Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
57
«Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat
(rioya)
qilsa, bas, bu Parvardigori
nazdida o‘zi uchun yaxshidir»
(Haj surasi, 30-oyat);
«Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta
(bu hurmat)
dillarning
taqvodorligi sababli bo‘lur»
(Haj surasi, 32-oyat);
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting
(ya’ni, mudom kamtar-tavozu’li
bo‘ling)» (Hijr surasi, 88-oyat);
«Kimki biron jonni o‘ldirmagan va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan
odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot
ato etsa
(ya’ni, o‘ldirishdan bosh tortsa),
demak, go‘yo barcha odamlarga hayot
beribdi»
(Moida surasi, 32-oyat), deb aytgan.
223/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘min mo‘min uchun
xuddi imoratdagi bir-biriga suyanib mustahkam turgan (ustunlar)ga o‘xshaydi», deb
barmoqlarini bir-biriga kirgizdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
224/2. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kimki bizlarning
masjidlarimiz yoki bozorlarimizdan o‘tib
ketayotganida, u bilan birga (o‘qdonida) o‘q
bo‘lsa, uni mahkamlab ushlasin yoki (qilich, xanjar) tig‘ini kafti ila ushlab yursin. Zero, u
sababidan musulmonlardan birortasiga ozor yetmasin», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
225/3. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Mo‘minlarning bir-birlariga bo‘lgan do‘stliklari, rahmli bo‘lishlari va mehribonliklari
xuddi jasadga o‘xshaydi. Agar undan biror a’zo og‘risa, jasadning boshqa (a’zolari)
bedor bo‘lib, isitmaga mubtalo bo‘ladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
226/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Hasan ibn Alini
o‘pdilar. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida shu payt Aqro’ ibn Hobis bor edi. Shunda Aqro’:
«Mening o‘nta
farzandim bor-u, ulardan birortasini o‘pmayman», dedi. Rasululloh
(s.a.v.) unga qarata: «Kim rahm qilmasa, unga nisbatan ham rahm qilinmaydi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
227/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. A’robiylardan bir necha kishi Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga kelib: «Sizlar yosh go‘daklaringizni o‘pasizlarmi?» deyishganida, Rasululloh
(s.a.v.)
«Ha», dedilar. A’robiylar: «Lekin Allohga qasamki, biz ularni o‘pmaymiz»,
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh qalblaringizdan
rahmatni tortib olsa, men
o‘rniga solib qo‘ya olarmidim?!», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
228/6. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kimki
insonlarga rahm qilmasa, Alloh ham unga rahm qilmaydi», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
229/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Agar sizlardan
biringiz kishilarga imom bo‘lib namoz o‘qib bersa, yengil qilsin.
Chunki ularning orasida
zaiflar, bemorlar va keksa yoshdagilar bordir. Agar o‘zi uchun (tanho) o‘qisa,
xohlaganicha uzun qilaversin», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda «Ularning ichida hojatmandlari bordir» bo‘lib kelgan.
230/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) ba’zi amallarni bajarishni
yaxshi ko‘rsalar ham, uni tark qilardilar. Chunki xalq o‘sha narsaga amal qila boshlasa,
ularga farz bo‘lib qolishidan xavf qilardilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
231/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga rahm qilib,
ro‘zani bir-biriga bog‘lashdan (ya’ni, ikki ro‘zaning o‘rtasida iftorlik qilmaslikdan) man
qildilar. Shunda sahobalar: «Ey
Allohning rasuli, siz bog‘laysiz-ku?» deyishganida,
Rasululloh (s.a.v.)
«Men ko‘rinishda sizlar kabi emasman. Yotganimda Rabbim meni
ovqat hamda ichimlik bilan ta’minlaydi» (ya’ni, yegan va ichganning quvvatini menda
hosil qiladi), dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.