O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana26.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#469260
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
mehnat talimining optimallashtirilgan mazmunini tanlash va uni oqitish metodikasi

Elektronika asoslari 
 
8-sinflarga
 

ta 
mavzu: 
Elektronika 
elementlari. 
Rezistor 
va 
kondensatorlarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi, 1soat. Yarimo`tkazgichli 


51 
qurilmalar ( diod, tranzistor, tiristor, fotodiod, varikap, svetodiod ), 2 soat. Oddiy 
mikrosxemalarning ishlash prinsipi bilan tanishish va ularni ishlatishni o‘rganish, 2 
soat. Jami: 5 soat kiritildi. 
 
9-sinflarga
 
3 ta mavzu: Avtomatikaning asosiy tushuncha va atamalari, 2 
soat. Avtomatik qurilmalar (avtomatik nazorat, avtomatik boshqarish, avtomatik 
rostlash ), 2 soat. Avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari, 2 soat. Jami: 6 soat 
kiritildi.
 
Kasb tanlashga yo`llash (bo‟limiga qo‟shimcha)
 
9-sinflarga
 
2 ta mavzu: Mahalliy hududda joylashgan KHK va AL larda 
tayyorlanayotgan mutaxasisliklar va yo‘nalishlar to‘g‘risida ma‘lumot, 1 soat. 
Mahalliy hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlardagi 
kasblar to‘grisida ma‘lumotlar berish hamda kasbga yo‘naltirish, 1 soat. Jami:2
 
soat kiritildi. 
Mehnat ta‘limi fanining optimallashtirilgan o‘quv dasturi (1-ilova)da to‘liq
aksini topgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


52 
2. Mehnat ta‟limining optimallashtirilganlashtirilgan mazmunda
o„qitish metodikasi 
Bugungi kunda mehnat ta‘limi oldida ishlab chiqarish sohalariga yuqori 
malakali va chuqur bilimga hamda kasbiy bilim, ma‘naviy barkamol, ijodkorlikga 
ega bo‗lgan o‗quvchilarni yetkazib berish masalasi dolzarb bo‗lib turibdi. 
O‗quvchilar mehnat ta‘limi fanini o‗zlashtirish jarayonida ta‘limning to‗rtta 
shartini chuqur o‗zlashtirgan bo‗lishlari kerak, bular: fanini a‘lo darajada bilish, 
kasb egallashni jon-dilidan sevish va fanlarga nisbatan qiziqish, amaliy ishlarni 
hozirgi davr talablari asosida bajarish, chuqur bilimga ega bo‗lish kabilardir. Bular 
o‗z navbatida o‗qituvchilarning kasbiy mahoratini yanada yaxshilashga, ularni 
ijodiy fikrlovchi va tashabbuskor mutaxassislar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Mehnat ta‘limini optimallashtirilganlashtirilgan mazmunda o‗qitish 
o‗rganadigan jarayonlarning murakkabligi, chuqur mushohada hamda tasavvur 
qilish jihatlarni talab qilishi, umumtexnik bilimlarni egallashi bilan ajralib turadi. 
Shu sababli ham bu sohani insonparvarlashtirish masalasi birinchi o‗rinda turadi. 
YA‘ni, bu fanning o‗qitilishini o‗quvchilar tushunadigan darajada tashkil etish va 
pirovard natijada yuqori samaradorlikka erishish. Buning uchun har bir mavzuni 
mehnat faning boshqa bo‗limidagi mavzular bilan solishtirgan holda bayon qilish 
muhim natija beradi. Masalan, elektrotexnika ishlari bo‗limini o‗qitishda yarim 
―Elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolliyatlash ishlari. Elektr asboblari‖ 
Mavzusini o‗qitishda fizika fanining 

Elektr toki. Elektr zanjir‖ bo‗limi bilan 
uyg‗unlashtirish masalalari. Yoki texnologiya va dizayin yo‗nalishida ―Metalga 
ishlov berish texnologiyasi‖ bo‗limining ―Mashina, mexanizm, stanoklar va 
ulardan foydalanish‖ qismini o‗qitishda ―Tokarlik-vint qirqish stanogining 
vazifasi, qo`llanishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi. Tokar va 
chilangarning ish o`rnini tashkil qilish‖ mavzusi ―Yog`ochga ishlov berish 
texnologiyasi‖ bo‗limining ―Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan 
foydalanish‖ qismida o‗qitiladigan ―Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari. 
Yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogining ish tamoyillari, unda 
bajariladigan operatsiyalar‖ mavzusi bilan integratsilashgan holda o‗qitilsa va 


53 
hakoza. Shunga o‗xshash fizika, matematika, iqtisod, kimyo va biologiya fanlari 
bilan ham turli bog‗lanishlarni keltirish mumkin.
Ikkinchi tomondan mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashda 
ishlatiladigan terminlar, tushunchalar, o‗lchov birliklari, yo‗nalishlarga xos 
mavzular ular o‗rtasidagi bog‗liklik ham o‗rganuvchilar uchun qandaydir abstrakt, 
ahamiyatsiz, ma‘nosizday bulib tuyuladi. Shu sababdan ham mehnat ta‘limi 
fanidan, mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashda mavzularini 
o‗quvchilarga yetkazishda o‗ziga xos yondashuv zarurligini ta‘kidlash muhim. 
Ko‗p yillik kuzatuvlar shuni ko‗rsatadiki, har bir mavzu maqsadini bayon qilishda, 
uning sababini yoritishda, mavzuda ishlatiladigan terminlar, bilimlar va 
tushunchalarni o‗quvchilar onggiga chuqur yetib borishini ta‘minlashdan iborat 
bo‗lgandagina samara beradi. Shu sababli mehnat ta‘limi optimallashtirilgan 
mazmunini tanlash asosida mavzularni o‗rganishda shakllantirilayotgan bilim, 
ko‗nikma va malakalar va tushunchalarni egallashga alohida hamda zarur hollarda 
har bir mavzu doirasida batafsil to‗xtalib o‗tish, ularga tabiat, jamiyat va fanlar 
kesimidagi tushunchalar bilan bog‗lab tushuntirib borish yaxshi natija beradi . 
Uchinchidan, texnik modellashtirish bilan bog‗liq mavzularni bayon qilishda 
bu fanga kiritilish sabablarining to‗liq ifodalanishiga erishish lozim. Masalan, 
o‗quvchining o‗zaro o‗rganilayotgan mavzular asosida biror bir amaliy ish 
bajarishda uning ijodiy tafakkur mahsulini ko‗rish maqsadida o‗quvchining formal 
bilimlariga bog‗liq emaslik xususiyati birinchi ichki, yashirin bo‗lgan ―ijodiy 
qobilyatlarning‖ namoyon bo‗lishi ―model‖ va ―modellashtirish‖ tushunchasining 
fanga kiritilishi asosida tushuntirildi. Shunga o‗xshash model va modellashtirish 
tushunchalarinig birga ularga mos xususiyatlarning kiritilishiga sabab bo‗ldi. 
Mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashning hozirgi holatida biz 
mavzularining mohiyati boshqa fanlar kesimida ularning o‗quvchilarga yosh 
xususiyatlarini hisobga olib o‗qitilishi hamda bir necha mavzularning takroriy 
kelishini, o‗quvchilarga jamiyatda rivojlanayotgan sohalarga qarab o‗rgatishga 
erishishimiz lozim bo‗ladi. Shu sababli ham bu fanning tabiat, jamiyat, ishlab 
chiqarish va milliy hunarmandchilik an‘anlarini davom etirishimizni yanada 


54 
yaqqol tushuntirish ―mehnat ta‘limi‖ faniga yangicha yondashuv asosida amalga 
oshirildi. 
Bu 
yangicha 
talqin 
o‗quvchilarning 
mehnat ta‘limi fanini 
o‗zlashtirishlariga imkon beradi. 
 
Uzoq yillar mobaynida pedagogika amaliyotida ustuvor o‗rin egallab kelgan 
an‘anaviy ta‘lim, o‗quvchilarning yalpi o‗qishini va ularning bilish faoliyatini 
passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutar edi. O‗qitish ishlarini tashkil 
qilish o‗rtacha o‗qiydigan (bilim oladigan) o‗quvchilarga mo‗ljallangan bo‗lardi. 
Lekin, bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida, individual va kichik guruhlarga 
ajratib o‗qitishlarni taklif qilish mumkin edi. Umuman olganda bilim oluvchi 
o‗quvchi subekt, dars beruvchi obekt vazifasini bajarardi.
14
Hozirgi ta‘lim tizimimizda esa o‗quv jarayonida asosiy e‘tibor bilim 
oluvchiga qaratiladi va u o‗quv jarayonida obekt vazifasini bajaradi. Dars beruvchi 
asosiy e‘tiborini bilim oluvchining talabiga qaratishi kerak bo‗ladi. Aynan shunday 
yondashuv mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashda qo‗l keladi. Bu 
yondashuv mehnat ta‘limi optimallashtirilgan mazmunini tanlashning xarakteriga, 
ya‘ni umumkasbiy bilimlar, ko‗nikma va malakalar hamda tasavvurlar zarurligi, 
jarayonlarning anglab yetilishi uchun ko‗p ijodiy mehnat talab qilinishi kabi o‗ziga 
xosliklariga to‗g‗ri keladi. Shuning uchun darslarni mavzular mohiyatining 
o‗quvchilarga yetib borishiga qarab boshqarish zarurligi kelib chiqadi. 
O‗quvchilar mahsuldor faoliyatni bajarishda doimo yangilikka duch keladi 
yoki yangi obektlar, hodisa va jarayonlar, faoliyat metodlari vujudga keladi. Har 
ikki faoliyat turi ham mustaqil ravishda yoki tashqaridan ko‗rsatilgan ta‘sir 
yordamida bajariladi. Nomahsul faoliyat yo‗riqnoma, lug‗at orqali yoki 
harakatlarni bajarish qoidalari to‗g‗risida boshqa bir axborot manbalari asosida 
ko‗rsatmasiz bajarilsa, mahsuldor faoliyat ma‘lum metodik ko‗rsatmalar ostida 
bajarilishi mumkin. 
14
Толипов Ў.Қ. Олий педагогик таълим тизимида умуммеҳнат ва касбий кўникма ва малакаларни 
ривожлантиришнинг педагогик технологиялари: Дис. … пед. фан. Докт. – Т.: 2004. – 314 б.


55 
Professor N.Saydahmedov yuqorida bayon qilingan fikrlarni hisobga olgan 
holda o‗quvchilarning o‗quv materiallarini o‗zlashtirish faoliyatini quyidagi 4 
daraja asosida ko‗rsatgan:
15

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish