A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


 Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarida didaktik



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

3. Texnologiya ta’limi yunalishi buyicha mutaxassislik fanlarida didaktik 
tamoillarni kurinishi. 
O‘qitishning asosiy qoidalari tushunarlidan –tushunarsizga, yaqindan –uzoqqa, 
osondan –qiyinga, aniqdan –mavhumga, umumiydan - xususiyga, umum 
lashtirilgandan-yakkaga, xususiydan –umumiyga kabilardan iborat bo‘lishi 
mumkin. 
O‘qish va o‘qitish didaktik xatti-harakatlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchining 
darsga tayyorgarlik ko‘rishi, uni o‘tkazish va baholash faoliyati didaktik xatti-
harakatlarga kiradi. 
Bu faoliyatda kimlarni o‘qitish kerak?, o‘qitish orqali qanday maqsadlar ga 
erishish mumkin?, maqsadga erishish uchun nimani, qanday o‘qitish kerak?, 
nazariy va amaliy darslarda qaysi metodlarni qo‘llab, dars o‘tish kerak?, naza riy 
va amaliy darslarni qanday sharoitda o‘tkazish kerak?, o‘qishni qanday tashkil 


qilish kerak?, k uzlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun nati jalar qanday 
baholanadi? kabi savollarda o‘z ifodasini topishi mumkin. 
Dars berishning shakllari, uslublari turli-tuman. Maqsad, o‘tilayotgan dars har bir 
talabaning ongiga etib borsin.
O‘qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul bilan dars 
o‘tsam qo‘yilgan maqsadga erishaman deb o‘z oldiga savol qo‘yib, o‘ylab ko‘rsa, 
dars o‘tishning aynan mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin. 
Dars o‘tishning uslubini tanlash quyidagilarga bog‘liq: 
O‘qitilayotgan guruhning darsga tayyorgarlik darajasi. 
O‘rganiladigan predmet. 
Darsda o‘tiladigan mavzu. 
O‘tiladigan mavzuning mazmuni. 
Dars o‘tishda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnik vositalarning mavjudligi va 
boshqalar. 
Darsni qanday o‘tish borasida aniq bir qarorga kelishda, asosiy mo‘ljal olishda 
darsni nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega : 
• 
maqsadga erishish mo‘ljalga olinadigan bo‘lsa, dars jara- 
yonida qanday maqsadlarga erishish kerakligini aniq belgilab olini- 
shi lozim; 
• 
darsda qatnashadiganlar mo‘ljalga olinsa, talabalar guruhi kimlardan 
iboratliligiga e’tibor qaratiladi; 
o‘tiladigan mavzu, unga ajratilgan vaqt mo‘ljalga olinsa, qanday o‘quv 
materialini talabalar ongiga etkazish zarur va unga qancha vaqt ajratilganiga diqqat 
qaratiladi; 
o‘quv vositalari mo‘ljalga olinsa, qo‘limizda qanday o‘quv vositalari bor va 
ulardan qay darajada foydalanishimiz mumkinligini hisobga olinadi; 
talabalarning darsga faol yoki passiv qatnashuvi mo‘ljalga olinsa, qanday dars 
o‘tish uslublarini qo‘llash kerakligini tanlaymiz; 
darsni tashkil etish mo‘ljalga olinsa, qanday tashkiliy shart-sharoitlar mavjudligini 
hisobga olinadi; 


o‘zlashtirishni nazorat qilish mo‘ljalga olinsa, qanday tartibda talabalar bilimi 
nazorat qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga qaratiladi. 
O‘quv jarayonini tashkil qilish va uni boshqarish mashg‘ulotlarda qo‘yilayotgan 
maqsadga bog‘liq. O‘qituvchi darsda gaumumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv 
rejasi fanlar buyicha taqsimoti, o‘quv soatlari miqdori taqsimotini 
o‘rgatish,texnologiya ta’limi fanlaridan taqvimiy mavzuli reja tuzishni o‘rgatish, 
nazariy va amaliy dars reja konspektlarini tayyorlash, yuriqnomalarni utkazish 
tartibi, fanlararo bog‘liqlik grafigini ishlab chiqish, barcha turdagi o‘quv 
ustaxonalarida tayyorlanadigan buyumlar ruyxatini tuzishni o‘rgatishni maqsad 
qilib qo‘yyaptimi yoki uni tushunish, barcha turdagi darslarni tahlil qilish va 
hujjatlashtirishni amalga oshirishni yoki tatbiq qilishni o‘rganishi kerakmi?
Tushunarli bo‘lishi uchun umum o‘rta ta’lim maktab texnologiya ta’limini 
o‘qitilishiga ayrim mulohazalarni taqqoslab ko‘raylik: 
1. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limini sinfma-sinf 
o‘qitilish qanday tartibda olib borilishi kerak? 
A)Fizika o‘qitilishiga qadar texnologiya ta’limidan faqat qulda ishlov 
beradigan asbob, uskuna, moslama, jihozlar o‘rgatiladi;
B) 5-7 sinflarda umumtexnologiya va 8-10sinflarda boshlang‘ich tayanch 
ishlab chiqarish asoslari o‘rgatiladi; 
V) 5-8 sinflarda umumtexnologiya va 9-10sinflarda boshlang‘ich tayanch 
ishlabchiqarish asoslari o‘rgatiladi; 
G) 5-7 sinflarda mahsulot va materiallarga ishlov berish texnlogiya lari, 8-
10 sinflarda shu texnologiyalar asosida boshlang‘ich tayanch ishlabchiqarish 
asoslari o‘rgatiladi. 
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limini qaysi yunalishlar 
asosida o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi? 
a) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limiishlov berishga qaratilgan 
mahsulot va materiallar asosida, ya’ni yog‘ochlarga ishlov berish, polimer va 
metallarga ishlov berish, gazlamalarga ishlov berish texnologiyalari yunalishlari va 
pazandachilik hamda qishloq xujalik asoslari yunalishlari, jami beshta yunalish 
orqali o‘qitish; 
b) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi texnologiya va dizayn ( 
yog‘ochlarga, polimer va metallarga ishlov berish texnologiyalari o‘z ichiga oladi), 
servis xizmat kursatish(gazlamalarga ishlov berish texnologiyalari va 


pazandachilik asoslarini o‘z ichiga oladi), qishloq xujalik asoslari yunalishlari, kabi 
jami uchta yunalish orqali o‘qitish; 
V) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limini qishloq xujalik 
asoslari yunalishi haqli ravishda tayyorlangan biologiya va qish loq xujalik asoslari 
o‘qituvchilari utishiga etarlicha asos bo‘lganda(ammo hozirgidek asossiz 
bo‘lmasligi kerak) biologiya tarkibiga utkazilsa, unda texnologiya va dizayn ( 
yog‘ochlarga, polimer va metallarga ishlov berish texnologiyalari o‘z ichiga oladi) 
va servis xizmat kursatish(gazlamalarga ishlov berish texnologiyalari va 
pazandachilik asoslarini o‘z ichiga oladi), yunalishlari, jami ikkita yunalish orqali 
o‘qitish; 
G) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi texnologiya va dizayn ( 
yog‘ochlarga, polimer va metallarga ishlov berish texnologiyalari o‘z ichiga oladi), 
servis xizmat kursatish(gazlamalarga ishlov berish texnolo giyalari va 
pazandachilik asoslarini o‘z ichiga oladi), qishloq xujalik asoslari yunalishlari, 
jami uchta yunalish orqali qiz va o‘g‘il bolalarga bo‘lib o‘qitish; 
Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi mulohaza chuqur ilmiy uslubiy tahlil talab qilgani 
uchun murakkab, chunki birinchi mulohaza muvofiq holda sinflarga quyilgan 
o‘zlashtirish bilimni, axborotni yodga olishni talab qiladi. Ikkinchi mulohazaga 
javob berish uchun esa umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi majburiy fanlarni 
ahamiyatini, texnologiya ta’limi bilan biologiya fanlarini aloqasini turli variantlarni 
solishtirish kerak. Demak, ikkinchi mulohazada fikrlash darajasi avvalgi 
mulohazadagiga qaraganda boshqacha chuqurroq darajada bo‘lishi talab qilinadi. 
AQSH pedagogi Benjamin Blumta’lim maqsadlarini qat’iy belgilangan 
mezonlarini ishlab chiqqan. Undan o‘tiladigan darsning maqsadini rejalashtirishda, 
auditoriyada amaliy ish bajarish yoki nazorat ishi uchun savollar, test tayyorlashda 
foydalanish mumkin. «Taksonomiya» (yunoncha taxis — joylashish, tarkib, tartib 
va nomos — qonun) murakkab tuzilishga ega reallikni tasniflash va tizimga solish 
haqidagi nazariya bo‘lib u narsalarning tabiiy bog‘liqligi va xosiyatlariga ko‘ra 
ierarxik tarzda tavsiflash va tizimlashtirishni anglatadi.
B. Blumning fikricha, bilim olish darajasi ma’lum ierarxiya tarzida joylashib, har 
bir bosqich avvalgisiga qaraganda murakkab hamda avvalgi bosqichlarni ham o‘z 
ichiga oladi. YA’ni bilim har bir yangi pog‘onaga ko‘tarilar ekan, albatta, avvalgi 
bosqichni ham takrorlash lozim bo‘ladi. Ular quyidagilar: 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish