4. Bilim, kunikma, malaka, uquv mahorati
Bilim olish jarayoni kishilik jamiyatida bo‘lgan muhim intilishlardan hisoblanadi.
Insoning hodisa yoki jarayonlar haqidagi tassavurlari bilimga aylanadi va kunikma
va malakalar uchun zamin bo‘ladi. Bilimlar o‘rganilayotgan asosiy jihatlarni
mantiqiy ketma-ketlikda qamrab olishi, o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va har bir
o‘rganilayotgan tushunchadagi barcha ahamiyatli jihatlarni ochib berishi, ya’ni
izchil bo‘lishi lozim. O‘zlashtiriladigan bi limlarning asosiy sifati - ularning
anglanganlik, tushunilganlik daraja sida ifodalanadi. Ular ning buyum va
hodisalarni nafaqat tavsiflab bera olishi, balki o‘rganilayotgan dalillarni asoslay
olishida namoyon bo‘ladi. SHuningdek, bilimlar o‘rganilayotgan buyum va
hodisalar mazmuni va qarash kulami kengligiga xizmat qiluvchi mukammallikka
ega bo‘lishi lozim.
Bilimlar adekvat xarakterga ega bo‘lib, jamiyat xayotida, tasdiqlangan moddiy
borliqni ifodalaydi. Bilimlar qotib qolgan, o‘zgarmas hodisa emas, jamiyat
hayotining tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlar ham uzluk siz rivojlanib,
aniqlanib, chuqurlashib va ba’zan jiddiy o‘zgarishlarga uchrab, takomillashib
boradi. Pedagogika nazariyasida bilimlarga xos bo‘l gan ushbu omilni hisobga
olgandagina ta’lim mazmunining ilmiyligi ta’ minlanadi. O‘quv predmeti doirasida
taqdim etiladigan bilimlarni ikki guruxga ajratish mumkin: muvofiq tarzdagi fan
asoslarini ifodalovchi il miy bilimlar hamda dolzarblik va turg‘unlik jixatidan
o‘zgaruvchan bo‘lgan axborotlar kurinishdagi mahsuli 31 sifatida yuzaga keladi.
Bu bilimlarni ng muntazam jamlanishi hozirgi fanning muayyan xolatini
ifodalovchi de duktiv tizimdagi axborotlar hajmining ortib borishiga olib keladi, le
kin mazkur fan negizini tashkil qiluvchi bilimlar tizimiga xech qanday o‘zgartirish
kiritmaydi. Bu xolda yangi ma’lumotlarning faqat bir qismi gina ilmiy
nazariyaning asosiy xolatlarini o‘zgartirib borish uchun xizmat qiladi. Bunday
holda bilimlar qanchalik umumlashgan bo‘lsa, ular shunchalik turg‘un xaraktarga
ega bo‘ladi.
Texnologiya ta’limi buyicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalar va
oliy ta’limning texnologiya ta’lim yunalishida va magistrlar texnolo giya ta’limi
dars mashg‘ulotlarida mahsulot va materiallarga ishlov berib mahsulot yaratish
texnologiyasi buyicha utilayotgan mavzuni dars materiali mazmuniga kura
bilimlarni o‘zlashtiradilar. Urganuvchilarni dars mashg‘u loti mobaynida mavzuga
oid mahsulot yoki materiallar, ularga ishlov beradi gan moslama va jihoz hamda
mashinalar, qaralayotgan shu mahsulot yoki mate rialga shu moslama va jihoz
hamda mashinalar orqali ishlov berish texnolo giyalari haqidagi tassavurlari
ularning o‘zlashtirgan bilimlari bo‘ladi lar. Misol uchun, yog‘och, polimer, metal
va gazlamalarga ishlov berish jara yonidagi yog‘och, polimer, metal va gazlama
materiallarini olinishi, ishla tish sohalari, xossa va xususiyatlari haqida, bu
materiallarga ishlov berishda ishlatiladiganmoslama va jihozlarni hamda
mashinalar vazifasi, tuzilishi, ishlatilishi haqida, shu materiallarga shu jihozlar
bilan sovuq layin, issiqlik bilan, mexanik, ke sib, qirqib, bosim ostida, qulda yoki
mashinalarda ishlov berishni texnologik usullari haqidagi tassavurlari
o‘rganuvchilarni o‘zlashtirgan bilimlari hisoblanadi. Aniqrog‘i, sodda qi lib
aytsak, o‘rganuvchini quliga topshiriq uchun yog‘och, mix va bolg‘a berilgan.
Berilgan yog‘ochni olinishi va ishlatish sohasi, uni xossa va xususiyati, bol g‘ani
vazifasi, u qanday materialdan tayyorlangani, ishlatish tamoillari, mixni qanday
materialdan tayyorlangani, nima maqsadda ishlatilishi, qan day ishlatilishi
haqidagi tassavurlari o‘rganuvchilarni o‘zlashtirgan bilim lari bo‘ladi. Har xil
o‘rganuvchilarni o‘zlashtirish lari har xil bo‘ladi.
O‘zlashtiriladigan bilim hosil qilinadigan kunikma va egalanadigan malakalar
uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Kunikma va malakalarning maz muni va o‘zaro
nisbati haqida bir qancha yunalishdagi qarashlar mavjud. Didaktikada mavjud
bo‘lgan an’anaviy nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo‘l sak, kunikma malakadan
ilgari hosil bo‘ladi va mashq natijasida kunikma malakaga aylanadi. CHunonchi,
«Pedagogik ensiklopediya»da «Kunikma ishlash ga to‘g‘ri keladigan sharoitlarga
mos harakatlarni samarali bajara olish» deb ta’riflanadi. Kunikmalar ham amaliy,
ham nazariy xarakterga ega bo‘ ladi.
M.A.Danilov kunikmalarni harakatlarni bilish deb, malakani esa hara katning
ayrim avtomatlashgan qismini ifodalaydi deb yozadi. Kasb maktab lari uchun
tavsiyanomada kunikmaga quyidagicha ta’rif keltirilgan: «Kunik ma faoliyatning
shunday turiki, undagi harakatlar etarli darajada fikrlab avtomatlashuvsiz
bajariladi, malaka esa avtomatlashgan harakatni ifoda laydi. Ko‘zda tutilgan qar
qanday operatsiya juda oz o‘ylab amalga oshirila di»4.
K.K.Platonovning fikricha, «Kunikma ilgari shakllantirilgan bilim va malakalar
asosida hosil bo‘ladi; malaka - bu maqsadli faoliyat davomida uni tashkil etuvchi
harakatlarni avtomatlashgan holda, unga nisbatan maxsus yu naltirilgan diqqatsiz,
biroq aqliy nazorat ostida bajarilishidir». Pla tonov o‘z fikrini davom ettirib, shu
adabiyotning boshqa joyida yana shunday yozadi: Har qanday malaka, bilim va
kunikmalarni uz ichiga olib, mavjud bi lim va kunikmalar asosida shakllanadi,
ularni yangi sharoitlarda etishmay digan elementlarini qayta shakllantiradi.
Psixologiya sohasidagi adabiyotlarda kunikma va malakalarga oid quyida gi
fikrlar bildirilgan: «Maqsadli harakatlarning inson tomonidan qis man avtomatik
ravishda bajarilishiga malaka deyiladi». So‘ngra «kunikma» atamasi bilan subekt
ega bo‘lgan bilim va malakalar faoliyatini maqsadga muvofiq boshqarish uchun
zarur bo‘lgan pedagogik va psixologik harakatlar tizimini ifodalaydi5.
Malakalarni shakllantirish fandan olinadigan bilim va ma’lumotlarni qayta
ishlash buyicha hamma operatsiyalar tizimini bu ma’lumotni aniqlash, uni
harakatlar bilan taqqoslashni o‘rganishdir. Subektiv maxsus faoliyat sifatida
malakalarga mustaqil o‘qitish jarayoni mavjud emas, degan fikrni K.K.Platonov
tanqid qilib, quyidagicha ta’kidlaydi: «Malakalarga albatta o‘qitish kerak, bundan
chiqadiki kerakli metodika to‘g‘risida uylash kerak». «Malaka» deb - odamning
bilim va oddiy tajriba asosida egallagan muayyan harakatlarni ongli bajarish
qobiliyati tushuniladi. Bilimlar bajarilayot gan harakatlarning nazariy asosidir.
Bilimlar tufayli harakatlarning ay rim davrlari va ularning ketma-ketligi tushunarli
bo‘ladi. Har qanday ma lakalarni egallash bilimlarga asoslangan aniq faoliyat,
amaliyotni talab qiladi, ularsiz umuman malakalar bo‘lishi mumkin emas.
Malakani psi xologik asosi deganda faoliyat maqsadi, sharoit va uni bajarish
usullari orasidagi o‘zaro aloqadorligi tushuniladi. Bundan shu xulosa kelib chi
qadiki, malaka bilimlarga tayanadi. Bilimsiz malaka yo‘q. Kunikma va mala
kalarni shakllantirish jarayoni ilmiy tadqiqot ishlarida turlicha talqin qilingan.
Ko‘pchilik adabiyotlarda kunikma va malakalarni shakllantirish jarayoni
quyidagicha qabul qilingan:
BILIM - KONIKMA - MALAKA
Ushbu ketma-ketlik K.K.Platonov tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u bizni ng
fikrimizcha ilmiy jiqatdan ko‘pchilik olimlar tomonidan asoslab beril gan. Demak:
«Kunikma - harakatlarni samarali bajarish imkoniyatidir; kunikma ma’lum
darajada fikrlab bajariladigan harakatlar; kunikmalar – qandaydir harakatni yangi
sharoitlarda bajarish usulidir; kunikma – murak kab tizimli psixik va amaliy
harakatlarni egallashdir»6.
K.K.Platonovning kunikma va malakalarni shakllantirish jarayonini ketma-
ketligi buyicha fikrini davom ettirib, bilim, kunikma va malakalar o‘zlashtirilib,
shaklanib borib oxirida uquv mahoratiga aylanishi va priovardida urganuvchini
tuplangan tajribasini hosil qiladi deb aytishi miz mumkin. Natijada
K.K.Platonovning shakllanish ketma-ketligi qo‘yida gi kurinishda bo‘lishi
mumkin:
BILIM - KUNIKMA - MALAKA – MAHORAT - KASB TAJRIBASI
Umumkasbiy hamda umumtexnologiya bilim va kunikmalarni shakllantirish
metodikasiga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan, shuningdek, yoshlarni
texnologiya faoliyatiga tayyorlashda ularning hal qiluvchi ahamiyatiga doir kuplab
ishlar nashr etilgan, qimmatli ma’lumotlar va nazariy xulosalar jamlangan. Biroq,
bozor munosabatlari qaror topayotgan bir sharoitda tex nologiya bozorida yuzaga
keluvchi keskin raqobatga bardoshli, mutaxassislik fanlari asoslarini puxta
o‘zlashtirgan, yuqori kunikma hamda malakaga ega, muayayn vaziyatlarni to‘g‘ri
baholay oluvchi, shuningdek, ushbu vaziyatlarda muvaffaqiyatli harakatni tashkil
etish layoqatiga ega mutaxassislarni tay yorlash borasida hal etilishi zarur bo‘lgan
muammolar o‘zining tulaqonli echimiga ega bo‘la olgani yo‘q. Darhaqiqat,
bo‘lajak mutaxassisning chuqur bi lim va samarali faoliyat yurita olish mahoratiga
ega bo‘lishi ma’lum muta xassislik fani asoslari borasida unga etarli nazariy va
amaliy bilim larni berish hisobiga kechmaydi. SHu bois bulajak mutaxassisni
tayyorlash da o‘quv va mutaxassislik fanlarni o‘qitish jarayonida fanlararo
aloqador lik, nazariya va amaliyot birligi, nazariy bilim, shuningdek, amaliy kunik
ma va malakalarning dinamikasini inobatga olish, ta’lim jarayonida yangi
pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishga qaratilishi maqsadga
muvofiqdir.
Insonning jamiyatda tutgan o‘rnini belgilash muammosi sharq mutafak
kirlarining doimiy diqqat markazida bo‘lgan. Bu muammolarni hal qilish yo‘llari
insonning ma’naviy rivojlanishi to‘g‘risidagi tarixiy asarlarda, jumladan sharq
mutafakkirlari va ularning falsafiy me’rosida keng yoritilgan. SHarq mutafakkirlari
o‘zlarining ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi asarlarida barkamol insonni
shakllantirish masalasini baxtga erishish uchun sharoit yaratish g‘oyasi bilan
bog‘laganlar. Qomusiy olimlar insonning shakllanish jarayonini uning aqliy,
axloqiy, jismoniy va estetik rivojla nishi bilan o‘zaro bog‘liqlikda qaraganlar.
Mutaxassislarni bulajak kasbiy faoliyatga tayyorlashda umummutaxassis lik va
umumtexnologiya bilim va kunikmalar muhim ahamiyatga egadir. SHu sababli
K.K.Platonov, V.Txorjevskiy, U.Nishonaliev va boshqalarning tex nologiya psixo
logiyasi to‘g‘risidagi; A.I.Vorobev, S.Y.Batishev va boshqalar ning texnologiya va
kasb ta’limi didaktikasi hamda metodikasi borasidagi ilmiy izlanishlari diqqatga
sazovordir. 7 Nishonaliev U.N. Formirovanie lichnosti uchitelya trudovogo
obucheniya: problemi i perspektivi. – T.: FAN, 1995. – 85 b.
SHu paytgacha kunikma va malakalar muammosi pedagoglar, psixologlar, fizi
ologlar tomonidan, turli ilmiy guruhlar va ilmiy maktablar tomonidan tadqiq
qilinar edi. SHu sababli bu boradagi ilmiy ma’lumotlar ma’lum ma’noda tarqoq
holda yig‘ilgan. Lekin, tadqiq etilayotgan muammoning turli qirralarini hal
qilishning navbatdagi bosqichlarida ular faoliyatini umumlashtirish talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalarning umumtexnologiya bilim va
kunikma hamda malakalarini shakllantirishda mustaqil ta’limni samarali tashkil
etish ijobiy natijalar berishi mumkin.
YUqoridagi keltirilgan olimlar va tadqiqotchilarni kunikma va mala kalarga
berilgan ta’riflarini umumlashtirgan holda oldin kunikmaga sungra malaka va uquv
mahoratini mazmuniga tavsivnoma berishga harakat qilamiz.
Kunikma - insonni o‘zlashtirilgan bilimlari asosida hosil qilina digan etarli
darajada fikrlab, murakkab tizimli aqliy psixik va amaliy harakatlarni yangi
sharoitlarda samarali bajarish usullar majmuasiga asos langan faoliyat hisoblanadi.
O‘zlashtiriladigan bilimlar xosil qilinadi gan umum kasbiy va umumtexnologiya
kunikmalari uchun asos bo‘lib xizmat qi ladi. Kunikma dastlab amaldagi aqliy
nazorat ostida bajariladi. SHartli reflektor aloqalari mustaxkamlangach, ushbu
nazorat susayib boradi. SHunga kura aytish mumkinki, inson faoliyatidagi
kunikma ma’lum darajadagi aq liy nazorat ostida amalga oshiriladi. Bu esa
kunikmaning, o‘z navbatida psi xologik pedagogik moxiyatini anglatadi.
Individual xarakatlarida mashq lar natijasida shunday xolat yuzaga keladiki, bunda
xarakatning bajarili shida aqliy nazorat talab qilinmaydi, faoliyat avtomatik tarzda
bajarila di, natijada kunikma malakaga aylanadi28. Insondagi ilgaridan mavjud
bo‘lgan umumkasbiy bilim va kunikmalarga yangilarining qo‘shilishi nati jasida
murakkab kunikmalar shakllanadi. Masalan, avtomobilni boshqarish kunikmasi,
xususan mashina eshigini pedallarini bosish va bushatish, uzat malar sonini
almashtirish va uchirish, faralarini ulash, rul chambaragini boshqarish kabi kuplab
elementar kunikma va aloqalarni qo‘shilishi nati jasida takomillashadi. SHartli
reflektor aloqalarining mustaxkamlanib borishi bilan ba’zi kunikmalar tezkorlik
bilan malakalarga aylanib bo radi. 33
Kunikma tushunchasini sodda qilib, texnologiya ta’limi yunalishi buyi cha
tushuntirishda oldin keltirilgan bilimlarni tushuntirishda qaralgan dars
materiallaridan foydalanamiz.
Texnologiya ta’limi buyicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalar va oliy
ta’limning texnologiya ta’lim yunalishida va magistrlar texnolo giya ta’limi dars
mashg‘ulotlarida mahsulot va materiallarga ishlov berib mahsulot yaratish texno
logiyasi buyicha utilayotgan mavzuni dars materiali mazmuniga kura o‘z kunikma
larini hosil qilishadi. Urganuvchilarni dars mashg‘uloti mobaynida mavzuga oid
mahsulot yoki materiallarni ishlatish sohalariga muvofiq farqlash, taqqoslash, ish
latish joyiga nisbatan muvo fiqini tanlash, shu mahsulot va materiallarga ishlov
beradigan moslama va jihoz hamda mashinalarni vazifasi, tuzilishi,ishlatilish tamo
illariga kura farqlash, taqqoslash, ularni ishlov berish mohiyatiga kura muvofiqini
tanlash, qaralayotgan mahsulot yoki materiallarga shu moslama va jihoz ham da
mashinalar orqali ishlov berishning texnologik usullarini turlari, od diy yoki mura
kabligi, ishlov berish ususlarni afzalligi va kamchiliklari, ishlov berish usullarini
muvofiqini tanlash buyicha urganuvchilarni yaku niy xulosaga kelishlari ularda
kunikmalarni hosil bo‘lishini anglatadi. Misol uchun, yog‘och, polimer, metal va
gazlamalarga ishlov berish jarayonidagi yog‘och, poli mer, metal va gazlama mate
riallarini olinishi, ishlatish soha lari, xossa va xususiyatlari buyicha farqlash, taq
qoslash, mahsulot tayyorlash uchun muvofiq mahsulot yoki material tanlash, bu
mate riallarga ishlov be rishda ishlatiladiganmoslama, jihozlar va mashinalarni
vazifasi, tuzi lishi, ishlatilishi buyicha farqlash, taqqoslash, yangi mahsulot tayyor
lashda ulardan eng muvofiqini tanlash, berilgan mahsulot yoki materiallarga shu
jihozlar bilan sovuqlayin, issiqlik bilan, mexa nik, kesib, qirqib, bosim ostida, qul
da yoki mashinalarda ishlov berishni texnologik usullarini farq lash, saralash, taq
qoslash, muvofiq usulini tanlash buyicha o‘rganuvchilari ning muvofiq qarorga va
natijaviy xulosa larga kelishi ularda mahsulot yaratish buyicha ortirgan amaliy
bilimlari ularning o‘zlarida hosil qili nadigan kunikmalar hisoblanadi. Boshqacha,
sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, o‘rganuvchini quliga o‘quv topshirig‘ida ama
liy ish bajarish uchun yog‘och, mix va bolg‘a berilgan. Berilgan yog‘ochni olini
shi va ishlatish sohasi, xossa va xususiyati buyicha farqlash, taqqoslash, saralash,
ishlatish uchun mu vofiqini olish, shuningdek bolg‘ani vazifasi, u qanday material
dan tayyor langani, ishlatish tamoillari asosida farqlash, taqqoslash, saralash, mix
ni qanday materialdan tayyorlangani va nima maq sadda ishlatilishi hamda qanday
ishlatilishi buyicha farqlash, saralash, taqqoslash orqali eng muvofiqi ni tanlash
buyicha tuplangan tajribalari asosida qabul qilgan natijaviy xulosalari ularda
hosil bulgan va shakl langan kunikmalari bo‘ladi.
Pedagogik ensiklopediyada ―malaka yuqori darajadagi harakat sifatida ta’rif
lanadi‖. Ushbu bosqichda harakatlar avtomatlashadi, aqliy boshqaruv bir daraja
kamayadi. Malaka amaliy faoliyatini shu qadar tez bajarilishi dirki, bunda harakat
o‘z-o‘zidan amalga oshirilayotgandek bo‘ladi.
Malakalar quyidagicha ta’riflanadi: «Malaka - yuqori o‘zlashtirilganlik daraja
siga ega bo‘lgan harakatlar majmuasidir; malaka - mashqlar natijasida mustah
kamlangan harakat usulidir,malaka bilim va kunikmalar zami nida shakllanadi.
Inson faoliyatining turli-tumanligi va u qo‘llaydigan umumkasbiy hamda
umumtexnologiya bilim va kunikmalarining xususiyatini xisobga olib, didaktikada
―kunikma‖ va ―malaka tushunchalari pedagogik, psixologik xamda ijtimoiy-
tarixiy ma’nolarda qullaniladi. Bu shunday izoxlanadiki, birinchidan, talaba
psixologik pedagogik ta’sir obekti hi soblanib, bu ta’sir natijasida egallangan
bilim, umumkasbiy hamda umum texnologiya bilim va kunikmalar ta’sirida
ijtimoiy axamiyatli malakalar shaxsning u yoki bu extiyojlarini qondirish uchun
xizmat qiladi27. Malaka ning psixologik asosi, bir tomondan, faoliyat maqsadida,
ikkinchi tomondan ushbu faoliyatining dastlabki xolat bilan o‘zaro aloqasida
ifodalanadi. Malakalar shakllanishida mashqlarni vaqt buyicha taqsimlash muhim
ahami yatga ega bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida uzluksiz bajariladigan mashqlar nati
jasi toliqish tufayli kutilgan samarani bera olmaydi. Demak, mashqlarni boshqa
turdagi ishlar va dam olish bilan almashtirib olib borish lozim. 35 Texnologiya
ta’limi buyicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalar va oliy ta’limning
texnologiya ta’lim yunalishida va magistrlarda texnolo giya ta’limi dars
mashg‘ulotlarida mahsulot va material larga ishlov berib mah sulot yaratish
texnologiyasi buyicha utilayotgan mav zuni dars materiali maz muniga kura o‘z
malakalari shakllanadi. Urganuv chilarni dars mashg‘u loti mobaynida mavzuga
oid mahsulot yoki materiallarga aniq ishlov bera digan moslama va jihoz hamda
mashinalar bilan ishlov berishining texno logik usullari orqali ishlov bera olishlari
ularda shakllangan malakalar hisoblanadi. Misol uchun, yog‘och, poli mer, metal
va gazlamalarga ishlov be rish jarayonidagi yog‘och, poli mer, metal va gazlama
materiallariga ishlov berishda ishlatiladiganmoslama, jihozlar va ma shinalar bilan
ishlov be rishningqaysidir bir usulida bajarish jarayonidagi bajarish harakatla rini
ravon va sifati buyicha ularda shakl langan malakalar hisoblanadi. Boshqacha,
sodda qilib tushuntiradigan bo‘l sak, o‘rganuvchini quliga o‘quv topshirig‘ida
amaliy ish bajarish uchun yog‘och, mix va bolg‘a berilgan. Beril gan yog‘ochga
bevosita mixni olib qoqish jara yonidagi harakatlarni aniq va ravon hamda sifatli
bajarilishi ularda shakllangan malakalar bo‘ladi.
Texnologiya ta’limi buyicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida talabalar va oliy
ta’limning texnologiya ta’lim yunalishida va magistrlar texnolo giya ta’limi dars
mashg‘ulotlarida mahsulot va materiallarga ishlov berib mah sulot yaratish texno
logiyasi buyicha utilayotgan mavzuni dars materiali maz muniga kura o‘z uquv
mahoratlariga ega bo‘ladilar. Urganuvchilarni dars mashg‘uloti mobaynida mav
zuga oid mahsulot yoki materiallarga aniq ishlov beradigan moslama va jihoz
hamda mashinalar bilan ishlov berishining tex nologik usullari orqali mahsulot
yaratish jarayonini tez-tez mashqlar asosi da qaytarilishi natijasida ularda o‘quv
mahoratlari tuplanib boradi. Ma’ lum bir vaqtdan keyin o‘rganuvchi mahsulot
yaratishning shu operatsiyasi bu yicha uquv mahoratiga ega bo‘ladi. Misol uchun,
yog‘och, polimer, metal va gaz lamalarga ishlov berish jarayonidagi yog‘och,
polimer, metal va gazlama mate riallariga ishlov berishda ishlatiladiganmoslama,
jihozlar va mashinalar bilan ishlov berishusullarida bajarish jarayonidagi harakat
larni mashq lar asosida kup marotaba qaytarilishi ularning uquv mahoratlariga ega
bo‘ lishiga olib keladi. Boshqacha, sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, o‘rganuv
chini quliga o‘quv topshirig‘ida amaliy ish bajarish uchun yog‘och, mix va bolg‘a
berilgan. Berilgan yog‘ochga bevosita mixni olib qoqish jarayonidagi hara
katlarni mashqlar asosida kup marotaba aniq va ravon hamda sifatli qayta rilishi,
bu jarayonda tuplangan tajribalarb ularda egalangan uquv mahora ti bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |