A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

O‘rganish mashqlari.
Amaliy ishlarni bajarish jarayonida talabalar har xil 
buyumlar tayyorlar ekan, texnologiya usullari va harakatlarini bajarish bo‘yicha 
mashq qilishni davom ettiradilar. Bunday mashqlar o‘rganish uchun tayyorgarlik 
mashqlari deyiladi. Ish o‘rnini tashkil qilishga, asbobni sozlash, dastlabki 
texnologiya usullari va harakatlarni o‘zlashtirishga, ko‘nikma va malakalarni 
takomillash tirishga doir mashqlar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Mashqlarga ta’lim uslubi sifatida qo‘yidagi talablar qo‘yiladi: 
1. Mashqlar talabalarning ongli faoliyatiga asoslanadi. Ko‘nikma va malakalarni 
hosil qilishda ohg katta rol o‘ynaydi. Texnologiya ta’limini tajribasi «Musqo‘llarni 
o‘rgatish»ga ohgdan tashqari o‘rinish (MMI tizimi) muvafaqiyatga olib 
bormasligini ko‘rsatdi. 
2. Mashqlar va ularning elementlari qiyinligi ortib boradigan tartibda 
joylashtiriladi. Har xil texnologiya operatsiyalarida bir xil elementlar (usullar, 
harakatlar)ning o‘zi ko‘p uchraydi, ammo operatsiyalarning o‘zi qiyinligi 
bo‘yicha farq qiladi. 
3. Mashqlar paytida o‘z texnologiya harakatlarini kontrol qilishlari kerak. 
Bunda dastlabki tayyorgarlikning to‘g‘riligiga katta ahamiyat beriladi. Beqaror 
ko‘nikmalar yoki noto‘g‘ri ish usullari keyingi ta’lim uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi. 


SHu sababli o‘qituvchi talabalarning eng boshida texnologiya usullari, harakatlari,
operatsiyalarini to‘g‘ri bajarishlarini ko‘zatib borishlari kerak. 
Amaliy ta’lim metodlari, og‘zaki hamda ko‘rgazmali metodlar bilan birgalikda 
qo‘llaniladi, chunki har qanday mashg‘ulotlar avvalida albatta yo‘riqnoma berilishi 
shart. Og‘zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek bajarilgan 
ish tahlili butun mashg‘ulot davomida ham davom ettiriladi. 
6. Mutaxassislik fanlari darslarida muammoli ta’lim asoslari
Urganuvchilarni ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish zaruriyati o‘qitish jarayoni 
ga muammoli ta’limni joriy qilishni vujudga keltirdi. Muammoli ta’limdan ta’lim 
ning barcha jabhalariga keng qullanila boshlandi. Muammoli ta’limni qullash sama 
radorligini tadqiq qilish uning -talabalar aktivligini oshirish, o‘quv materialini ong 
li idrok qilish nuqtai nazaridan amaliy ta’sirchanligini tasdiqlaydi hamda uni ta’lim 
amaliyotiga keng joriy qilish zarurligini ko‘rsatadi. Buning sababi aynan mutaxas 
sislik fanlari darslarida muammoli ta’limning samarasizligi emas, balkim uni qul 
lashning ma’lum qiyinchiliklar bilan bog‘liqligidar. Bu qiyinchiliklarlardan biri 
mutaxassislik fanlari buyicha o‘qituvchi kadrlar masalasi tugal hal qilinmagan 
ligidir. Amaliyotchi o‘qituvchilar, hatto, maxsus ta’lim olmagan diplomli o‘qituv 
chilar ham muammoli ta’lim g‘oyalarini joriy qila olmaydilar. Texnologiya ta’limi 
yunalishi buyicha mutaxassislik fanlari darslarida muammoli ta’limni qullashga 
oid uslubiy tavsiyalar deyarli yuq hisobi. Bularning hammasi mutaxassislik fanlari
darslarida muammoli yondashishdan deyarli foydalanmaslikka olib keladi, foydala 
nilganda ham epizodik yusinda foydalaniladi va u ham har doim uslubiy jihatidan 
to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Bu degani mutaxassislik fanlari darslarida muammoli ta’ 
limdan foydalanishning iloji yuq degani emas. O‘zoq yilgi kuzatishlar va tajribalar 
bu fikrni rad etadi, mutaxassislik fanlari darslarida muammoliylikdan foydalanish 
mumkin va maqfsadga mevofiqdir. Bilish jarayoni muammolikka xosdir. Muam 
moliylik atrofdagi predmetlarni, hodisalarni va jarayonlarni o‘rganish jarayonida 
paydo bo‘ladigan ziddiyatlardan tuziladi. Mutaxassislik fanlari darslarida muammo 
liylikdan foydalanish muammoli topshiriq quyish, muammoli vaziyatni tashkil 
qilish, muammoni ifodalag, uni hal qilish, olingan natijalarni tekshirish va, nihoyat, 
ularni umumlashtirish, tizimlashtirish va mustahkamlash iborat bo‘ladi. Muammo 
li topshiriq savol, masala yoki amaliy ish shaklida berilishi mumkin. Etarlicha 
ochib berilmagan savol, masala, topshiriq nomalumdan ma’lumga tomon yunalgan 
bo‘ladi. Noma’lum faktni aniqlash yki ma’lkm hisoblashni talab qilmaydm, balki 
sabab-natija bog‘lanishni yoritish va mohiyatni mantiqan isbotlashni nazarda tu 
tadi. Muammoli amaliy topshiriqlar ham ma’lum va noma’lumlarni o‘z ichiga 
oladi, ammo bular harakat usullari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday topshiriqni baja 


rish mobaynida yangi harakat usulini topishi yoki ma’lum usulni yangi sharoit 
larda yullashi mumkin. 
Mutaxassislik fanlari darslarida muammoli ta’limning muhim xususiyati shundan 
iboratki, larga bilimlar tushuntirish-tasvirlashga asoslangan ta’limdagi kabi tayyor 
holda bayon qilinmaydi, balki ular oldiga mustaqil hal etish uchun bitta yoki bir 
qancha muammolar qo‘yiladi. 
Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoli 
yatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qar 
shiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivoj 
lantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni ta’minlaydi. Muam 
moli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga echim topish jarayo 
nida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi. 
Muammoli ta’lim uchta usulni o‘z ichiga olib, ularlarning mustaqil ijodiy faolli 
giga nisbatan qo‘yiladigan talablar asosida qo‘yidagi tartibda joylashtiriladi. 
a) o‘quv materialini muammoli bayon qilish ; 
b) izlanishga oid suhbat o‘tkazish; 
v) tadqiqotchilar usullaridan foydalanish. 
Muammoli ta’lim hozirgi davr talabiga ko‘ra iqtidorli larni ko‘paytirish va ularni 
ijodiy ishlashga o‘rgatishga katta e’tibor berishdir. 
Muammoli ta’lim mannashu vazifani bajarishda yordam beradi. Bu ta’lim 
o‘qituvchining va talabalarning birgalikdagi faoliyatiga topshiriqlar sistemasi 
tushunib olinadi, idrok etiladi va hal qilinadi. Bunda ta’lim quyidagi tartibda 
amalga oshirilishi kerak: muammoli topshiriqni qo‘yish, uni hal qilish, olingan 
natijalarni tekshirish va umumlashtirish, sistemalashtirish va mustahkamlash.
Masalan: buyumning biror qismiga ishlov berish turlari talabalarga ko‘rsatiladi va 
buyumga ishlov berishda talabalarning o‘zlari buyumga ishlov berish usullarini 
tanlab olishlari, sababini isbotlab berishlari muammoli vaziyatni vujudga keltiradi. 
O‘qitishda o‘quv materiali mazmuni va mutaxassislik jarayonini analiz qilish 
texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlari darslarida tegishli 
sharoitlarda mos ravishda quyidagi ziddiyatlardan foydalanish mumkin.
1. Talabalarda mavjud bo‘lgan bilimlar tizimi bilan yangi bilimlar orasidagi 
nomuvofiqliklardan kelib chiqaligan muammoli vaziyatlar mutaxassislik fanlarida 
bunday vaziyatlar kupincha o‘zlashtirib olingan bilimlar bilan yangi faktlar yoki 


ilmiy bilimlar va ulardan oldingi hayotiy, amaliy bilimlar orasidagi nomuvofiqlik 
natijasida paydo bo‘ladi. 
2. Konkret qaziyatda nazariy jihatidan mumkin bo‘lgan harakat usullaridan 
eng muvofig‘ini tanlash qiyinligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoli vaziyatlar. 
Kupincha bunday vaziyatlar biron bir jarayonni rejini tanlashda, texnologik jara 
yonlarni tashkil etishda, jihozlarni nosozliklari sabablarini izohlash va hokozo 
lardan paydo bo‘ladi. 
3. Mutlaq yangi sharoitlarda mavjud bilimlar va harakat usullaridan foydala 
nish zarurligidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatlar. 
4. O‘quv muammomini hal qilishning nazariy mumkin bo‘lgan yuli bilan 
amalga oshirib bo‘lmasligi yoki tanlangan usulning maqchadga muvofiq emasligi 
orasidagi nomunofiqliklardan kelib chiqadigan muammoli vaziyatlar. Bu xildagi 
muamoli vaziyat, masalan, biror ishlab chiqarishga oid savollargajavob izlashda 
vujudga kelishi mumkin. 
5. Konkret ob’ekt bilan uning tasviri orasidagi nomunofiqlikdan kelib chiqadi 
gan muammoli vaziyatlar. 
6. Sxema va chizmalardagi tasvirlarning “statik” xarapkteri bilan ulardan 
“dinamik” jarayonlarni o‘qish zarurligi o‘rtasiga ob’ektiv ravishda qo‘yilgan 
ziddiyatlar natijasi sifatidaga mummoli vaziyatlar. 
7. Harakatning xayoliy obrazi bilan amaliy harakat orasidagi nomunofiqlikni 
aks etiruvchi muammoli vaziyatlar. lar yangi amalmy harakatni bajarishdan oldin 
o‘z ongida uning obrazini yaratishlari kerak. O‘qituvchining harakatlarni tushun 
tirishi va kursatishi, harakt usullarining instruksiyalar, kartochka topshiriqlar, 
darslik va hokozolardagi tavsifi bunday obrazlarni yaratishning manbalari 
hisoblanadi. 
8. Oldingi tajribaning”psixologik tusiqlari”ni bartaraf qilish bilan bog’liq 
muammoli vaziyatlar. Mavjud tajribaning yangi yangi bilimlari va harakat usul 
larini o‘zlashtirish jarayoniga ijobiy va salbiy ta’sir kursatishi hammaga ma’lum. 
O‘zlashtirilgan bilims va malakalarni saqlash tendensiyasi bilan ularni takomillash 
tirish, yangilash zarurligi o‘rtasida kurash boradi. Ma’lum shart-sha roitlarda bu 
ziddiyat muammoli vaziyatlarning manbaiga aylanadi. 
9. Qarama-qarshi fikrlar vujudga kelishning natijasi sifatidagi muammoli 
vaziyatlar.Konstruksiyalash va texnologik jarayonlarni tashkil etishda bir narsa 
haqida: “Mumkin- mumkin emas”, - ratsional-noratsional” ,”ijobiy-salbiy” 


qabilidagi ziddiyatli fikrlar aytiladi. Ulardan qaysi biri to‘g‘riligini isbotlash 
vazifasi muammoli xarakterga ega bo‘ladi. 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida hosil bo‘lgan muammoli vaziyatlarni
quyidagi darajalar orqali baholash mumkin:
- Birinchi daraja nomustaqillik, faollik; bunda mavzu bo‘yicha beriladigan 
savollar yuzasidan muammoli vaziyatni o‘qituvchi tashkil qiladi. Muammoni 
bartaraf qilish yo‘llari ko‘rsatuvchi savollar yordamida talabalarni o‘ziga jalb 
qiladi, talabalar muammoli vaziyat holatida bo‘lib, o‘qituvchini fikrlash faoliyatini 
kuzatadi.
- Ikkinchi daraja yarim mustaqillik faoliyat; o‘qituvchi muammoli vaziyatni 
hosil qiladi va talabalar bilan birgalikda muammoni hal qiladi. YA’ni o‘qituvchi 
yordamida talabalar topshiriqlarni bajaradilar. 
- Uchinchi daraja mustaqil faollik; o‘qituvchi muammoli vaziyatni vujudga 
keltiradi, talaba esa mustaqil ravishda bu muammoni hal etadi, xulosani o‘qituvchi 
bilan birgalikda chiqaradi. 
- Turtinchi daraja ijodiy aktivlik; o‘qituvchi texnologiya topshirig‘ini qabul 
qilishda muammoli vaziyat hosil qilish uchun sharoit yaratadi, lekin muammoli 
vaziyatni talabalarning o‘zlari yaratadilar. O‘qituvchi faqat xulosa chiqarishga 
yordam beradi.
Muamoli o‘qitishda muammoli topshiriqlar tizimni aktivlik va ongli o‘zlash 
tirishi uchun imkoniyat yaratishi, ularning bir kamolot darajasidan boshqa – yuqori 
roq va ijodiyroq darajasiga muntazam ravishda o‘tishini ta’minlashi kerak. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1. Metod tushunchasi qanday faoliyatni anglatadi?
2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlari qanday mazmun ega?
3. O‘qitish metodlari haqida pedagog va psixolog olimlarning qanday qarashlari 
mavjud? 
4. Umumiy holda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlari necha besh 
guruhga bo‘lish mumkin?
5. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning qanday og‘izaki metodlari bor?
6. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning qnday kurgazmali metodlari bor?


7. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning qanday amaliy metodlari bor? 
8. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning qanday muammoli ta’lim metodlari 
mavjud? 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish