Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
34-BOB
Ayollar haqidagi vasiyat 
Alloh taolo shunday degan: 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
66
«Ular 
(ayollar) 
bilan tinch-totuv yashanglar» 
(Niso surasi, 19-oyat); 
«Har qancha urinsangizlar ham, xotinlaringiz o‘rtasida adolat qilishga qodir 
bo‘lmaysizlar. Bas, butunlay 
(suygan xotinlaringiz tomonga) 
og‘ib ketib 
(ko‘ngilsiz 
bo‘lib qolgan) 
xotiningizni muallaqa kabi tashlab qo‘ymangiz!» 
(Muallaqa -eri 
biron-bir sabab bilan bedarak ketgan ayoldir.) (Niso surasi, 129-oyat). 
274/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xotinlarga yaxshi 
muomalada bo‘linglar, deb aytgan vasiyatimni qabul qilinglar. Chunki ayol qovurg‘adan 
xalq qilingandir. Qovurg‘aning eng qiyshiq joyi yuqorisidir. Agar sen uni to‘g‘rilayman, 
desang, sindirib qo‘yasan. Agar shunday qoldirsang, egri bo‘yicha qoladi. Shunday ekan, 
xotinlar haqidagi vasiyatimni qabul qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Ikki imomning boshqa rivoyatlarida: «Ayol qovurg‘aga o‘xshaydi. Uni to‘g‘rilayman, 
desang, sindirib qo‘yasan. Agar foydalanmoqchi bo‘lsang, qiyshiq holidagina foydalana 
olasan», deyilgan. 
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Albatta ayol qovurg‘adan yaratilgandir. Sen 
binoyidek to‘g‘rilay olmaysan. Agar foydalanmoqchi bo‘lsang, qiyshiq holidagina 
foydalana olasan. Agar to‘g‘rilayman, desang, sindirib qo‘yasan. Uni sindirish talog‘ini 
berishlikdir», deyilgan. 
275/2. Abdulloh ibn Zam’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xutba 
o‘qidilar. U xutbada (Samud qabilasi) so‘ygan tuyani zikr qilib: «Eslang, ularning eng 
badbaxtlari (tuyani so‘yish uchun) qo‘zg‘olganlarida...» oyatini o‘qib: «Qo‘zg‘olish uchun 
qavmdan kuch-qudratli buzg‘unchi bir kishi chiqdi», dedilar. Keyin ayollarni zikr qilib, 
ular haqida quyidagicha va’z qildilar: «Sizlardan biringiz xotinini xuddi xizmatkorini 
urgandek uradi-da, o‘sha kechasi yana u bilan birga yotadi-ya». Keyin orqasidan yel 
chiqqanda kuluvchilar haqida va’z qilib: «Nima uchun o‘zi ham qiladigan narsada (birov 
ustidan) kuladi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
276/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘min kishi 
mo‘mina ayoldan nafrat qilmasin. Agar bir xulqini yomon ko‘rib qolsa, boshqa bir 
xulqidan mamnun bo‘lib qolar», dedilar yoki bundan boshqaroq bir so‘z aytdilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
277/4. Amr ibn Ahvas al-Jushamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
vidolashuv hajida Allohga hamdu sano aytganlaridan keyin odamlarga quyidagicha va’z 
va nasihat qildilar: «Ogoh bo‘linglar, ayollar haqidagi vasiyatimga amal qilib, ularga 
yaxshi muomalada bo‘linglar. Albatta, ayollar sizlarning asirlaringizdir. Bundan boshqa 
narsaga ega emassiz. Faqatgina ochiq-oydin fohishalik qilishsagina, bunday emas. Agar 
itoatsizlik qilishsa, yotoqni tark eting. (Ya’ni, ular bilan bir joyda yotmang. Shunda ham 
sizlarga bo‘ysunmasalar) og‘ritmaydigan qilib uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, 
ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Ogoh bo‘linglar, sizlarning ayollar zimmasida 
haqlaringiz bor. Va ayollaringizning sizlarning zimmangizda haqlari bor. Sizlarning ular 
zimmasidagi haqlaringiz yotadigan yeringizga sizlar yomon ko‘rgan kishining qadamini 
yetkazmaslik va yomon ko‘rgan kishingizni uyingizga kirishiga izn bermasligidir. Ogoh 
bo‘ling, ayollarning sizlar zimmangizdagi haqlari yaxshi libos va yaxshi taom bilan 
ta’minlamoqligingizdir». Imom Termiziy rivoyatlari. 
278/5. Muoviya ibn Haydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, 
bizlarning zimmamizdagi xotinlarimizning haqlari nima?» desam, u zot (s.a.v.) «O’zing 
ovqatlanganda unga ham yedirmog‘ing, o‘zing libos kiyganingda uni ham 
kiyintirmoqliging va yuziga urmasliging, Alloh seni qabih etsin, deb so‘kmasliging hamda 
uyingdan tashqari joyda arazlashmasliging», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari. 
279/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mo‘minlarning imon 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish