3.2. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi
o’smirlarini ma’naviy- axloqiy
sifatlarini shakllantirish yuzasidan tajriba – sinov ishlari natijalari
Mustaqillik yillarida dolzarb muammolardan biri yangi tarixiy sharoitda
jamiyatga, yurtga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu esa ko’rinib turibdiki
yoshlar, kelajak avloddir darhaqiqat, yoshlar respublikamizda juda katta kuch
hisoblanadi. Bu kuchni esa to’g’ri yo’naltirish o’ziga xos yutuq va kamchiliklarni,
muammolarni to’g’ri hal qila olish o’sha davr, o’sha sharoitdan juda katta
ma’suliyat talab qiladi. Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi,
77
mamlakat kelajagi bilimli, har tomonlama sog’lom va barkamol avlodga
bog’liqdir. Yoshlarni ijtimoiy - siyosiy faol fuqaro sifatida tarbiyalash, jamiyatda
munosib o’rin egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish,
yoshlarning o’z aql zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon etish uchun zarur
shart-sharoit yaratish davlatimiz oldidagi turgan dolzarb muammolardan biridir.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan “Mehr-muruvvatlilik– o’zbekning
himmati” mavzusida davra suhbati o’tkazdik. Davra suhbatida mehribonlik uyidagi
ma’naviy-axloqiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, guruh tarbiyachisi, va
”Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor- o’qituvchilari, mehribonlik uyi
tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etdik. Suhbatda
tarbiyalanuvchilarga ishtirokchilar savollar bilan murojaat qilishdi: “ma’naviy-
axloqiy sifatlar, sahovatlilik, saxiylik, bag’rikenglik, yaxshilik kabi
tushunchalarining ma’nosini ayting?” , “Ezgulik, qo’li ochiqlik, ko’zi to’qlik,
yordam berish, qo’llab-quvvatlash, jasurlik kabi tushunchalarining ma’nosini
ayting?”, “Ijtimoiy-faollik” nima uchun kerak?”, “SHaxsning qanday ma’naviy-
axloqiy sifatlarini bilasiz?”, “Saxovatli inson deganda nimani tushunasiz?”,
“Mamlakatimizdagi tinchlik osoyishtalikni asrashda sizning ma’suliyatingiz
nimalardan iborat?”, “ma’naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirishda darsdan
tashqari faoliyatning o’rni qanday deb o’ylaysiz?”, “Milliy madaniyatimizning
takomillashuvida yoshlar faolligining o’rni nimalardan iborat?”, kabi shularga
o’xshash ko’pgina savollar bilan tarbiyalanuvchilar murojaat qilishdi, barcha
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari davra suhbatida faol ishtirok etishdi. Ularda
davlatimizda olib borilayotgan ma’naviy jarayonlar haqida ko’pgina
ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Davra suhbatidan ma’naviy- axloqiy sifatlar,
saxovvatlilik, o’zbek milliy mentalitetiga xos tushunchalar haqida ko’pgina
bilimlarga va ma’lumotlarga ega bo’lishdi va yaxshi ta’surotlarga ega bo’ldilar.
Tarbiyalanuvchilarning ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish
jarayonida mehribonlik uyining o’rni beqiyosdir. Biz tanalagan mavzuimiz
yuzasidan tadqiqot ishlarini Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyida
tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Tarbiyalanuvchi o’smirlarini ma’naviy- axloqiy
78
sifatlarini shakllantirish jarayonidagi maqsadini aniqlab oldik: tarbiyalanuvchilarda
insoniylik, rahmdillik, mehr-oqibat, ko’ngli ochiqlik, mehribonlik, kechirimlik,
mardlik, jo’mardlik, saxiylik, bag’rikenglik, yaxshilik, ezgulik, qo’li ochiqlik,
ko’zi to’qlik, yordam berish, qo’llab-quvvatlash, jasurlik kabi sifat va
xususiyatlarini shakllantirish, ularni ijtimoiy jarayonlariga munosabatini to’g’ri
tarkib toptirish, ijtimoiy-siyosiy jihatdan tarbiyalash, u yoki bu darajada ma’naviy-
ma’rifiy jarayonlarga bo’lgan munosabatni shakllantirishdan iborat.
Mehribonlik uyida tarbiyachilarning faoliyatida tarbiyalanuvchilarning xulq
atvorini kuzatish, tarbiyaviy jarayonni tashkil etishni takomillashtirish bevosita
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, guruh rahbarlari bilan
suhbat o’tkazish davomida olingan natijalar tahlil qilindi va tarbiyalanuvchilarni
shartli ravishda uch guruhga ajratdik.
Birinchi guruhda yuqori darajada o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini
shakllangan bolalar kiritildi. Bu guruhga kiruvchi bolalar insoniylik, rahmdillik,
mehr-oqibat, ko’ngli ochiqlik, mehribonlik, kechirimlilik, mardlik, jo’mardlik,
saxiylik, bag’rikenglik, yaxshilik, ezgulik, qo’li ochiqlik, ko’zi to’qlik, yordam
berish, qo’llab-quvvatlash, jasurlik kabi sifat va xususiyatlari shakllangan va
amaliy faoliyatlarida ana shu xususiyatlarini namoyon eta oladi [31].
Ikkinchi guruhga o’rta darajada o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini
qisman shakllangan bolalar kiritildi. Bu guruhga kiruvchi bolalar insoniylik,
rahmdillik, mehr-oqibat, ko’ngli ochiqlik, mehribonlik, kechirimlik, mardlik,
jo’mardlik, saxiylik, bag’rikenglik, yaxshilik, ezgulik, qo’li ochiqlik, ko’zi to’qlik,
yordam berish, qo’llab-quvvatlash, jasurlik kabi sifat va xususiyatlar qisman
anglab yetadigan qiziqishi o’rtacha, faqatgina ularda muruvvatlilik va saxovatlilik
fazilati qisman shakllangan, amaliy faoliyatga aylanmaganligi ko’rinadi.
Uchinchi guruhga o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllanmagan
tarbiyalanuvchilar kiritildi. Ularda insoniylik, rahmdillik, mehr-oqibat, ko’ngli
ochiqlik, mehribonlik, kechirimlik, mardlik, jo’mardlik, saxiylik, jasurlik kabi sifat
va xususiyatlarni tassavvur eta olmaydigan, faqat o’z manfaatlarini o’ylaydigan
tarbyuiyalanuvchilar kiritildi.
79
Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarni o’smirlarini ma’naviy- axloqiy
sifatlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi:
aniqlovchi, shakllantiruvchi, yakunlovchi.
Aniqlovchi bosqichda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi o’smirlarini
ma’naviy- axloqiy sifatlarini qay tarzda shakllanganligi o’rganildi, o’smirlarini
ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish yuzasidan nazariy bilimlar o’rganildi.
O’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish uchun guruh rahbarlari
ularni tahlil qilishdi, asosiy g’oyalar belgilab olindi, uchrashuv va suhbatlarning
asosiy tarkibiy qismlari aniqlandi [28-32].
Suhbat va uchrashuvlar o’smirlarini ma’naviy- axloqiy sifatlarini
shakllantirish uchun tashkil etiladigan darsdan tashqari faoliyat jarayonidagi
ma’naviy tadbirlar bolalar bilan birgalikda tashkil etildi. Tarbiyalanuvchilar
ma’naviy tadbirlarda devoriy gazetalar, turli milliy urf-odatlar aks ettirilgan
bukletlar tayyorlash jarayonida ifoda etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |