3. Pul-kredit kontseptsiyalaridan foydalanish mexanizmining nazariy
masalalari
M.Fridmen asos solgan monetarizm oqimi va J.M.Keyns tomonidan ishlab
chiqilgan pul-kredit kontseptsiyasi bu boradagi etakchi kontseptsiyalar bo’lganligi
sababli, ularning pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi xususidagi nazariy
qoidalari milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning uslubiy asoslarini
takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Klassik iqtisodiy maktab vakillaridan - A.Smit, U.Petti, D.Rikardo,
D.Fullarton, A.Marshall, I.Fisher, A.Pigu kabilarning pul nazariyasi, jumladan, pul
muomalasi va monetar siyosat muammolariga oid ko’plab ilmiy tadqiqotlari barcha
mutaxasssislarga ma’lum. Ularning ilmiy ishlarida keynschilik va monetarizmga
qadar pulga bo’lgan talab, xususan, pulning miqdoriylik nazariyasi, pulning
aylanish tezligi va almashuv tenglamasi kabi masalalar o’ziga xos tarzda tadqiq
qilingan.
Klassik maktab iqtisodchilari tomonidan ishlab chiqilgan hozirgi zamon
miqdoriylik nazariyasi - eng avvalo, yalpi daromadning nominal qiymatini
aniqlashga bag’ishlangan. Shuningdek, ushbu nazariya doirasida yalpi ishlab
chiqarishning har bir darajasida aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi
kerakligi to’g’risidagi masalalar ham o’rganiladi.
Bu xususida xorijlik taniqli olimlardan professor F.Mishkin shunday
ta’kidlaydi: “Biroq aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi kerakligini
pulga bo’lgan talab to’g’risidagi nazariya orqali ham hisoblash mumkin. Ushbu
nazariyaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, bunda pulga bo’lgan talab
foiz siyosatiga bog’liq emas”
10
.
Miqdoriylik nazariyasida yalpi daromadning ma’lum darajasida aholining
qo’lida qancha pul bor degan savol qo’yiladi. Shuning uchun u amalda pulga
10
Qarang: Mishkin F. Ekonomicheskaya teoriya deneg, bankovskogo dela i finansovix rinkov. Uchebnoe posobie
dlya studentov vuzov. Aspekt press. M.: 1999 g. str. 548.
bo’lgan talab nazariyasi hisoblanadi. Uning miqdoriylik nazariyasiga muvofiq
pulga bo’lgan talab mutlaq daromadning funktsiyasi hisoblanadi va foiz stavkasi
pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi.
Kembrij maktabi vakillari odamlarning qo’llarida pul ushlab turishlariga
asos bo’luvchi pulning ikkita xususiyatini: almashuv vositasi va boylikni saqlash
vositasini ajratib ko’rsatishdi. I.Fisher va Kembrij guruhi pulga bo’lgan talab
nominal daromadga proportsional, degan pulga bo’lgan talabning klassik
yondashuvini ishlab chiqdilar.
J.M.Keyns pul aylanish tezligining doimiyligi to’g’risidagi klassik
yondashuvdan voz kechdi va asosiy e’tiborni foiz stavkasining ta’siriga qaratgan
holda pulga bo’lgan talab nazariyasini ishlab chiqdi.
Ta’kidlash joizki, pulga bo’lgan talab I.Fisherning almashuv tenglamasiga
muvofiq quyidagicha aniqlanadi:
PxQ
MxV
bunda, M – muomaladagi pul
miqdori, V - pul aylanish tezligi, P – tovar va xizmatlarning o’rtacha bahosi, Q –
milliy iqtisodiyot doirasida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning miqdori.
Ma’lumki, monetar siyosat nazariyasida markaziy o’rinni foiz stavkasi
pulga bo’lgan talabga ta’sir etadimi, agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala
egallaydi. Bu xususda juda ko’p olimlar o’z fikrlarini aytganlar. Jumladan, I.Fisher
foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir emaydi, u daromadga bog’liq, degan
xulosaga kelgan.
Uning xulosasidan farqli o’laroq, Kembrij maktabining olimlari foiz
stavkasi ta’sirida pulga bo’lgan talabning o’zgarishini istisno etmagan holda u
nominal YaIMga proportsional, deb hisoblashgan. Ammo, J.Keyns kembrijcha
yondashuvni rivojlantirib, foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga sezilarli darajada
ta’sir qiladi, degan xulosaga kelgan.
Umuman, Keyns tadqiqotlarida foiz stavkasining o’sishi bilan pulga
bo’lgan talab pasayadi, degan xulosa ilgari suriladi. Keyns fikricha, pul
massasining o’zgarishi bevosita foiz stavkasiga ta’sir qiladi.
Ta’kidlash joizki, M.Fridmen va J.Keynsning pul-kredit kontseptsiyalari
AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Frantsiya kabi rivojlangan sanoat
mamlakatlarining markaziy banklari faoliyatida muvaffaqiyatli qo’llanilgan.
Jumladan, J.Keynsning “Arzon pullar” nazariyasi Ikkinchi Jahon urushidan keyin
xonavayron bo’lgan G’arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodiyotini tiklash va
rivojlantirishda muhim rol o’ynadi.
M. Fridmen miqdoriylik nazariyasini pulga bo’lgan talab nazariyasi ekanligini
o’zining ilmiy izlanishlarida e’tirof etgan
11
. Pulga bo’lgan talab kontseptsiyasi
monetarizmning asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi.
J.Keyns va uning izdoshlari foiz stavkasini pullarga bo’lgan talab va taklifni
tenglashtiruvchi miqdor, deb hisoblaydilar.
J.M. Keynsning nazariyalarida pulga ishlab chiqarishning endogen omili
sifatida qaraladi
12
va pullarni likvidli aktiv sifatida saqlashning sub’ektiv asoslari
tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonining
uzluksizligini ta’minlashda pul mablag’laridan foydalanishga qaratildi.
11
Fridmen M. Osnovi monetarizma. Per. s angl. – M.: TEIS, 2002. – S.70 – 72.
12
Keyns Dj. M. Obshchaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg. Per. s angl. – M.: Gelios ARV, 1999. – S. 184.
J. Keynsning pulga bo’lgan talab nazariyasida foiz stavkasi muhim o’rin
egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish orqali ishsizlik darajasi va iqtisodiy o’sishga
bevosita ta’sir qilishi mumkin, deb hisoblaydi.
M. Fridmen, J. Keynsdan farqli ravishda, pulga bo’lgan talabning o’zgarishi
nominal daromad darajasining o’zgarishi oqibatidir, foiz me’yori esa pullarga
bo’lgan talab darajasiga sezilarsiz ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblaydi. Monetaristik
pulga talab nazariyasida «kutish»lardan iborat omillar asosiy o’rin tutadi va ular
ishlab chiqarish jarayonlaridan tashqarida shakllanadi. J. Keyns tomonidan amalga
oshirilgan tahlilda pulga bo’lgan talab foiz me’yorining, monetaristik tahlilda esa,
nominal daromadning funktsiyasi sifatida talqin etiladi.
M. Fridmen maktabining pullar taklifi xususidagi qarashlari tahlilidan
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi pul massasining mo’’tadil va muntazam
o’sishini talab qiladi, degan xulosa kelib chiqadi
13
. Mazkur xulosa pul massasining
o’sish sur’ati doimiy bo’lishi lozim va uning o’zgarishi iqtisodiy kon’yunkturaning
tebranishlariga umuman bog’liq emas
14
, degan monetarizmning nazariy qoidasi
shakllanishiga sabab bo’ldi. Ushbu qoida M.Fridmenning «pullarga bo’lgan
talabning
barqaror
funktsiyasi»
kontseptsiyasiga
asoslanadi
15
.
Ushbu
kontseptsiyaning mohiyati shundaki, pullarga bo’lgan talab kassa qoldiqlari va
nominal
daromadning
o’sishiga mos ravishda kamaymaydi, aksincha
o’zgarmasdan qoladi. Chunki, pullar taklifidagi har bir o’zgarish nafaqat
investitsiyalar darajasiga, balki shaxsiy iste’molning hajmiga ham ta’sir qiladi.
Umuman, monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank pullar taklifini
tartibga solish uchun real imkoniyatlarga ega
16
, degan xulosani himoya qiladilar.
Monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank tomonidan emissiya qilinadigan
banknotalarni muomaladagi pul massasini tartibga solishning muhim vositasi, deb
hisoblaydilar
17
. Ularning fikricha, tijorat banklari va ular mijozlarining pul
munosabatlari nisbatan barqarordir, pul massasi esa Markaziy bank pullariga
mutanosib ravishda o’zgarib turadi. Markaziy bank pullarining o’zgarishi esa,
Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali tartibga solinadi.
AQShda 2001 yilning yanvaridan dekabriga qadar Federal fondlar bo’yicha
stavkalar amaldagi 6,5 foizdan 1,75 foizga tushirildi.
18
. 2002 yilning noyabrida va
2003 yilning iyunida ushbu fondlar bo’yicha stavkalar yanada pasaytirildi va mos
ravishda 1,25 % va 1,0 foizni tashkil qildi
19
.
M. Fridmen va boshqa monetarizm maktabi vakillaridan farqli o’laroq, J.M.
Keyns, pullarning taklifi xususidagi masalaga atroflicha va chuqur to’xtalib
o’tirmadi. Buning asosiy sababi shundaki, J.M. Keyns Markaziy banklar
tomonidan pul massasini to’la nazorat qilish imkoniyatining mavjudligiga ishondi.
Haqiqatdan ham Keyns, markaziy banklar bank zaxiralarini nazorat qilishi yo’li
bilan bank depozitlarini yuzaga kelish jarayonini ham nazorat qila oladi, degan
13
Fridmen M. Esli bi dengi zagovorili… Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 100-101.
14
Fridmen M. Esli bi dengi zagovorili… Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 117.
15
Friedman M. A theory of consumption function, NBER, Princeton, 1957. – P. 238.
16
Fridmen M. Esli bi dengi zagovorili… Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 132-134.
17
Fridmen M. Osnovi monetarizma. – M.: TEIS, 2002 – S. 72-73.
18
OECD Economic Outlook. - Vol. №73, 2003/ I, June. - R. 38-39.
19
Bobakulov T.I. O’zbekiston Respublikasida milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash borasidagi
muammolar va ularni hal qilish yo’llari i.f.d. ilm. dar. ol. uchun yoz. diss. avtoref. – T.: 2008 – B. 3
xulosaga keldi. Mazkur xulosa sanoati rivojlangan mamlakatlar amaliyotida
o’zining amaliy tasdig’ini topdi.
J.Keynsning pul massasining iqtisodiy tizimning holatiga ta’sirini tavsiflovchi
pul-kredit siyosatining uzatish mexanizmi to’g’risidagi nazariyasi, uning pullar
taklifi xususidagi qarashlariga sezilarli darajada oydinlik kiritdi
20
.
Mazkur nazariyaga ko’ra, J.Keyns, foiz stavkalarining rejali investitsiyalarga
ta’sirini pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining asosiy bo’g’ini, deb hisobladi.
Bunda pullar taklifining o’sishi natijasida foiz stavkasining pasayishi
investitsiyalarning muqobil qiymatini pasaytiradi, degan xulosaga kelindi.
Xulosa qilish mumkinki, J. Keynsning tahlilida pulga bo’lgan talab foiz
me’yorining funktsiyasi sifatida, M.Fridmen talqinida esa, nominal daromadning
funktsiyasi sifatida qaraladi.
Monetar siyosat va uning vositalariga oid bir qator nazariy hamda amaliy
masalalar, xorijiy davlatlar va mamlakatimiz iqtisodiy adabiyotlarida o’z aksini
topgan. Bu borada bir qancha risolalar chop etilgan va ilmiy maqolalar e’lon
qilingan. Biroq, ularda monetar siyosat va uning vositalariga berilgan ilmiy
ta’riflar juda kam uchraydi. Ko’p hollarda ularni moliya-kredit lug’atlarida,
monetar siyosat muammolari bilan shug’ullangan va muntazam ravishda
izlanishlar olib borayotgan ayrim iqtisodchi-olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida
uchratamiz, xolos.
Iqtisodiy adabiyotlardagi ta’riflar monetar siyosatning mohiyatini ochishga
qaratilgan bo’lsa-da, lekin ular orasida mazmun jihatidan bir-biriga o’xshash va
farq qiladigan ko’plab ta’riflarni uchratish mumkin.
Biz monetar siyosat va uning vositalariga nisbatan berilgan ilmiy
ta’riflarning barchasini emas, balki, ularning eng ayrimlari xususida to’xtalib
o’tishni maqsadga muvofiq, deb topdik.
Jumladan, E.Dolan, K.Kempbell va R.Kempbellar monetar siyosatga
shunday ta’rif berganlar: “Monetar siyosat – muomaladagi pul miqdoriga ta’sir
qiluvchi hukumat siyosatidir”
21
. Ulardan farqli o’laroq K.Makkonnell, S.Bryular
quyidagicha ta’rif berishgan: “Kredit-pul siyosati yalpi ishlab chiqarish hajmini,
bandlilik va narxlar darajasini barqarorlashtirish maqsadida pul taklifini
o’zgartirishdir”
22
.
Bizning nazarimizda, ushbu ta’riflarning umumiy o’xshashlik tomoni
shundaki, bunda olimlar monetar siyosatni pirovard natijada muomaladagi pul
massasi, umuman pul taklifini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbir yoki siyosat
sifatida ko’rsatishadi.
Shuningdek, K.Makkonnell va S.Bryular tomonidan berilgan ta’rif monetar
siyosatning qator maqsadlariga erishishga, xususan, ishlab chiqarish hajmi,
bandlilik va narxlar darajasini barqarorlashtirishga yo’naltirilganligi bilan alohida
ajralib turibdi.
20
Bobakulov T.I. O’zbekiston Respublikasida milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash borasidagi
muammolar va ularni hal qilish yo’llari i.f.d. ilm. dar. ol. uchun yoz. diss. avtoref. – T.: 2008 – B. 11
21
Qarang: Dolan E.Dj. i dr. Dengi, bankovskoe delo i denejno-kreditnaya politika./Per. s angl. V.Lukashevicha i dr.
Pod obshch. red. V.Lukashevicha. - L., 1991.-448 s. str. 19.
22
Qarang: Makkonnell K., Bryu S., Ekonomiks: printsipi, problemi i poltika. V 2 t.: Per. s angl. T.I.-T.,1993. str.
298.
Monetar siyosatga mamlakatimizning bir qator iqtisodchi-olimlari
tomonidan ham ilmiy ta’riflar berilgan.
Biz ayrim iqtisodchi-olimlarning monetar siyosat hukumat tomonidan
amalga oshiriladi, degan fikriga qo’shilmaymiz. Chunki jahon bank amaliyotidan
ma’lumki, monetar siyosatni rasman Markaziy bank, fiskal siyosatni esa Moliya
vazirligi amalga oshiradi.
Monetar siyosat - Markaziy bank tomonidan milliy valyuta va narxlar
barqarorligini ta’minlashga, pul massasi, bank tizimining likvidliligi hamda to’lov
balansini tartibga solishga, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni, iqtisodiy
o’sishni mustahkamlashga yo’naltirilgan vositalar, usullar hamda chora-tadbirlar
yig’indisidir.
Zamonaviy
xorijiy
iqtisodchi-olimlardan
E.Dolan,
R.Kempbell
va
K.Kempbellar bu xususda shunday deydilar: “Qimmatli qog’ozlar bo’yicha ochiq
bozordagi operatsiyalar iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaziyatni nazorat qilish va
tartibga solish maqsadida Federal Rezerv Tizimi tomonidan AQSh Federal
hukumatining qimmatli qog’ozlarini dilerlar tarmog’i orqali sotish va sotib
olishdir”
23
.
O’z nabatida, SVOP operatsiyalari Markaziy bank tomonidan muomaladagi
pul massasi miqdorini tartibga solish hamda milliy valyuta kursining keskin
tebranishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Agar, valyuta bozori pul
bozoriga nisbatan rivojlangan bo’lsa, unda ushbu operatsiyalarni o’tkazish o’z
samarasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |