I daraja:
tashqi ko‗rsatma ta‘siridagi harakat. Bu faoliyat
tanishuv
darajasi deb nomlangan. Tanishuv darajasida o‗quvchining bilim olish, eslash
qobiliyati oldindan o‗zlashtirilgan materiallar matni bilan qayta tanishish asosida
amalga oshishini tavsiflaydi ya‘ni o‗quvchida o‗ziga tanish materiallarni faqat
ma‘lum vaziyatlarda, ya‘ni bu materiallar oldida turgan taqdirda eslash imkoni
bo‗ladi. O‗zlashtirishning birinchi darajasi obektlar, hodisalar, jarayonlar
to‗g‗risida umumiy tasavvur hosil qilish bilan chegaralanadi va ularni
o‗quvchichining bilib olishi noma‘lum obektlar qatorida kechadi.
II daraja:
xotira asosidagi harakat. Bu faoliyatning
algoritm
darajasi deb
nomlanadi. Algoritm darajasida o‗quvchining qobiliyati materiallarni yoki uning
alohida qismlarini tashqi ko‗rsatmasiz mustaqil ravishda qayta tiklay olishi bilan
tavsiflanadi. Bu o‗quvchilar o‗zlashtirish darajasining birmuncha yuqori pog‗onasi
bo‗lib, o‗quvchilar o‗z xotirasiga tayangan holda o‗qituvchi (pedagog) o‗rgatgan
yoki adabiyotlardagi mavjud materiallarni ma‘lum algoritm bo‗yicha tushuntirib
bera oladi.
III daraja:
nostandart vaziyatlardagi mahsuldor harakat. Bu faoliyatning
evristik
darajasi deb nomlanadi. Evristik darajada o‗quvchining aniq masalalarni
yechish qobiliyati o‗rganilayotgan mavzu bo‗yicha materiallarni tanish va notanish
vaziyatlarda mustaqil qayta tiklash evaziga yangi axborotlarni qo‗lga kiritishi bilan
xarakterlanadi. Bilimlarni ko‗chirish ma‘lum masalalar sinfi bilan chegaralangan
va butun bir o‗quv predmeti bo‗yicha tarqalmagan bo‗ladi.
IV daraja:
faoliyatning yangi qirralarini tadqiq qiluvchi mahsuldor
harakat. Bu faoliyatning
ijodiy
darajasi deb nomlanadi. Ijodiy darajada
o‗quvchining materiallarni mustaqil o‗rganish va qayta ishlash qobiliyati mavjud
axborotlarni yangi vaziyatlarda keng doiradagi masalalar yechimiga ko‗chirish
15
Sayidaxmedov N. Pedagogik amaliyotda fan texnologiyalarni qо‗llash namunalari. – Toshkent: RTM, 2000. – 46
b.
56
bilan tavsiflanadi. Faoliyatning bu darajasi izlanuvchanlik, ijodkorlik xarakteriga
ega bo‗lib, turli vaziyatlarda o‗zlashtirilgan keng doiradagi bilimlarni qator
obektlarda qo‗llash bilan amalga oshiriladi.
Umuman olganda, bilim va ko‗nikmalarni o‗zlashtirish sifati bo‗yicha
mehnat
ta‘limining
optimallashtirilgan
mazmuni
maqsadlarining
tashxislanuvchanligi o‗zlashtirishning zaruriy darajalarini aniqlashtirishni talab
etar ekan. Demak, birinchi navbatda, o‗quvchilarning bo‗lajak faoliyatiga va kasb
egallashiga qo‗yilgan talablari e‘tiborga olinadi.
O‗qitish jarayonida umumiy o‗rta, o‗rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‘lim
muassasalari oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirish, ta‘lim
tizimini isloh qilishning asosiy yo‗nalishlari va tamoyillari, talablarini hisobga
olgan holda o‗qitish qonuniyatlari va prinsiplari aniqlandi, o‗qitish samaradorligini
oshirish maqsadida o‗quv-tarbiya ishlari jarayonida zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning ilmiy-metodik asoslari ishlab
chiqiladi.
Mehnat ta‘limining optimallashtirilganlashtirilgan mazmunini tanlash
asosida o‗quvchilarni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali,
raqobatbardosh kadrlar qilib ta‘lim berish va tarbiyalash maqsadida quyidagilarga
e‘tibor qaratildi:
1.
O‗quv-tarbiya
jarayoni
va
pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish
va
demokratizatsiyalash,
hamkorlik
pedagogikasiga
asoslanish.
2.
O‗quv-tarbiya jarayonida didaktik o‗yin, muammoli, modulli ta‘lim,
loyihalash va hamkorlikda o‗qitish texnologiyalaridan foydalanish orqali
o‗quvchilarning yakka tartibda va kichik guruhlarda mustaqil va ijodiy ishlarini
tashkil etib, ularni o‗z o‗quv-bilish faoliyatining subektiga aylantirish.
3.
O‗quvchilarning mustaqil ishi va tahsilini rejali, bosqichma-bosqich,
evolyusion tarzda tashkil etish.
4.
O‗quvchilarning kasbiy faoliyatiga yo‗naltirishni ilmiy-metodik
jihatdan tayyorgarligini tahlil qilish, ularda bilim, ko‗nikmalar shakllanishini
57
hisobga olgan holda har bir o‗quvchiga o‗zini o‗zi rivojlantirishning individual ish
rejasini tavsiya etish.
5.
Ta‘lim jarayonini tashkil etish va boshqarish, o‗quvchilarda mustaqil
tahsil olish va mustaqil fikrlashni shakllantirishga imkon beradigan zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini ongli tanlash va amaliyotda qo‗llash
ko‗nikmalarini egallashiga erishish.
6.
O‗quvchilarning mustaqil ijodiy ishlarini o‗quv-tarbiya va ishlab
chiqarish jarayonining dolzarb muammolariga bag‗ishlash orqali izchil va
muntazam ravishda o‗z saviyasini oshirish va faol ijodiy ishlarini olib borishiga
zamin tayyorlash.
O‗quvchilarning
mustaqil
ijodiy
va
kasbiy
bilimlarni
egallash
tayyorgarligini takomillashtirishda ularning dunyoqarashi va nazariy va amaliy
tayyorgarligiga asos bo‗ladigan ijtimoiy-gumanitar va tabiy-ilmiy fanlarini
o‗qitishda kasbiy, g‗oyaviy yo‗naltirilganlikni amalga oshirish, umummehnat
tayyorgarligini shakllantiradigan o‗quv amaliyoti, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, psixologiya kabi o‗quv fanlari o‗rtasida uzviylikni ta‘minlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki,
ta‘lim jarayoni ham maqsadga muvofiq ravishda
boshqariladigan tizim hisoblanadi. Har qanday tizimni maqsadga muvofiq
boshqarish esa o‗z navbatida, faqat teskari aloqa vositasida amalga oshiriladi.
Ta‘lim jarayonida teskari aloqa sifatida o‗quvchilarning bilim darajalarini nazorat
qilish va baholash qabul qilingan. Mazkur masala ta‘lim jarayonining ajralmas
qismi sifatida o‗zining ko‗p asrlik tarixiga ega bo‗lib, bu sohada yetarlicha ilmiy-
uslubiy tadqiqotlar o‗tkazilgan.
Ta‘lim jarayonining yana bir muhim sohasi borki, bu soha ta‘lim
jarayonini boshqarishni yanada takomillashtirish imkonini beradi. Bu masala har
bir yangi o‗zlashtirilishi lozim bo‗lgan bilimlarning undan avval o‗zlashtirilgan
bilimlar darajasiga bog‗liqligidir. Agar navbatdagi o‗zlashtirilishi lozim bo‗lgan
bilimlarni undan oldingi o‗zlashtirilgan bilimlar asosida prognoz etish masalasi
ilmiy-uslubiy jihatdan hal etilsa va amaliyotda qo‗llansa, bu hol, birinchidan,
58
o‗qituvchilar uchun har bir o‗quvchining navbatdagi bilish faoliyatini boshqarishda
katta imkoniyatlar yaratadi. Ikkinchidan, har bir o‗quvchi o‗zini o‗zi nazorat qilish
imkoniga ega bo‗lib, o‗z faolligini oshiradi.
O‗quvchilarga
ta‘lim
tarbiya
berishda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish davr talabidir. Shu nuqtai-nazardan zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini
tanlashda yuqori samara beradigan usullarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Shunga ko‗ra nazariy va amaliy mashg‗ulotlar davomida yangi pedagogik
texnologiyalarning foydalanish yuqori samara berishi aniqlandi.Ishlab chiqilgan
yangi mazmundagi dasturdan o‗rin olgan har bir mavzuning maqsad vazifalari
hisobga olingan holda quyidagi mashg‗ulot turlaridan foydalanish bo‗yicha tavsiya
ishlanmalar ishlab chiqildi (2.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |