www.ziyouz.com
kutubxonasi
65
Bularning boshqa rivoyatlarida: «Odamlarning atrofida tilanib, bir-ikki luqma, bitta-
ikkita xurmo bilan kifoyalanuvchi kishi miskin emas. Lekin haqiqiy miskin hojatiga
kerakli narsani topa olmaydi. Sadaqa beray, deyilsa, uning holati bilinmaydi. Va
odamlardan tilanib yurmaydi», deyilgan.
266/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Beva va miskin
ahvolidan xabar olib yordamlashuvchi kishi Alloh yo‘lidagi mujohidga o‘xshaydi.
Namozda qoim va ro‘zada doim bo‘lgan kishiga o‘xshash, deb hisoblayman», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
267/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Taomlarning
yomoni bir to‘yning taomiki, unga o‘zi kelgan kishi kirgizilmaydi va xohlamagan kishi
taklif qilinadi. Kimki taomga chaqirilsa-yu unga ijobat qilmasa, Alloh va rasuliga osiy
bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Ikki «Sahih» kitobidagi Abu Hurayradan (r.a.) qilingan boshqa rivoyatda:
«Taomlarning yomoni bir to‘y taomiki, unga boylar taklif qilinib, kambag‘allar tark
qilinadi», deyilgan.
268/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki ikki qizni turmushga
chiqqunlaricha voyaga yetkazib tarbiyalasa, Qiyomat kuni men va u mana bu ikkisiga
o‘xshab keladi», deb barmoqlarini bir-biriga qo‘shib ko‘rsatdilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
269/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni mening huzurimga ikkita qizini
(etaklab) bir ayol tilanchilik qilib kirib keldi. Mening huzurimda bitta xurmodan tashqari
boshqa narsa yo‘q edi. Men xurmoni bersam, bu ayol uni ikkiga ajratdi-da, ikki qiziga
berib, o‘zi u xurmodan yemadi. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) kirganlarida bu haqda
xabar bersam, u zot: «Kimki mana shu kabi qiz farzand bilan imtihon qilinsa (sinalsa), u
qiz farzandlarini chiroyli parvarish etsa, uning uchun jahannamdan parda bo‘ladi»,
dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
270/10. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Mening huzurimga ikki qizini (etaklab) bir
miskin ayol keldi. Men u miskin ayolga uchta xurmo berdim. U esa ikki qiziga bittadan
berib, o‘zi bittasini yeyish uchun endi og‘ziga olib boruvdi, haligi ikki qiz yana bering,
deb so‘rab qolishdi. Ayol o‘zi yeyishni xohlab turgan xurmoni ikkiga bo‘lib, ularga berdi.
Bu ishi meni hayron qoldirib, uni Rasulullohga aytsam, u zot S: «Albatta Alloh taolo
unga jannatni vojib qilib, do‘zaxdan xalos etibdi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
271/11. Abu Shurayh Xuvaylid ibn Amr al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.): «Ikki zaifni, ya’ni yetim va ayolning haqqini zoe qilishingizdan
ogohlantiraman», dedilar. Imom Nasaiy yaxshi isnod ila rivoyat qilganlar.
272/12. Mus’ab ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sa’d (r.a.) boshqa
sahobalardan darajada baland bo‘lsam kerak, deb xayol qilganlarida, Rasululloh (s.a.v.):
«Sizlarga kelib turgan yordam va yetib turgan rizqlar zaif birodarlaringiz tufaylidir»,
dedilar. Imom Buxoriy mursal holda rivoyat qilganlar.
Chunki Mus’ab ibn Sa’d tobe’inlardan edi. Lekin Hofiz Abu Bakr Barqoniy «Sahih»larida
bu sanadni Mus’abga yetkazganlar.
273/13. Abu Dardo Uvaymirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Meni
zaiflaringiz ichidan axtaringlar. Chunki zaiflaringiz tufayli g‘alaba qozonib
rizqlanursizlar», dedilar. Abu Dovud yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |