r
7
O
ʻ
QUV MATERIALLARI
MA’RUZA MATNLARI
1-mavzu. “Monetar siyosat fanining predmeti va vazifalari. Monetar
siyosatning nazariy asoslari”
Reja
1.Monetar siyosat fanining predmeti, ob’ekti, maksadi va vazifalari.
2.Monetar siyosat fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.
3.
Pul-kredit kontseptsiyalaridan foydalanish mexanizmining nazariy
masalalari.
4.J.M.Keynsning pul-kredit kontseptsiyasi. J.Keynsning pullarga bo’lgan
talab xususidagi ilmiy-nazariy qarashlari. “Arzon pullar” nazariyasi.
5. Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasi: mohiyati va yuzaga kelish shart-
sharoitlari. M.Fridmenning pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi xususidagi
ilmiy-nazariy qarashlari.
6. Monetar siyosat borasidagi boshqa kontseptsiyalar.
1.
Monetar siyosat fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari
Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga
solish siyosatining asosiy
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va
pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda
inflyatsion jarayonlarning
chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan
talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining
kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining
barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat
rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki taraqqiy etgan mamlakatlarda ham monetar
siyosatning kontseptual asoslarini qayta ko’rib chiqish, uni amalga oshirish
mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Global inqiroz avjiga chiqqan 2009 yilda
dunyoning etakchi markaziy
banklari bo’lgan AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) va Evropa Markaziy banki
(EMB) monetar siyosatning strategik maqsadi bo’lgan inflyatsiyaga qarshi kurash
siyosatidan vaqtinchalik voz kechib, nollik hisob stavkalariga asoslangan
“miqdoriy engillashtirish” usulidan foydalanishga majbur bo’lishdi. Chunki, bu
vaqtda iqtisodiyotni “retsessiya” holatidan chiqarishga ko’maklashish va milliy
bank tizimining likvidliligini ta’minlash, de-fakto, monetar siyosatning strategik
maqsadi darajasiga ko’tarilgan edi.
Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va
pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning
chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan
talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining
r
8
kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining
barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg’or
xalqaro tajribada
qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini
takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy
o’sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida e’tirof
etilgan
2
. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-
5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish buyicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar tug’risida”gi farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish
va jalb qilish operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan
foydalanishni
kengaytirish, tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini
shakllantirishning bozor mexanizmlarini qo’llashni kengaytirish, makroiqtisodiy
tahlil va prognozlashni ilg’or xorij tajribasi asosida takomillashtirish, pul-kredit
siyosatining shaffofligini oshirish kabi dolzarb vazifalarni qo’yilgan.
Bu esa, o’z navbatida, “Monetar siyosat” fanini o’qitish
sifatini yanada
oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida monetar siyosat instrumentlaridan
foydalanish amaliyotining takomillashmaganligi, uning taktik maqsadlari o’rtasida
qarama-qarshiliklarning mavjudligi, monetar siyosat indikatorlarini to’g’ri tanlash
bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Bu esa,
monetar siyosat masalasini tadqiq qilishga jiddiyroq yondashishni taqozo etadi.
Monetar siyosatning asosiy masalalari – strategik va taktik maqsadlari,
instrumentlari va indikatorlaridan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Tahlil
jarayonida asosiy e’tibor ilg’or xorij tajribasini tahlil qilish va umumlashtirishga
qaratiladi. Buning sababi shundaki,
AQSh FZT, EMB va Yaponiya Markaziy
bankida, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida boy tajriba
mavjud. Shuningdek, ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatning zamonaviy
holati ham tahlil qilinadi.
Monetar siyosat” fanining maqsadi Magistratura bo’limi talabalariga monetar
siyosatning nazariy, amaliy va uslubiy masalalari hamda o’ziga xos xususiyatlari
bo’yicha chuqur nazariy bilim va amaliy ko’nikma berishdan iborat. Shuningdek,
monetar siyosatni amalga oshirish va uning zamonaviy vositalaridan foydalanishda
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida//O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to’plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b.
r
9
xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish hamda O’zbekistonda
monetar siyosatnining o’ziga xos jihatlari to’g’risida ko’nikmalar hosil qilishdan
iborat.
Fanning vazifasi quyidagilardan iborat:
– monetar
siyosatning kontseptsiyalari, zamonaviy modellari va ularning
tendentsiyalari;
– pul agregatlari, va pul massasi tarkibini hisoblash tartibi va pul
multiplikatori harakati mexanizmi;
– inflyatsiya darajasi, iste’mol narxlari indeksini aniqlash, pul-kreditni
tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari;
- jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida monetar siyosatning dolzarb
muammolari va ularning tendentsiyalari;
– monetar
siyosatning iqtisodiyotni, pul massasi, bank tizimi likvidliligi va
pul bozorini tartibga solish xususiyatlari;
– monetar siyosat orqali foiz stavkalari, kapital bozori va to’lov balansini
tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlari;
– monetar siyosat sohasida qarorlar qabul qilish tinglovchilarda chuqur bilim
va ko’nikmalar hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: