Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
«Ular
(ayollar)
bilan tinch-totuv yashanglar»
(Niso surasi, 19-oyat);
«Har qancha urinsangizlar ham, xotinlaringiz o‘rtasida adolat qilishga qodir
bo‘lmaysizlar. Bas, butunlay
(suygan xotinlaringiz tomonga)
og‘ib ketib
(ko‘ngilsiz
bo‘lib qolgan)
xotiningizni muallaqa kabi tashlab qo‘ymangiz!»
(Muallaqa -eri
biron-bir sabab bilan bedarak ketgan ayoldir.) (Niso surasi, 129-oyat).
274/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xotinlarga yaxshi
muomalada bo‘linglar, deb aytgan vasiyatimni qabul qilinglar. Chunki ayol qovurg‘adan
xalq qilingandir. Qovurg‘aning eng qiyshiq joyi yuqorisidir. Agar sen uni to‘g‘rilayman,
desang, sindirib qo‘yasan. Agar shunday qoldirsang, egri bo‘yicha qoladi. Shunday ekan,
xotinlar haqidagi vasiyatimni qabul qilinglar», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Ikki imomning boshqa rivoyatlarida: «Ayol qovurg‘aga o‘xshaydi. Uni to‘g‘rilayman,
desang, sindirib qo‘yasan. Agar foydalanmoqchi bo‘lsang, qiyshiq holidagina foydalana
olasan», deyilgan.
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Albatta ayol qovurg‘adan yaratilgandir. Sen
binoyidek to‘g‘rilay olmaysan. Agar foydalanmoqchi bo‘lsang, qiyshiq holidagina
foydalana olasan. Agar to‘g‘rilayman, desang, sindirib qo‘yasan. Uni sindirish talog‘ini
berishlikdir», deyilgan.
275/2. Abdulloh ibn Zam’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xutba
o‘qidilar. U xutbada (Samud qabilasi) so‘ygan tuyani zikr qilib: «Eslang,
ularning eng
badbaxtlari (tuyani so‘yish uchun) qo‘zg‘olganlarida...» oyatini o‘qib: «Qo‘zg‘olish uchun
qavmdan kuch-qudratli buzg‘unchi bir kishi chiqdi», dedilar. Keyin ayollarni zikr qilib,
ular haqida quyidagicha va’z qildilar: «Sizlardan biringiz xotinini xuddi xizmatkorini
urgandek uradi-da, o‘sha kechasi yana u bilan birga yotadi-ya».
Keyin orqasidan yel
chiqqanda kuluvchilar haqida va’z qilib: «Nima uchun o‘zi ham qiladigan narsada (birov
ustidan) kuladi?» dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
276/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Mo‘min kishi
mo‘mina ayoldan nafrat qilmasin. Agar bir xulqini yomon ko‘rib qolsa, boshqa bir
xulqidan mamnun bo‘lib qolar», dedilar yoki bundan boshqaroq bir so‘z aytdilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
277/4. Amr ibn Ahvas al-Jushamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
vidolashuv hajida Allohga hamdu sano aytganlaridan keyin odamlarga quyidagicha va’z
va nasihat qildilar: «Ogoh bo‘linglar, ayollar haqidagi vasiyatimga amal qilib,
ularga
yaxshi muomalada bo‘linglar. Albatta, ayollar sizlarning asirlaringizdir. Bundan boshqa
narsaga ega emassiz. Faqatgina ochiq-oydin fohishalik qilishsagina, bunday emas. Agar
itoatsizlik qilishsa, yotoqni tark eting. (Ya’ni, ular bilan bir joyda yotmang.
Shunda ham
sizlarga bo‘ysunmasalar) og‘ritmaydigan qilib uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar,
ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Ogoh bo‘linglar, sizlarning ayollar zimmasida
haqlaringiz bor. Va ayollaringizning sizlarning zimmangizda haqlari bor. Sizlarning ular
zimmasidagi haqlaringiz yotadigan yeringizga sizlar yomon ko‘rgan
kishining qadamini
yetkazmaslik va yomon ko‘rgan kishingizni uyingizga kirishiga izn bermasligidir. Ogoh
bo‘ling, ayollarning sizlar zimmangizdagi haqlari yaxshi libos va yaxshi taom bilan
ta’minlamoqligingizdir».
Imom Termiziy rivoyatlari.
278/5. Muoviya ibn Haydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli,
bizlarning zimmamizdagi xotinlarimizning haqlari nima?» desam, u zot (s.a.v.)
«O’zing
ovqatlanganda unga ham yedirmog‘ing, o‘zing libos kiyganingda uni ham
kiyintirmoqliging
va yuziga urmasliging, Alloh seni qabih etsin, deb so‘kmasliging hamda
uyingdan tashqari joyda arazlashmasliging», dedilar».
Abu Dovud rivoyatlari.
279/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Mo‘minlarning imon