www.ziyouz.com
kutubxonasi
59
narsaga buyurib, yetti narsadan qaytardilar. Buyurganlari: 1) kasalni ziyorat qilish; 2)
janozada ishtirok etish; 3) aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deb javob
berish; 4) qasamni bajarish; 5) mazlumga yordam berish; 6) (taom yoki boshqa
narsaga) chaqiruvchiga javob berish; 7) salomni (tanigan va tanimaganlar orasida)
yoyish.
Qaytarganlari: 1) tilla uzuk taqmoq; 2) kumush idishda ichmoq; 3) tuya egarlariga
kimxob yoki ipakdan to‘shamoq; 4) ipak va kanop aralashtirilgan libosni kiymoq; 5)
ipakni kiymoq; 6) qalin ipakni kiymoq; 7) yupqa ipakni kiymoq». Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda avvalgi yetti narsa qatoriga «Yo‘qolgan narsani topganda
bildirish» jumlasi ham qo‘shilgan.
28-BOB
Musulmonlarning ayblarini yopish, uni zaruratsiz
yoyishdan qaytarish bayoni
Alloh taolo:
«Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan
kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir»,
deb aytgan
(Nur surasi, 19-oyat).
241/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror banda
boshqa bir bandaning aybini dunyoda berkitadigan bo‘lsa, Alloh taolo Qiyomat kunida
uning aybini berkitadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
242/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ummatimdan har
biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday emas. Mujohir
shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong ottiradi. Alloh esa
uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday qildim», deydi.
Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib qo‘ygan pardasini ochib
yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
243/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qachon bir cho‘ri
zino qilsa va zino qilganligi ravshan, sobit bo‘lsa, unga darra ursin. Lekin aybsitib
koyilmasin. Ikkinchi marta yana zino qilsa, unga darra ursin. Lekin aybsitib koyilmasin.
So‘ngra uchinchi marta yana zino qilsa, uni agar qildan to‘qilgan arqonga bo‘lsa ham,
sotib yuborsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
244/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ga aroq ichgan bir
kishi olib kelindi. Rasululloh (s.a.v.): «Buni uringlar», dedilar. Abu Hurayra aytadilar:
«Ba’zimiz qo‘l bilan, ba’zimiz kavush bilan va ba’zimiz kiyim bilan aroq ichgan kishini
urdik». Qachonki, bu kishi ketayotgan edi, qavmdan bo‘lgan bir kishi: «Alloh seni
sharmanda qilsin», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bunday deb aytmanglar. Bu
kishining zarari uchun shaytonga yordam bermanglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |