www.ziyouz.com
kutubxonasi
68
bo‘lar edim», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
287/6. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir xotin
vafot etsa va eri undan rozi bo‘lsa, o‘sha xotin jannatga kiradi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
288/7. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Dunyo hayotida
biror xotin eriga ozor beradigan bo‘lsa, (jannatdagi) hurlar: «Alloh halok qilgur, bu
kishiga ozor berma! Sening huzuringda u vaqtinchalik mehmon, xolos. Tez fursatda
sendan judo bo‘lib, bizning huzurimizga keladi», deyishadi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
289/8. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’zimdan keyin
kishilarga ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
36-BOB
Ahli ayoliga qilinadigan nafaqa haqida
Alloh taolo quyidagilarni aytadi:
«Ularni
(ya’ni, onalarni)
yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning
zimmasidadir»
(Baqara surasi, 233-oyat);
«Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan
(ya’ni, boyligiga yarashadigan)
nafaqa
bersin. Kimning rizqi tang qilingan
(kambag‘al)
bo‘lsa, u holda Alloh o‘ziga ato
etgan narsadan
(ya’ni, o‘z holiga yarasha)
nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O’zi
unga ato etgan
(rizq-ro‘z)dan
boshqa narsaga taklif qilmas,
(ya’ni, har bir inson
faqat Alloh o‘ziga ato etgan rizqdan infoq qilishga taklif qilinur)» (Taloq surasi, 7-oyat);
«Ne bir narsani infoq-ehson qilsangiz, bas,
(Alloh)
uning o‘rnini to‘ldirur»
(Saba’ surasi, 39-oyat).
290/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir dinor Alloh
yo‘lida infoq qilding. Bir dinor qul ozod qilish uchun infoq qilding. Bir dinor miskinga
infoq qilding. Va bir dinor o‘z ahlingga infoq qilding. Bularning ichida eng savobi ulug‘i
o‘z ahlingga infoq qilganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
291/2. Rasululloh (s.a.v.)ning ozod qilgan qullari Abu Abdulloh Savbon Bujduddan
(r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’z ahli ayoliga infoq qilingan dinor, Alloh
yo‘lidagi ulovini boqish uchun infoq qilingan dinor, Alloh yo‘lidagi do‘stlariga infoq
qilingan dinor - dinorlarning afzalidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
292/3. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, avvalgi
erim Abu Salamadan bo‘lgan bolalarimga molimdan infoq qilsam, savob bo‘ladimi? Ularni
unday yoki bunday (qarovsiz) qoldirmayman. Chunki ular ham bolalarim-ku», desam, u
zot (s.a.v.) «Ha, ularga qilgan infoqingda ham ajr bordir», dedilar». Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
293/4. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Kitobimizning avvalidagi niyat
bobida keltirilgan uzun hadisda zikr qilinishicha), Rasululloh (s.a.v.) «Biror narsani infoq
qilib Allohning roziligini talab qilsang, savobga erishasan. Hattoki, xotiningning og‘ziga
solgan luqmangga ham savob olasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
294/5. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi
Allohning roziligi uchun ahli ayoliga biror narsani infoq qilsa, o‘sha narsasi u uchun
sadaqa bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
295/6. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’z
qaramog‘idagi kishini qarovsiz qoldirmog‘i gunohkor ekanligiga kifoya qiladi», dedilar.
Abu Dovud rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |