A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


-Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodlari



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

5-Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodlari.
Maqsadli reja


1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlarini mazmun mohiyati 
2.O‘qitish metodlari haqida pedagog va psixolog olimlarning qarashlari
3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning og‘izaki metodlari . 
4. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning kurgazmali metodlari.
5. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning amaliy metodlari. 
6.Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning muammoli ta’lim metodlari 
1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlarini mazmun mohiyati 
“Metod” atamasi yunoncha “ methodos – tadqiqot yoki bilish yuli, nazariya, 
ta’limot” suzidan kelib chiqqan bo‘lib – tadqiqot yuli, haqiqatga intilish, bilish, 
harakat qilish yullari, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma’nosini anglatadi.
Metod deganda, voqeylikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullari tushuniladi. 
Faoliyatning turli jabhalarini o‘rganishni qamrab olgan holda ilmiy bilish va uning 
usullari asosiy urinda turadi. 
Metod tushunchasi (maqsadga eltuvchi yo‘l ma’nosida) maqsadga erishish 
usulini, muayyan tartibda tashkil etilgan faoliyatni anglatadi. 
Metod — o‘qituvchi bilan talabalarning ta’lim – tarbiyada qo‘yilgan maqsadga 
erishishga qaratilgan tartibga solingan, tizimlashtirilgan faoliyatdir. Ta’lim uslubi 
deyilganda, ta’lim oluvchilar va o‘qituvchining ta’lim, tarbiya va o‘qitish jarayo 
nida shaxsni rivojlantirish masalalarini hal qilishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. 
Pedagogik amaliyotda, an’anaga muvofiq, o‘quv – tarbiyaviy maqsadlarga eri 
shish uchun qullanilayotgan, tartibga solingan faoliyat usuli metod deb tushuniladi. 
Bunda o‘qituvchining o‘qitish faoliyati usullari bir-biriga bog‘liqligi ta’kidlanadi. 
Demak, o‘qitish metodi quyidagicha tavsiflanishi mumkin: o‘qitishning maqsadi, 
o‘zlashtirish usuli, o‘quv jarayoni qatnashchilari(o‘qituvchi, talaba, )ning o‘zaro 
munosabati.
Umuman o‘ylash va fikrlashga o‘rganmasa, olgan bilimlaridan foydalana ol 
maydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotida insonni tahlil qilishi, taqqoslab, qaror chiqa 
rishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. CHunki, har qanday sohada muvaffaqiyatli 
ish yuritish uchun tafakkur rivojlangan bo‘lishi zarur. 
O‘qitish uslubining pirovard maqsadi chuqur bilim berishgina bo‘lmay, yosh 
larda mustaqil bilim olishga intilishni uyg‘otish, ularni tarbiyalash hamdir. Axborot 


turli-tuman shakllarda qabul qilinadi. Kimning axborotni turli tarzda qabul qilish 
qo‘li dan kelmasa, bu uning uchun katta yo‘qotish buladi. 
Agar o‘qituvchi yoqtirmaydigan uslubda dars olib borsa, uning o‘qishdan ko‘ngli 
sovib, fan bilan shug‘ullangisi kelmay qolishi mumkin. SHuning uchun turli-tuman 
usullar bilan dars o‘tish, har bir talaba, ning darsga faol qatnashishiga omil bo‘ladi. 
Ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qiladi. 
Ta’lim metodlarini o‘qitish metodlari va o‘rganish metodlariga ajratilishi mumkin. 
O‘qitish metodlariga bilim berish usullari sifatida qaraladi. Bunda o‘qituvchilar 
ning bilish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, uning dunyoqarashini shakllanishiga yor 
dam beradi. O‘rganish metodlari bilim, malaka, ko‘nikmalarni ijodiy egallashga 
yo‘naltiradi. 
Umumiy holda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlarining butun tizimini 
taxminan besh guruhga bo‘lish mumkin. Ulardan har biri o‘z navbatida bir necha
metodlarni o‘z ichiga oladi. 1—og‘zaki metodlar, 2—ko‘rgazmali metodlar, 3— 
amaliy metodlar, 4— muammoli o‘qitish metodlari, 5— bilimlar, texnologiya 
ko‘nikmalari va malakalarining tekshirish metodlari hamda tadqiqot 
metodlari(rasm-1). 
SHuni ta’kidlash keraki, texnologiya jarayonida umumiy didaktik xususiyatga 
ega bo‘lgan ko‘pgina metodlardan foydalaniladi. Biroq mehnat usullarini amalda 
ko‘rsatish, ularni bajarishga oid mashqlar, texnikaga oid ma’lumotnoma va texno-
logiya hujjatlari bilan ish olib borish, o‘quv-ishlab chnqarish topshiriqlarini baja 
rish, nazariy-amaliy ishlarni bajarish kabi metodlar faqat texnologiya ta’limiga xos 
bo‘lgan metodlardir. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ta’lim uslublarini tanlash 
avvalo o‘quv materialining va o‘quv vazifalarining xarakteriga bog‘liq. Mutaxas 
sislik fanlarini o‘qitishga doir o‘quv vazifalari boshqa predmetlarning o‘quv vazi 
falari (yangi bilimlar berish, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish, bilimlarni 
amalda qo‘llash va hokazolar) bilan asosan bir xilligi uchun ta’lim uslublari ham 
deyarli bir xil bo‘ladi. Ta’lim uslublari o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismi 
sanaladi. Mos ravishda tanlab olinadigan metodlarsiz o‘qitish jarayoni maqsad va 
vazifalarini hal etishga yoki talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirili 
shiga erishib bo‘lmaydi. Pedagoglarning muhim vazifasi, maqsadi aynan turli 
metodlar orqali talabalarni bilim, axborot-olishni turli shakllariga tezda 
moslashishga, o'z dunyoqarashini kengaytirish uchun harakat qilisliga talabalarni 
qiziqtirish va uni amalga oshirishdir. 


Rasm.2. Ta’lim metodlari. 
Ayniqsa, hozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko'p sohalarga, 
bilishning turli metodlarini qo'llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-
barang pedagogik usullar qo'llash talab etiladi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish