Tijorat bankining strategik va taktik rejalarini shakllantirishda markaziy bankning ta'sir mexanizmi



Download 29,36 Kb.
Sana02.07.2021
Hajmi29,36 Kb.
#107400
Bog'liq
2 oraliq.bank menejmenti


Tijorat bankining strategik va taktik rejalarini shakllantirishda markaziy bankning ta'sir mexanizmi

Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlar singari O‘zekistonda ham banklarni korporativ boshqaruv masalalari asosan tartibga soluvchi davlat organlari tornonidan amalga oshirish talab etilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2000 yil 24 iyundagi I 1/6-sonli bayonnomasi, №472-sonli “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to'g'risida” gi Nizomi ishlab chiqilib, shunga muvofiq banklarda korporativ boshqaruv ishlari tashkil etiladi.

Rejalashtirish. Rejalashtirish orqali tijorat banklarining oldiga qo'ygan maqsadlari, faoliyat yo'naIishlari va erishishi mumkin bo'lgan imkoniyatlari taxminiy hisob-kitoblarda aniqlanadi. Rejalashtirish jarayoni o'z ichiga kelajak va joriy prognoz rejalarni oladi. Bular bank faoliyati davomida strategiya va taktikalarni ishlab chiqishni ta'minlaydi. Rejalashtirish bank xodimlari oldida turgan vazifalar, shartlar va tartiblarni belgilab beradi. Banklararo raqobat sharoitida bankning ishlab chiqqan rejalari yangi mahsulot va xizmat turlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Rejalashtirish ko'p qirrali jarayon bo'lib, tijorat bankining hamma boiinm alarini o'zida qamrab oladi. Rejalashtirish jarayonida quyidagi rejalar ishlab chiqilishi mumkin: rejalar — bank oldida turgan maqsadlarga erishish uchun uzoq muddatli resurslarni jalb qilish va uni samaraii joylashtirish. Istiqbolli rejalar bir yildan uzoq muddatga tuziladi. rejalar - qisqa muddatli davr ichida bank faoliyati yo'na-lishlarini qamrab oluvchi aniq masalalarni o ‘z ichiga oladi. Joriy rejalar tijorat bankining bir yilgacha qisqa muddatli rejalari bo'lib hisoblanadi. Tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan rejada: rejaning maqsadi va vazifalari, bankning va umumiqtisodiv holatning tahlili, joriy vaziflaming qo'yilishi, bank strategiyalarini shakllantirish, resurslarni taqsimlash mexanizmi, rejalardagi ko‘rsatkichlarning bajarilishini nazorat qilish tartibi o'z aksini topishi lozim. Bankning rejalarini amalga oshirishda bank xodimlarini nazorat qilish, tijorat bankining alohida yo'nalishlari va bank siyosatini amalga osbiruvchi organ tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Tijorat banklari tomonidan belgilanadigan rejalarga Markaziy bank tomonidan qo'yiladigan rejalar va talablar, shuningdek davlat siyosati va hukumat qarorlari ham o'zining ta'sirini ko'rsatishi mumkin.

Ushbu tahliIda tijorat banklarining likvidlilik ko'rsatkichlari aniqlanadi va uni me’yoriy darajalar bilan solishtirladi. Bank likvidliligiga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi omillar tahlil etiladi. Shuningdek, bank aktiv va passivlari muddati va miqdori muvofiqligi ta’minlashi lozim. Ushbu tahlil ma’lumotlaridan bankning likvidlilikni boshqarish bo‘yicha siyosatini, taktika va strategiyalarini shakllantirishda foydalanish mumkin.

Bank strategiyasi - bu uning faoliyati konseptual asosi hisoblanib. bankning ustuvor maqsad va vazifalarini, ularga erishish yo’llarini belgilaydi. Bank strategiyasi bozorlar, mahsulotlar, tashkiliy strukturalar, foydalilik, bank boshqaruvchilari uchun faoiyatning barcha darajasida tegishli aloqador asosiy qarorlar qabul qilish uchun mo’ljal bo‘lib xizmat qiladi va bank menejmentining asosi sanaladi. Bank strategiyasini ishlab chiqishning boshlang‘ich vaqti va asosi bo’lib raqobat tahlili xizmat qiladi. U iqtisodiy munosabatlarning berilgan sub’yekti harakatlanuvchi bozordagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, uning boshqa raqobatchilarga nisbatan bu bozorlardagi pozitsiyasini belgilash, uning kucbli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, shuningdek. imkoniyatlarini baholashni o‘z ichiga oladi. Bunday tahlil natijalarini, shuningdek, o‘zining maqsadini hisobga olib boshqaruv (rahbariyat) bank faoliyatining afzalroq jabhalariga, bank mahsulotlari va xizmatlari bahosi va assortimenti, risklarning yo’l qo'yiladigan darajasi va ulardan himoyalanish usullariga nisbatan bank strategiyasini ishlab chiqadi.

Strategik rejalashtirishning ikkinchi bosqichi asosiy vazifalar (bank missiyasi) aniqlanishni taqozo etadi. Bank missiyasi – bu muassislar tornonidan aniq ifodalangan mavjudlik. Mohiyatan uning aniqlanish bosqichi kredit tashkiloti faoliyati boshlanishdan oldin ro‘y beradi: muassislar uni tashkil etishda bozorni egallash miqyosidagi maqsadlar kabi ularni amalga oshirishga imkon beruvchi bank boshqaruv m etodlarini aniq taqdim etish lozim. Biroq bozor sharoitlarini aniq taqdim etishi lozim. Bozor sharoitlari va muassislar tarkibi o'zgarishi tufayli bankning asosiy vazifasi ifodalanishi almashishi mumkin, shuning uchun m issiyaga aniqlik kiritilishi strategik rejalashtirishning har bir yangi bosqichida sodir bo'ladi. Missiya belgilanishi, qoida bo'yicha, direktorlar kengashi darajasida sodir bo'ladi.



Strategiya bilan aniqlanuvchi ustuvor maqsad va vazifalar o'zida strategik maqsadlarga erishish vosita va metodlari majmuini aks ettirgan taktika ishlab chiqilishida aniqlashtiradi. Strategik rejalashtirishni bozor talablari va kredit tashkilotining ichki potensiali bilan moslashtirilgan maqsadlariga erishishini ta’min- lovchi tashkilotni boshqarishning muqobil strategiyalarini ishlab chiqish jarayoni sifatida ta'riflash mumkin (marketing, resurs va risklarni boshqarish, personal faoliyatini tashkil qilish koiam ida). Qayd qilinganidek, rejalashtirish jarayonini harakatlarning oddiy ketma-ketligi sifatida ko‘rib chiqish mumkin emas. Rejani muntazam o‘zgaruvchi va har doim ham prognozga bo‘ysunmaydigan bozor sharoitiga moslashtirish mumkin bo‘lishi uchun bankning boshqaruv personali doimo uning u yoki bu bosqichiga qaytishi va zarurat yuzaga kelsa. rejaga oid vazifalar, ko‘rsatkich va choralar tuzatilishini amalga oshirish lozim.
Download 29,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish