodlarini uslubiy tahlil jihatidan guruhlash
Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhga bilimni idrok qilish va
o‘zlashtirish, ikkinchi guruhda tadbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda
atestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.
Metodlar fanlarni o‘rganishdagi qullashda qamroviga kura bo‘lish mumkin:
umumiy metodlar, turkum fanlarini o‘rganishda qullaniladigan va xususiy
metodlarga bo‘linishi mumkin.
Dastlab, dars berish metodlarini tariflashga an’anaviy jihatidan yondashilib,
o‘rganiladigan bilim manbalarga kura guruhlarga ajratilgan. Bunday guruhlanish
ning ijrosi qadimgi falsafiy va pedagogik qarashlarga borib taqaladi. Bunday man
balar, qadimda uchta: amalda sinash, ya’ni amiliyot(tajriba), kurgazmali, og‘izaki
ifodalangan. Jamiyat tarraqiyoti tufayli keyinchalik unga kitob bilan ishlash qu
shildi. Sungi 20 yil mobaynida hayotga, shuningdek, ta’limda shiddat bilan yangi
metodlar, qog‘ozsiz axborot manbai: video – kompyuter tizimi kirib keldi.
Metod murakkab, ko'p qirralik boigani uchun ham unga turli jihatdan yondashib,
tizimlashtirish, guruhlarga ajratish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi raytda
metodlarni tariflashni o'nlab guruhlarini ko'rsatish mumkin, ularning soni hozirgi
kunda yanada ortib bormoqda.
Texnologiya ta’limi yunalishidagi nar bir mutaxasisslik fani o'z predmetini
ilmiy, uslubiy, texnik va texnologik va boshqa alohida xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda, shu fanga xos bo'lgan metodlar yordamida o'rganadi. Fanni o'rga
nish jarayonida esa nafaqat fanning predmetini o'rganishda qo'Ilaniladigan me
todlar, balki fanni o'rganish, bilish jarayonini tashkil etishda qo'Ilaniladigan me
todlar ham katta ahamiyatga ega. Chunki o'qitish jarayonida fanni talabalar ongiga
yetkazish, ularni bilim olishga chorlash, qiziqtirish, o'z ustida ishlashga yo'naltirish
ko'p jihatdan unda qo'Ilaniladigan metodlarga bog'liq.
Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimniIdrok qilish va
o'zlashtirish, ikkinchi guruhda tatbiq etish va niustahkamlash, uchinchi guruhda
attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.
Metodlarni fanlarni o'rganishdagi qo'llashdagi qamroviga ko'ra uch guruhga
bo'lish mumkin: umumiy metodlar, turkum fanlarni o'rganishda qo'Ilaniladigan va
xususiy metodlar.
Dars o'tishning umumiy metodlari barcha fanlarni o'rganishda qo'llaniladi.
Masalan, savol-javob, suhbat, tarqatma materiallardan loydalanish kabilar.
Ayrim metodlarni esa ma'lum turkum fanlarni o'qitishdagina qo'llash mumkin.
Bularga masala yechish, munozara. Ayrim metodlarni esa ma'lum turkum «fanlarni
o'qitishdagina qo'llash mumkin. Bularga masala yechish, munozara, «aqliy hu-
jum» kabilarni kiritish mumkin.
Xususiy metodlar faqat ayrim olingan fanni o'rganishda qo'Ilaniladigan
metodlar yoki usullar bo'lib u o'rganilayotgan fanning xususiyatidan kelib chiqib
qo'llaniladi. Xususiy metodlar faqat ayrim olingan fanni o'rganishda
qo'llaniladigan metodlar yoki usullar bo'lib u o'rganilayotgan fanning
xususiyatidan kelib chiqib qo'llani ladi: «case study», tadqiqot kaibilar.
Dars jarayonida fanni yoki mavzuni o'rganishda umumiylikdan xususiylikka yoki
aksincha, xususiylikdan umumiylikka borilishiga qarab ikki katta guruh: deduktiv
va induktiv metodlarga bo'lish mumkin. Masalan, buxgalteriya fanini o'rganish
buxgalteriya balansini o'rganishdan boshlanadi, ya'ni deduktiv metod qo'llaniladi.
Deduktiv va induktiv metoddan foydalanib, mavzuni yoki uzviy savolni muhoka
ma qilishimiz mumkin.
O'qitishning induktiv va deduktiv metodlari — o'quv materiali mazmunining xa
rakteri va mantiqini yoritish usulidir.
O'qitishning induktiv metodi — o'qituvchi va talabaning turli variantlardagi
faoliyatidir. Bunda o'qituvchi avval faktlarni tushuntiradi, tajribalarni, ko'rgazmali
qo'llanmalarni namoyish qiladi, umumlashtirish va tushunchalarni ta'riflash bo'yi
cha mashqlar bajarishni tashkil etadi. Talabalar oldin xususiy faktlarni o'zlashtira
dilar, keyin xulosa chiqaradilar va o'quv materialini umumlashtiradilar. Yoki tala
balar oldiga xususiy qoidalardan umumiy xulosalargacha mustaqil mushohada yuri
tishni talab qiladi-gan muammoli topshiriqlar qo'yiladi. Ular faktlar ustida mustaqil
fikrlaydilar, ishlaydilar va tegishli xulosalar chiqaradilar, umumlashtiradilar.
Deduktiv metod - o'qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta'riflarni aytishi,
keyin navbatma-navbat xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish
usulidir. Bunda o'quvchi-talabalar umumiy qoidalarni idrok qiladilar, formulalarni
o'zlashtiradilar, keyin esa ulardan kelib chiqadigan natijalarni o'rganadilar.
Agar shu metodlar taqqoslansa, o'quvchi-talabalar o'zlari mushohada yuritib,
faktlar, raqamlar, ma'lumotlarni umumlashtirish,mustaqil xulosa chiqarishni
o'rganishlari nuqtayi nazaridan induktiv metod foydaliroqdir. Deduktiv metod
o'quv materialini tezroq o'tishga yordam beradi, lekin bunda mustaqil fikrlash
yaxshi rivoj-lanmaydi, mavhum fikrlash faolroq rivojlanadi.
Induktiv va deduktiv metod barcha fanlar uchun umumiy bo'lib, mavzu yoki
savolni o'rganishda lining xususiyatlariga ko'ra qaysi birini qo'llashni o'qituvchi
tanlaydi. Barcha fanlarni o'rganishda qo'llaniladigan dars o'tishning savol-javob,
suhbat, tarqatma materiallardan foydalanish kabi umumiy metodlari borki, ularni
qo'llashda albatta fan, mavzu, uzviy savollarni o'rganishning maqsali, mazmuni
hisobga olinadi.
Bilishning bosqichlariga ko'ra talabaning fikrlash doirasi, qobiliyatini hisobga
olib, topshiriq, vazifa berish kerak. O'qitishning turli uslublarini qo'llashdan asosiy
maqsad, talabalar bilimini yuqori bosqichlarga olib chiqishdir.
O'tgan asrning o'rtalaridan metodlarni faol (aktiv) va passiv guruhlarga ajratishga
harakat kuchaydi. Ayniqsa, interaktiv(Interaktiv — ing. interact co'zidan olingan
bo'lib, inter-o'zaro, act-faoliyat yuritisli, harakat qilmoq, ya'ni o'zaro harakat
qilmoq ma'nosini anglatadi)metodlarni qo'llash keng targ'ib qilina boshlandi.
Ko'pgina pedagog va psixologlarning fikricha metodlarni aktiv va passiv
guruhlarga bo'lish noto'g'ri uni shunday bo'lishiga aslida o'qituvchi va o'quvchi,
talabalar sababchi deyishadi. «Interaktiv» tushunchasi kompyuter lug'atidan
olingan bo'lib, komyuterdan foydalanuvchining axborot almashish jarayonini
ekranda ko'rib turib, jarayonga ta'sir etishi, o'z xohishiga ko'ra boshqarishi, uning
harakatlariga kompyuterining javob berishi ko'zda tutilgan. Bunga misol qilib
kompyuter o'yinlarini ko'rsatish mumkin.
Asosiysi, o'qituvchi dars o'tish metodlarini qo'llar ekan, o'quvchi, talabalarni
hamkorlikda ishlashini ta'minlashi, ularni mustaqil fikr yuritishga undashi zarur.
Guruhlarga ajratish, tasniflashga doir yana qator yondashuvlar mavjud. Ulardan
biri didaktika bo'yicha nemis mutaxassisi L. Klin-berg tarifi bo'lib, u o'qitish
metodlarini hamkorlik shakllari bilan birga olib qaraydi, ya'ni monologik
metodlar(ma'ruza, hikoya, namoyish qilish), dialogik va polidogik metodlar
(suhbat, munozara va boshqalar)va individual, guruhiy, frontal, jamoa tarzida
bayon qilish kabi hamkorlik shakllari mavjud deb hisoblaydi.
Umuman olganda, metodlarni guruhlarga bo'lishning barchasida ham kamchiliklar
mavjud. Shuning uchun ham pedagoglar metodlarni tariflash, guruhlarga ajratishni
takomillashtirishga harakat qilishmoqda. Shu sababli metodlarni guruhlashdan voz
kechish tendensiyasi vujudga keldi. Metodlarning murakkabligi ularni turli
sharoitlarda qo'lashga ahamiyat berishga majbur qilmoqda.
Har bir darsni o'qitish jarayonida bir necha metod bir-biriga bog'lanib,
qorishib,o'qituvchi va talabalarning o'zaro muloqoti natijasida ta'lim metodlari bir-
biriga singib ketadi. Tadqiqotchi Yu. K. Babanskiyning fikricha, biz u yoki bu
metodni qo'llash haqida gapirar ekanmiz, bu shu metodning ma'lum bosqichda
yetakchi rol o'ynashini bildiradi, xolos.
Metodlarning funksional jihati butun o'quv jarayonida o'zgarmas emas, ya'ni qotib
qolmaydi. U sharoitga, qo'yilgan taIabga, intensiv tarzda qo'llanish yoki
qo'llanmasligiga ko'ra o'zgarib turadi.
Bir xil metodlar ko'proq ta'lim berish, talabalarni kamol toptirish, tarbiyalashda
muhim rol o'ynasa, boshqalari bilim olishga davat etish, uchinchilari esa bilimni
nazorat qilishda keng imkoniyatlarga ega.
Dars berishning mazmuni shu fanda mujassamlashgan obyektiv reallik bilan
aniqlanadi. Metodika fanning o'quv jarayonidagi harakati, rivojlanish shaklidir.
Fan bilan uni o'qitish o'rtasidagi farq shundaki, fan bevosita obyektiv reallik bo'lib,
uning rivojlanish qonunlarini ifodalash bilan birga, o'quv predmeti sifatida ana shu
jarayonni bevosita tasvirlaydi. Umuman olganda, o'qitish, ilm berish obyektiv
dunyoni bilishni shu fan erishgan yutuqlar darajasiga ko'taradi. Fan doimo
rivojlanib yangi kashfiyotlar, bilimlar bilan boyib boradi. O'z navbatida,
talabalarga bilim berish jarayonida ular ongiga ushbu kashfiyotlar singdirib
boriladi.
Mutaxasisslik ta’minotining yangi qirralari, muammolari ularni yechish yo'llarini
o'rganish jarayonida beto'xtov chuqurlashib boradi. O'quv jarayonida yangi
metodlar qo'llaniladi, yangi o'quv kurslari kiritiladi. Mutaxasisslik fanlardan dars
berishni ma'naviy, nazariy tomonidan yuqori bosqichga ko'tarish ko'p jihatdan
ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan o'quv shakllari, metodlari, talabalarni
uslubchi olimlarning ishlarini o'rganishlari darajasiga ham bog'Iiq.
O‘qitish uslublarini mohiyatiga kura 3-guruhga ajratish mumkin.
Uslublarning 1-guruhi o‘qitish faoliyati manbai va qabul qilinishi bo‘yicha
og‘izaki va ko‘rgazamali, axborotni o‘zatish va qabul qilishning mantiqiy
xususiyatlari bo‘yicha induktiv va deduktiv, mustaqil fikrlash darajasiga ko‘ra
reproduktiv va muammoli-izlanuvchilik, o‘quv ishlarining boshqarilish darajasiga
ko‘ra o‘qituvchi rahbarligida va ta’lim oluvchilarning mustaqil ishi sifatida bo‘ladi.
Uslublarning 2-guruhi ta’lim olishga qiziqishni rag‘batlantirish uslublari bo‘yicha
bilim olishga qaratilgan o‘yinlar, ta’limiy bahslar, axloqiy-hissiy vaziyatlar
yaratish, faoliyatli o‘yinlarni tashkil qilish, ma’suliyat va burchni shakllantirishga
yo‘naltirilgan uslublar bo‘yicha ta’limning ahamiyatini belgilashda ishontira olish,
talablarni bayon qilish, rag‘batlantirish va jazolash orqali amalga oshiriladi.
Uslublarning 3-guruhi og‘zaki nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish
uslublaribo‘yicha individual so‘rov o‘tkazish, frontal so‘rov o‘tkazish, og‘izaki
sinovlar, og‘izaki imtixonlar, yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish uslublari,
yozma nazorat ishlari, yozma sinovlar, yozma imtixonlar, yozma ishlar, amaliy
nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari, mashina vositasida nazorat qilish,
Laboratoriya-sinov mashg‘ulotlari, ijodiy imtihonlar bilan olib boriladi(rasm-3).
Hozirgi paytda o‘rganiladigan bilim manbalariga kura, metodlar qo‘yidagi bir
necha guruhlarga bo‘linishi( amaliy metodlar yoki amalda sinash, tajriba metodi,
kurgazmali metodlari, og‘izaki metodlari, kitob bilan ishlash, vileo metodlar)
mumkin.
1)
Amalda sinash, tajriba metodi: tajriba o'tkazish, amaliyot o'tkazish;
mashqqilish, mehnat, ishlabchiqarishjarayonidaqatnashish, eksperimento'tkazish.
2)
Ko'rgazmalinamoyishqilishmetodi: har xil rasm, suratlardan foydalanish;
namoyish qilish; illyustratsiya qilish; o'quvchi, talabalar tomonidan kuzatish,
amaliyot o'tkazish.
3)
Og'zakiso'zorqaliifodalanadiganmetod: tushuntirish, ongiga yetkazish;
hikoya qilish; o'zaro fikr almashuv; suhbat o'tkazishyo'1-yo'riq, ko'rsatma
berish;ma'ruza: munozara, bahs va boshqalar.
4)
Kitob bilan ishlash: o'qish, o'rganish, tezda ko'rib, varaqlab chiqish; sitata
keltirish va uning ustida ishlash, bayon yozish; referat yozish, reja tuzish, konspekt
qilish va boshqalar.
5)
Video metod: kompyuterda mashq, test yechish; : nazorat
o'tkazish;internetda ishlash; elektron variantlar bilan ishlash; o'quv filmlarini
tayyorlash va namoyish etish; axborot texnologiyalariga asoslanib, ishlab chiqilgan
dasturlar asosida kompyuterda muta xasisslik ko'rsatkichlarni hisoblash, ularga
omillar ta'sirini o'rganish; multi media asosida taqdimot tayyorlash, namoyish etish
vaboshqa shu kabilarni qamrab oladi.
Og‘zaki nazorat va
o‘z-o‘zini nazorat
qilish metodlari
Yozma nazorat va
o‘z-o‘zini nazorat
qilish metodlari
Amaliy
Metodlarning 1-
guruhi
Metodlarning 3-
guruhi
Metodlar
ning 2-guruhi
O‘qitish faoliyati
manbai va qabul
qilinishi
Mustaqil fikrlash
darajasiga ko‘ra
Axborotni
uzatish va qabul
qilishning
mantiqiy
xususiyatlari
O‘quv
ishlarining
boshqarilish
darajasiga ko‘ra
Ta’lim olishga
qiziqishni
rag‘batlantirish
metodlari
Bilim olishga
qaratilgan
o‘yinlar
Axloqiy-hissiy
vaziyatlar yaratish
Faoliyatli o‘yinlarni
tashkil qilish
Ta’limiy bahslar
Amaliy nazorat
va o‘z-o‘zini
nazorat qilish
metodlari
Individual
so‘rov o‘tkazish
Ta’lim
oluvchilarning
mustaqil ishi
Frontal
so‘rov
o‘tkazish
O‘qituvchi
rahbarligida
Mashina
vositasida
nazorat qilish
Laboratoriya-
sinov
mashg‘ulotlari
Yozma
imtixonlar
Yozma
nazorat ishlari
Yozma ishlar
Yozma
sinovlar
Ko‘rgazamali
Og‘zaki
Deduktiv
Induktiv
Reproduktiv
Muammoli-
izlanuvchilik
Ta’limning
ahamiyatini
belgilashda
ishontira
olish
Talablarni
bayon qilish
Og‘zaki
imtixonlar
Og‘zaki
sinovlar
Rasm.3. Ta’lim metodlar guruhi.
Ayrim metodlar ko'proq o'quvchi, talabalarni bilim doirasini kengaytirish, nazariy
bilim olishlarida qo'l kelsa, boshqalari ko'proq tajriha to'plash, ko'nikma hosil
qilish, o'z bilimini amalda sinab ko'rishda yordam beradi. Uchinchilari esa bilimini
oshirish uchun mustaqil o'z ustida ishlashga da'vat etadi, to'rtinchilari bilim,
ko'nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, ayrim metodlar
bilishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirib, tafakkurni rivojlantirsa, ikkinchisi, faollik,
o'rganganlarini uzoq esda saqlashga yordam beradi. Uchinchisi iroda, o'z fikrini
mustaqil aytish, himoya qilishga o'rgatadi. To'rtinchisi his-tuyg'u, kechinmalarni
boshqarishga yordam, ruhiy ozuqa beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |