Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini
ko‘zlab, ulardan o‘tib
(o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)», deb aytgan (Kahf surasi, 28-
oyat).
253/1. Horisa ibn Vahbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlarga ahli
jannat kimlar ekanligini aytaymi? Ular har bir zaif va odamlar
nazariga ilmaydigan
bechorahol kishilardir. Agar bu zaif kishi Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, qasamining
ustidan chiqadi. Ogoh bo‘linglar! Sizlarga ahli do‘zax kimlar ekanini aytaymi? Ular qo‘pol,
dag‘al, gerdayib yuruvchi mutakabbirlardir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
254/2. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Bir kishi
Rasululloh (s.a.v.) oldilaridan o‘tib ketdi. Rasululloh (s.a.v.) yonlarida o‘tirgan boshqa bir
kishiga: «O’tib ketgan shaxs haqida qanday fikrdasan?» deganlarida, u kishi: «Bu
odamlarning oliy tabaqalisidir. Agar mana shu kishi sovchi bo‘lsa, qizingizni
uzatmoqlikka haqlidir. Agar vositachi bo‘lsa, shafe’ bo‘lishga haqlidir», dedi.
Rasululloh
(s.a.v.) jim turdilar. So‘ngra oldilaridan boshqa bir kishi o‘tdi. Rasululloh (s.a.v.)
yonlaridagi kishiga: «Bu haqda nima deysan?» dedilar. U kishi: «Bu o‘tib ketgan kishi
musulmonlarning kambag‘alidir. Agar sovchi bo‘lsa, qizni uzatmaslikka, vositachi bo‘lsa,
shafe’ bo‘lmaslikka va agar gapirsa, so‘zini eshitmaslikka haqlidir», dedi.
Shunda
Rasululloh (s.a.v.)
«Bu kambag‘alning bitta o‘zi yer yuzini to‘ldiruvchi oliy tabaqali
kishilardan yaxshidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
255/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Jannat va
do‘zax martaba talashib xusumatlashishdi. Do‘zax: «Menda zolimlar, mutakabbirlar
bo‘ladi», dedi. Jannat: «Menda zaif va miskinlar bo‘ladi», dedi. Alloh
taolo ularning
o‘rtasida hukm qildi va: «Ey jannat, sen Mening rahmatimdirsan. Men xohlagan
bandamga sen bilan rahmat qilaman (ya’ni, senga uni kirgizaman). Ey do‘zax, sen
Mening azobimdirsan. Men xohlagan bandamga sen bilan azob beraman (ya’ni, senga
uni kirgizaman). Ikkovlaringizni to‘ldirish Mening zimmamdadir», dedi», dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
256/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Qiyomat kuni jismi
katta va semiz kishilar kelishadi. Ularning Alloh huzurida
pashsha qanoticha ham
vaznlari bo‘lmaydi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
257/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qora ayol (yoki yosh yigit) masjidni
supurib yurar edi. U ko‘rinmay qoldi. Rasululloh (s.a.v.) u haqda sahobalardan
so‘raganlarida, ular: «O’ldi», deb aytishdi. Rasululloh (s.a.v.)
«Menga bu haqda
bildirmadinglarmi?» dedilar. Sahobalar uning ishini yengil sanab xabar berishmagan edi.
Rasululloh (s.a.v.)
«Meni uning qabriga olib boringlar», deb aytdilar.
Sahobalar u zotni
o‘sha ayol (yoki yigit) qabriga olib borishdi. Rasululloh (s.a.v.) unga namoz o‘qidilar.
So‘ngra: «Albatta bu qabrlar ahlini zulmat qoplagandir. Alloh taolo mening duoim ila
ularni nurlantirib turadi», deb aytdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
258/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Bir qancha sochi
to‘zigan, chang bosgan va eshiklardan quvilgan kishilar borki,
agar ular Alloh nomiga
qasam ichib bir narsani bo‘lsin yoki bo‘lmasin, desa, Alloh uni ro‘yobga chiqaradi»,
dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
259/7. Usomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Jannat eshigi oldida
turdim. U yerga kirayotganlarning ko‘pi bechoralar ekan. Lekin davlatmandlar
(bechoralardan keyin kirsin, deb) to‘xtatib qo‘yilibdi. Do‘zaxiylar do‘zaxga kirsin, deb
buyurildi. Men do‘zax eshigi oldida turib ko‘rdimki, do‘zaxga
kiruvchilarning aksari
ayollar ekan», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
260/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Beshikda turib