4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Mustaqillik yillarida fuqarolarni ijtimoiy
himoyalashga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Mazkur sohaning davlat
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilishi esa jamiyatda
bozor, ishlab chiqarishga asoslangan ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan va
ijtimoiy munosabat mazmunida raqobat yetakchi o’rin egallayotgan mavjud
sharoitda fuqarolarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash
imkoniyatini yaratdi. O’tish davrida moddiy jihatdan kam ta’minlangan aholi
qatlamini ijtimoiy jihatdan muhofazalash boshqaruvda demokratik va
insonparvarlik tamoyillariga amal qiluvchi davlat oldida turgan muhim
vazifalardan biri ekanligiga O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A.Karimov asarlarida ham alohida urg’u beriladi.
Chunonchi, “Aholining muhtoj
tabaqalarini ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib bo’lmaydigan eng ustuvor vazifa,
amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi” [1,
2].
Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari (ota-onasiz qolgan yoki ular
bilan aloqani yo’qotgan yoshlar) jamiyat va davlat tomonidan alohida ijtimoiy
muhofazalanishga muhtoj sub’ektlar sanaladilar. Ularning “ma’naviy olamini
yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi
biz uchun eng dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda” [3, 4]. Mavjud
sharoitda davlat
tomonidan ularni ijtimoiy jihatdan muhofazalash yo’lida keng ko’lamli amaliy
harakatlar tashkil etilmoqda. Biroq “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilariga
ta’lim-tarbiya berish, ularning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga davlat
tomonidangina g’amxo’rlik qilinishi yetarli emas. Ularning taqdiri uchun
jamiyatning har bir a’zosi ma’sul bo’la olishi zarur. Shunday ekan, “Mehribonlik
uylari”ning tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashda davlat bilan birga
keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlashga erishish zamonaviy pedagogika
oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi.
5
Barcha davrlarda ham ma’lum jamiyatda ota-onasiz
qolgan yoki ular bilan
aloqani yo’qotgan yoshlar (bolalar, o’smirlar, o’spirinlar) mavjud bo’lishgan.
Ularga nisbatan ijtimoiy e’tibor turli jamiyat, davlatlarda turlicha bo’lgan. Islom
dini ta’limotida esa bu kabi shaxslarga nisbatan insonparvarlik g’oyalariga
tayangan holda munosabatda bo’lish eng oliy sifat tarzida baholangan. O’zbek
xalqi taraqqiyoti tarixida ham ushbu g’oyalarga og’ishmay amal qilib kelingan. Bu
holat ayniqsa urush harakatlari olib borilayotgan vaziyatlarda yaqqol namoyon
bo’lgan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida ota-onasiz qolgan yoki ular bilan aloqani
yo’qotgan minglab bolalarning o’zbek oilalariga qabul qilinishi, o’ta og’ir
sharoitda ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak va turar-joylar bilan ta’minlash borasida
ko’rsatilgan g’amxo’rlik yuksak insonparvarlikning yorqin namunasidir.
Bir qator mamlakatlarda XVII asrning oxiri XVIII
asrning boshlarida asosan
cherkovlar qoshida ota-onasiz qolgan yoki qarovsiz bolalarni qabul qiluvchi, ularni
vaqtinchalik bo’lsa-da, oziq-ovqat, kiyim-bosh va turar-joy bilan ta’minlash
ishlari
yo’lga qo’yila boshlandi
.
Keyinchalik xayriya tashkilotlari bunday vazifalarni o’z
zimmalariga olishgan. Ayni vaqtda ham ota-onasiz qolgan yoki ular bilan aloqani
yo’qotgan bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida xayriya tashkilot (jamiyat,
uyushma)lari tomonidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday
tashkilotlardan biri Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi “Bolalarni qutqarish”
tashkiloti bo’lib, mazkur tashkilot ota-onasiz qolgan yoki ular bilan aloqani
yo’qotgan bolalarni ta’lim muassasalariga jalb etish, ularga ta’lim berish
vazifalarinigina
qilib qolmay, shu bilan birga ularning ruhiyatini o’rganish asosida
ijtimoiy hayotga tayyorlash masalalarini ham tadqiq qilib kelmoqda.
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni
shakllanirishning puxta asoslangan mexanizmini yaratish, keng jamoatchilik
e’tiborini mazkur masalaga tortish, bu borada samarali
sanalgan omillarni aniqlash,
yangi imkoniyatlarni izlab topish muammolarini hal etishga bo’lgan ehtiyojning
mavjudligi tadqiqotning dolzarbligini asoslaydi.
Tarbiyalanuvchilarni jamiyatning yetuk a’zolari sifatida o’smirlarida
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllanirish, ular tomonidan muayyan kasb yoki hunar