O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi
Amal qilish muddati
%
28.06.2017 — …
14
01.01.2015 — 27.06.2017
9
01.01.2014 — 31.12.2014
10
01.01.2011 — 31.12.2013
12
15.07.2006 — 31.12.2010
14
95
http://lenta
. ru/2011/27/05/news/ sayti ma’lumotlari.
96
Ichki talabni rag’batlantirish Markaziy bank tomonidan ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirishni talab
etadi. Buning sababi shundaki, ichki talabni rag’batlantirish uchun pul massasining multiplikativ kengayishini
ta’minlash talab etiladi.
21.12.2004 — 14.07.2006
16
05.07.2004 — 20.12.2004
18
10.09.2003 — 04.07.2004
20
16.07.2003 — 09.09.2003
24
01.01.2002 — 15.07.2003
30
01.07.2000 — 31.12.2001
24
01.06.2000 — 30.06.2000
27,6
01.05.2000 — 31.05.2000
28,8
01.04.2000 — 30.04.2000
30
01.01.1998 — 31.03.2000
36
01.11.1997 — 31.12.1997
30
01.01.1997 — 31.10.1997
39,6
01.08.1996 — 01.12.1996
48
01.07.1996 — 31.07.1996
60
01.08.1995 — 30.06.1996
84
01.07.1995 — 31.07.1995
120
20.03.1995 — 30.06.1995
300
01.02.1995 — 19.03.1995
250
01.10.1994 — 31.01.1995
225
02.05.1994 — 30.09.1994
150
3.Majburiy zaxira siyosati.
Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita
instrumentlaridan biri hisoblanadi. Bunda uch xil tushuncha qo’llaniladi:
1. Zaxira talablari (reserve requirements).
2. Minimal zaxiralar (minimum reserves).
3. Majburiy zaxiralar (legal reserves).
Majburiy zaxira siyosati monetar siyosatning instrumenti sifatida dastlab
AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan mamlakat bank tizimining
likvidliligiga ta’sir etish maqsadida joriy qilingan edi.
Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul massasini
tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga Markaziy bank tomonidan
ta’sir etishning muhim, ta’sirchan vositasiga aylandi.
Markaziy bankning majburiy zaxira siyosati quyidagi uch funktsiyani
bajaradi:
– tijorat banklarining kredit ekspansiyasini jilovlash;
– milliy bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish;
– tijorat banki bankrot bo’lgan sharoitda uning majburiyatlari yuzasidan
hisoblashish.
Muomaladagi pul massasining asosiy qismi tijorat banklarining kredit
emissiyasi natijasida vujudga keladi. Shu sababli, muomaladagi pul massasini
tartibga solishda asosiy e’tibor tijorat banklarining kredit ekspansiyasini
jilovlashga qaratiladi. Bu esa, o’z navbatida, Markaziy bankning tijorat banklari
kredit emissiyasiga bevosita va tezkor tarzda ta’sir qiladigan monetar
instrumentlarga bo’lgan ehtiyojini yuzaga keltiradi. Majburiy zaxira talabnomasi,
boshqa monetar instrumentlardan farqli o’laroq, tijorat banklarining kreditlash
salohiyatiga bevosita va tezkor ta’sir etish xususiyatiga ega. Shu sababli,
rivojlangan sanoat mamlakatlari markaziy banklari ham mazkur instrumentdan
foydalanish amaliyotidan voz kechishmagan. Bunga misol qilib AQSh FZTni,
Evropa Markaziy bankini (EMB) keltirish mumkin.
Markaziy bank pul-kredit siyosatining instrumentlaridan foydalanish
amaliyoti takomillashmagan mamlakatlarda, xususan, ko’pchilik o’tish iqtisodiyoti
mamlakatlarida majburiy zaxira siyosatidan Markaziy bank pul-kredit siyosatining
asosiy instrumentlaridan biri sifatida foydalanadi. Buning boisi shundaki,
birinchidan, o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko’pchiligida moliya bozorlari
rivojlanmagan bo’lib, bu holat markaziy banklarning ochiq bozor siyosatini, qayta
moliyalash siyosati va valyuta siyosatini rivojlantirishga to’sqinlik qiladi;
ikkinchidan, majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul massasiga bevosita va tez
ta’sir qilish xususiyatiga ega; uchinchidan, majburiy zaxira talablariga tijorat
banklari tomonidan rioya etilayotganligi ustidan nazorat qilish oson. Buning sababi
shundaki, Markaziy bank tijorat banklarining balans ma’lumotlarini doimiy tarzda
olib turish amaliyotiga ega. Masalan, O’zbekiston Respublikasida Markaziy
bankning tijorat banklarini litsenziyalash va ular faoliyatini tartibga solish bilan
shug’ullanadigan
departamenti
xodimlari
tijorat
banklarining
balans
ma’lumotlarini doimiy va tezkor tarzda olishadi va ushbu ma’lumotlar asosida
tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishadi.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko’pchiligida, xususan, O’zbekiston,
Rossiya va Ukrainada ochiq bozor siyosati, qayta moliyalash siyosati kabi
an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish mexanizmi takomillashmaganligi
sababli majburiy zaxira siyosatidan asosiy monetar instrument sifatida
foydalaniladi. Mazkur mamlakatlarda majburiy zaxira stavkalari boshqa
mamlakatlardagiga nisbatan sezilarli darajada yuqoridir.
Majburiy zaxira siyosati kam sonli davlatlarda pul-kredit siyosatining
instrumenti sifatida qo’llanilmaydi. Bunday davlatlar safiga Kanada, Yaponiya,
Buyuk Britaniya, Shvetsiya kabi davlatlarni kiritish mumkin. Shu bilan birga,
evrozona mamlakatlarida ham majburiy zaxira siyosatining monetar instrument
sifatidagi ahamiyatining pasayayotganligini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
Chunonchi, EMB ning majburiy zaxira stavkasi barcha turdagi depozitlar uchun 2
foiz qilib belgilangan
97
.
Evro muomalaga kiritilgunga qadar Evropa Ittifoqiga (EI) a’zo bo’lgan
mamlakatlarning ichida majburiy zaxira stavkasi nisbatan Italiya va Ispaniyada
yuqori bo’lib (20 foizgacha), inflyatsiya yillik darajasini ushbu ikkala mamlakatda
EIning boshqa mamlakatlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi bilan
izohlanadi.
Xalqaro bank amaliyotida majburiy zaxira stavkalarini belgilashda
transaktsion depozitlarning xorijiy valyutalarga bo’lgan talabga va majburiy zaxira
97
European Central Bank Report , 2011. –Fr/M., 2012.
siyosatining tijorat banklarining depozit bazasiga ta’siri masalalari inobatga
olinadi.
Ta’kidlash lozimki, AQShda 1990 yil 20 dekabrdan buyon muddatli
depozitlar va xorijiy valyutadagi depozitlar majburiy zaxira talabnomalaridan
to’liq ozod qilingan
98
.
AQSh misolida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinadiki, nisbatan katta
miqdordagi transaktsion depozitlarga nisbatan yuqori zaxira stavkalari belgilangan.
Chunki, ular xorijiy valyutalarga bo’lgan talabga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Tijorat
banklarining muddatli depozitlari esa majburiy zaxira talabnomalaridan ozod
qilingan. Buning boisi shundaki, muddatli depozitlar tijorat banklarining asosiy
resurs manbai hisoblanadi va ularga nisbatan yuqori zaxira stavkalarining
qo’llanilishi tijorat banklarining resurs bazasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni
yuzaga keltiradi.
Muomaladagi pul massasining asosiy qismi tijorat banklarining kredit
emissiyasi natijasida vujudga keladi. Shu sababli, muomaladagi pul massasini
tartibga solishda asosiy e’tibor tijorat banklarining kredit ekspansiyasini
jilovlashga qaratiladi. Bu esa, o’z navbatida, Markaziy bankning tijorat banklari
kredit emissiyasiga bevosita va tezkor tarzda ta’sir qiladigan monetar
instrumentlarga bo’lgan ehtiyojini yuzaga keltiradi. Majburiy zaxira talabnomasi,
boshqa monetar instrumentlardan farqli o’laroq, tijorat banklarining kreditlash
salohiyatiga bevosita va tezkor ta’sir etish xususiyatiga ega. Shu sababli,
rivojlangan sanoat mamlakatlari markaziy banklari ham mazkur instrumentdan
foydalanish amaliyotidan voz kechishmagan. Bunga misol qilib AQSh FZTni,
Evropa Markaziy bankini (EMB) keltirish mumkin.
2008-2018 yillar mobaynida respublikamiz Markaziy bankining tijorat
banklari depozitlariga nisbatan belgilagan majburiy zaxira stavkalari sezilarli
darajada pasaydi. Bu esa, xorijiy valyutalarga nisbatan transaktsion depozitlar
shaklida yuzaga keladigan talab summasini sezilarli darajada oshishiga olib keldi
va majburiy zaxira talabnomalarining tijorat banklarining depozit bazasiga
nisbatan salbiy ta’siri saqlanib qoldi.
Amaliyotdagi 1 yilgacha muddatga jalb etilgan depozitlar bo’yicha
belgilangan 15 foizli stavka nisbatan yuqori bo’lib, depozitlarning summasi va
muddatiga bog’liq ravishda tabaqalashtirilmaganligi, rivojlangan va o’tish
iqtisodiyoti mamlakatlaridagi majburiy zaxira stavkalarining sezilarli darajada past
ekanligi bilan izohlanadi.
Masalan, evrohududga kiruvchi barcha mamlakatlarning tijorat banklari
uchun EMB tomonidan 2012 yil yanvar oyidan boshlab 1,0 foizli majburiy zaxira
stavkasi qo’llaniladi
99
.
Shuningdek, xalqaro bank amaliyotida majburiy zaxira stavkalarini
belgilashda transaktsion depozitlarning xorijiy valyutalarga bo’lgan talabga va
majburiy zaxira siyosatining tijorat banklarining depozit bazasiga ta’siri masalalari
inobatga olinadi. Masalan, AQShda 2007 yilning 20 dekabridan boshlab
98
http: // www.federalrezerve. gov/ monetarypolicy/ rezervereq. htm.
99
http://
www.ecb.evropa.eu
. Evropa Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari.
transaktsion depozitlar bo’yicha tabaqalashgan majburiy zaxira stavkalari
quyidagicha bo’lishi belgilab qo’yildi:
– 0 AQSh dollaridan 9,3 mln. AQSh dollarigacha bo’lgan transaktsion
depozitlarga nisbatan 0 foiz;
– 9,3 mln. AQSh dollaridan ortiq va 43,9 mln. AQSh dollarigacha bo’lgan
transaktsion depozitlarga nisbatan 3 foiz;
– 43,9 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’lgan transaktsion depozitlarga nisbatan
10 foiz.
Ta’kidlash lozimki, AQShda 1990 yil 20 dekabrdan buyon muddatli
depozitlar va xorijiy valyutadagi depozitlar majburiy zaxira talabnomalaridan
to’liq ozod qilingan
100
.
Do'stlaringiz bilan baham: |