Ishning bajarilishi.
Go’sht peptonli qaynatma va go’sht peptonli agar-
bakterialarni sinash uchun tayyorlanadi. Sof kulturalar olish uchun albatta shaffof
ozuqa muxitlari bo’lishi kerak. Buning uchun go’sht peptonli bulion ga 10-12 jelatin
yoki 1.5-2 agar qo’shib tayyorlanadi. Ularni suyuklanish harorati -24 S, go’sht
peptonli agar-agar 10
0
C, muzlash harorati 4
0
C. Go’sht peptonli jele-30 min
davomida koxoviskiy qaynatgichida kaynatiladi. Go’sht peptonli agar-agar esa 20
min 120
o
C li avtoklavda pishiriladi. So’ngra go’sht peptonli jelega har 100 gr jelatin
xisobiga 1-n eritmasidan 30-40 ml solib 40-50
o
C gacha sovitib, unga 500 mlga 1
tadan tuxim oksili solib yaxshilab kaynatib, filtrlab probirkalarning 2.3 qismga
quyib 100
o
C da 30 min sterilizatsiya qilinadi. Kartoshkali agar
200 gr. tozalangan
kartoshkani maydalab 1l.suv qo’shib, 30min qaynatiladi. Qaynatma paxta tolasi
orqali filtrlanib, xajmi1l ga yetkazib unga 2 agar qo’shiladi. Agar eriguncha
qaynatiladi va o’nga pH-7 ga teng qilib 1- atm bosim ostida 20 min sterilizatsiya
qilinadi.
Nazariy savollar:
1. Go’sht peptonli agar qanday tayyorlanadi?
2. Kartoshkali agar qanday tayyorlanadi?
5-Laboratoriya ishi
Mavzu: Entomopatogen bakteriyalarni o’stirish uchun ozuqa muhiti
tayyorlash
Ishdan maqsad:
Entomopatogen bakteriyalarni o’stirish uchun ozuqa muhiti
tayyorlashni o`rganish.
Kerakli reaktiv va uskunalar:
elektr qizdirgich, tarozi, pH metr, termostat, elektiv
muhitli ozuqalar.
Ishning nazariy qismi:
Bakteriofagiya. Bakteriofag virus bo’lib, bakteriya
hujayrasini zararlab, uni lizisga uchratadi. Faglar tabiatda keng tarqalgan bo’lib,
bakteriyalar bor joyda faglar xam bo`ladi. Tabiatda faglar miqdori juda ko’p bo’lib,
ular ma'lum bir tur bakteriyalarga xos (spetsifik) bo’ladi. Qorin tifi, dizenteriya,
vabo faglari bo’lib, ular faqat shu tur bakteriyalarida ko’payishi va lizisga uchratishi
mumkin. Bakteriofatlarni atrofmuhitining turli obektlarida uchratish mumkin.
Masalan, oqar suvlarda, najasda. Dizenteriya fagini ajratish uchun kasal odam
najasini filtrlanadi va olingan filtratni bulyon kulturasiga ekiladi. Tekshirilayotgan
materialda bakteriofag bo’lsa, kulturani lizisga uchratadi va bulyon tiniq bo’lib
qoladi. Lizis natijasida bulyon kulturasini juda tiniq bo’lishi bakteriofag borligini
aniq ko`rsatuvchi ko’rsatkichdir. Bakteriofagni agarli kulturaga ekilsa, steril dog’lar
hosil bo’ladi. Bakteriofagning aktivligini bilish uchun titrini aniqlash kerak. Fagning
titri deb, kulturani to’liq lizisga uchratadigan suyultirish chegarasiga aytiladi. Fag
titrini suyuk va zich ozuqa muhitlarda aniqlash mumkin. Bakteriofaglarning asosiy
xossalaridan biri ularning o’ziga xos xususiyatlaridir – ma'lum bir fag faqat ma'lum
tipdagi kulturani zararlaydi. Tabiatda faglar faqat bir turdagi bakteriyalarga yo’ldosh
bo’lib keladi. Masalan, ichak tayoqcha dizenteriya, qorin tifi faglari najasda va oqar
suvlarda uchraydi, bu yerda bu bakteriyalar ham bo’ladi. Atrof-muhit ob'ektlaridan
olingan filtrlarda fagni ikki metod (usul) da aniqlanadi: 1.Sifat usuli. 2. Miqdor usuli
(fagni titrlash).
Sifat usuli.
MPA petri kosachasiga berilgan fagga ta'sirchan bo’lgan bir
sutkalik bakteriya kulturasi ekiladi. Shundan so`ng bir tomchi filtrat qo`shiladi. Bu
filtratda mos keluvchi fag bo`ladi. 24 soat 37°C da inkubatsiya qo`shilib bo’lgandan
so’ng petri kosachasida lizis zonasini ko’rish mumkin.
Miqdoriy usul
- fagni titrlash. 10 ta probirkada olib har biriga 4,5 ml MPB
quyiladi. 1-probirkadan 0,5 ml olib 2-probirkaga solinadi. 2-probirkadan 0,5 ml olib
3-probirkaga solinadi. Shunday qilib 9 probirkagacha suyultiriladi. 10-probirkani
kontrol uchun olib qolinadi hamma 10 ta probirkaga bir sutkalik kulturadan 1
tomchidan solinadi. Test – kultura sifatida tekshirilayotgan fagga ta'sirchan bo’lgan
bakteriyalar shtamm’i ishlatiladi. Probirkalarni 24 soat 37°C da termostatga
qo’yiladi, keyin natijalar hisobi o’tkaziladi. Bakteriofag titri bo’lib fagning lizisga
uchratish mumkin bo’lgan eng ko’’ suyultirish chegarasi hisoblanadi. Masalan,
birinchi 6 ta probirka tiniq qolgan bo’lib, qolgan kontrol probirkalarda kultura o’sib
chiqqan bo’lsa, unda fagning titri 10-6 bo’ladi.
Bakteriofaglar profilaktika davolash va diagnostika qilishda ishlatiladi.
Bakteriyalarni fagotiplash. Diagnostika qilish maqsadida ko’pincha patologik
materialdan olinadi. Kuzgatuvchi kulturasini fagovarini aniqlash kerak bo’ladi.
Buning uchun tekshirilayotgan sutkalik bakteriyalarning bulyoni kulturasidan 0,5 ml
olinib, 0,7% li 45°C gacha sovitilgan probirkaga solinadi, so’ngra aralashtirib petri
kosachasidagi 24 MPA ning yuza qismini bir tekis qilib taqsimlanadi. Agar
sovugach qalam bilan kosacha tagini spektorlarga bo’linadi. Har bir spektorga bir
tomchidan petlya bilan fag surtiladi. 24 soat 37°C da inkubatsiya qilingach,
bakteriyalar lizisga uchragan spektorlar belgilanadi.
Mikroorganizm kulturasining fagovarini lizisga uchratayotgan fag yordamida
aniqlanadi. Genetika - irsiyat va o’zgaruvchanlik to’grisidagi fan. Irsiyat - bir tur
xossalarini saqlanib qolishi bilan xarakterlanadi. Ya'ni o’ziga o’xshashlarni hosil
qilishi. O’zgaruvchanlik - bir turga kiruvchi individlarning xossalari orasidagi farq.
Gen va gen qismlarining ketma-ketligi va bog’lanishi o’zgaruvchanligi bilan
xarakterlangan bakteriyalar o’zgaruvchanligi transformatsiya, transduktsiya,
konyugatsiya bilan amalga oshirishadi.
Transformatsiya
– bu informatsiyaning ko’chib o’tishi natijasida bakteriya
hujayrasi xossalarining o’zgarishi. Bunda donor hujayra DNK fragmenti qarindosh
bakteriyaga o’tadi.
Transduktsiya
– bakteriofag yordamida donor DNK si retsipient hujayrasiga
ko’chib o’tishidir.
Konyugatsiya
– genetik materialni hujayradan hujayraga berilishi
mikroorganizmlarni to’gridan to’gri kontakt usuli bilan amalga oshadi. Buning
natijasida retsipientning bir yoki bir nechta xossalari o’zgaradi. Yangi dorivor
moddalar yaratish uchun xizmat qiladigan mikroorganizmlar kulturasini yaratish
uchun gen injeneriyasi yangi imkoniyatlar beradi. Gen injeneriyasi yordamida
interferon olingan. Buning uchun odam oqsillarini kontrol qiladigan (globulin,
insulin) genomida genlar joylashgan E.coli shtammlariga olingan interferonning
virusga qarshi aktivligi tekshirilgan, uni ko’p miqdorda sezilarsiz darajadagi
Bakteriyalarga fizik faktorlarning ta'siri: Bakteriyalarning hayoti tashqi muhit
sharoiti bilan doimo aloqada bo’ladi. Tashqi muhit sharoitlari bakteriyalarga ijobiy,
ba'zilariga ulim xolatiga ta'sir etadi. Mikroblar olami bilan tashqi muhit o’rtasidagi
aloqani o’rganish katta ahamiyatga ega. Temperatura ta'siri: Fizik faktorlar orasida
temperatura alohida o’rin egallaydi. Mikroblarning hayotiy faoliyati faqat ma'lum
bir temperatura sharoitida bo’ladi. 3 ta kardinal temperatura nuqtalari tafovut etiladi:
Minimizm, o’timizm va taksilizm. pastki va yuqorigi hosilalar orasida
mikroblarning hayot faoliyatlari bo’ladi, o’timizm temperatura berilgan tur uchun
fiziologik sharoit bo’ladi. Patogen mikroblar uchun, odam organizmiga
moslashganlariga optimizm temperatura 37°C. Maksimal va minimal temperaturalar
orasidagi juda ko’p mikroblar uchun 40-45°C. Har xil bakteriyalar uchun
temperatura chegarasi har hil. Sovuq sevar mikroblar (psixrofillar) past
temperaturalarda ko’payadi. Issiqsevar mikroblar (termofili) juda yuqori
temperaturalarda ko’payadi, ya'ni 70-75
o
C. Oraliq umumiy gruppani mezofillar,
ya'ni o`rtacha temperaturalarda o`suvchi, ko’payuvchi mikroblar tashkil etadi.
Bacillus turkumi turlari. Aerob spora hosil qiluvchi bakteriyalardan
fitopatogenlar sonini kamaytirish yoki ulami yo'qotishga mo'ljallangan biologik
agent sifatida eng muhim tur - Bacillus subtilis (Ehrenberg) Cohn. hisoblanadi.
Keyingi yillarda o'simliklami himoya qilish uchun Bacillus mycoides, Bacillus
cereus va boshqa batsillalami qo'lIash mumkinligi haqida ma'lumotlar olingan.
Bakterial agentlarni ayni paytda ham hasharotlar, ham fitopatogenlarga qarshi
qo'lIash imkoniyati mavjudligi tufayli, katta qiziqish uyg'otadi
Do'stlaringiz bilan baham: |