www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
33-BOB
Yetimlar, qizlar, boshqa zaif, bechora, qalbi siniq
kishilarga yaxshilik, shafqat qilish hamda
tavozu’li va kamtar bo‘lish haqida
Alloh taolo aytadi:
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting
(ya’ni, mudom kamtar-tavozu’li
bo‘ling!)» (Hijr surasi, 88-oyat);
«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab, Unga
iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini
ko‘zlab, ulardan o‘tib
(o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)» (Kahf surasi, 28-oyat);
«Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni esa
(biron narsa
bermasdan)
haydamang!»
(Zuho surasi, 9-10-oyatlar);
«Dinni
(oxiratdagi jazoni)
yolg‘on deydigan kimsani(ng
qanday kimsa ekanligini)
ko‘rdingizmi-bildingizmi? Bas, bu yetim-esirni
(qo‘pollik bilan)
haydab soladigan
va
(kishilarni)
miskin-bechoraga taom berishga targ‘ib qilmaydigan kimsadir»
(Mo’uvn surasi, 1-3-oyatlar).
261/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz olti nafar kishi Rasululloh
(s.a.v.) huzurlarida edik. Mushriklar Rasululloh (s.a.v.)ga: «Hu anavi (bechorahol)
kishilarni haydang. Ular bizning (majlislarimizda qatnashishga) botina olishmasin»,
deyishdi. O’sha bechorahol kishilar men, Ibn Mas’ud, Huzayl qabilasidan bir kishi, Bilol
va yana ikki kishi edik. Bu ikki kishining ismini keltira olmayman. Rasululloh (s.a.v.)
dillariga Alloh taolo xohlagan bir xayol keldi. U xayolni o‘zlariga gapirib ko‘rdilar. Va
Alloh taolo
«Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan
zotlarni
(huzuringizdan)
haydamang»
(An’om surasi, 52-oyat) oyatini nozil qildi».
Imom Muslim rivoyatlari.
262/2. Abu Hubayra Oiz ibn Amr al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot
«Rizvon» bay’atida ishtirok etgan sahobalardan edilar.) Bir kuni Abu Sufyon (hali
Islomga kirmasidan oldin) Salmon, Suhayb, Bilol va bir necha boshqa sahobalar
huzurlariga kelganida, ular: «Allohning qilichi Alloh dushmani gardanidan olmadi-da»,
deyishdi. Abu Bakr (r.a.): «Bu so‘zni Qurayshning shayxi va sayyidiga nisbatan
ishlatyapsizlarmi?» deb, so‘ngra Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib buning xabarini
berganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Bakr, ularni g‘azablantirgan bo‘lishing
mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Rabbingni g‘azablantirgansan», dedilar. Abu Bakr (r.a.)
ularning huzurlariga borib: «Ey birodarlar, sizlarni g‘azablantirdimmi?» deganlarida,
sahobalar: «Yo‘q! Ey birodar, Alloh seni mag‘firat qilsin», deyishdi. Imom Muslim
rivoyatlari.
263/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men yetimni o‘z
qaramog‘iga olgan kishi bilan - ikkovimiz jannatda mana shunday bo‘lamiz», deb ishora
va o‘rta barmoqlarining orasini ochib ko‘rsatdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
264/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xoh o‘ziga
qarashli, xoh begona yetimni o‘z qaramog‘iga olgan kishi bilan ikkovimiz jannatda birga
bo‘lamiz», dedilar. Mana shu hadis roviylaridan biri Molik ibn Anas ishora va o‘rta
barmoqlarini ko‘rsatdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
265/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar bitta-ikkita
xurmo, bir-ikki luqma taom bersangiz, o‘sha bilan kifoyalanuvchi kishi miskin emas,
kambag‘al bo‘lishiga qaramasdan tilanchilik qilishdan o‘zini tiygan odam haqiqiy miskin»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |