Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»


Quyi oziqa muhitida mikroorgonizmlarni kultivirlash



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/113
Sana26.02.2022
Hajmi3,27 Mb.
#465174
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Bog'liq
majmua Sanoat mikrobiologiyasi 2021

Quyi oziqa muhitida mikroorgonizmlarni kultivirlash 
Ushbu uslub ozuqa muhitini yuqori qismida mikroorgonizmlarni o’stirib 
ferment preparatlari olishning uslublariga qaraganda bir muncha ustunliklarga ega 
hisoblanadi. Bular jarayonning avtomatlashtirilishini onsonligi, uzluksiz ishlab 
chiqarish jarayonini amalga oshirilishi, og’ir qo’l ishiga ega bo’lmasligi, ishlab 
chiqarish maydonining ko’p egallamasligi va yuqori aktivlikka, past ifloslanish 
darajasiga ega bo’lgan ferment preparatlari olinishi bilan samarali hisoblanadi. 
Mikroorgonizmlarni quyi ozuqa muhitida o’stirib, ferment preparatlari olish 
jarayoni vertical sig’imli fermentyorlarda olib boriladi. Fermentatorga asosiy 
qo’yiladigan talablardan biri fermentator aerasiyalar usqurmalari bilan jihozlangan 
bo’lishidadir. Kutivirlash jarayonida ozuqa muhitining 3 ta suyuq, qattiq va gaz 
fazalarida jarayon boradi. Bunday sistemada massa almashinish jarayonlari qiyin 
borib, butun fermentyor bo’ylab jarayonlarning borishini nazorat qilish qiyinlashadi. 
Barcha mavjud fermentatorlarni aralashtirish va aerasiya qilish amallariga 
ko’ra 3 guruhga bo’lishimiz mumkin. Kombinirlangan yani mexanik 


aralashtirgichli; barbataj aerasiyali; enjeksion aerasiyalovchilarga, bunda gaz fazaga 
energiya sarflab, barbotajlab aralashtiriladi. Ferment ishlab chiqarish sanoati uchun 
birinchi turdagi fermentyorning aseptic jarayonlar uchun qo’llanilishi muhim 
sanaladi. Ushbu turdagi fermentyorlar o’ziga hos silindr shaklda bo’lib, aralshtirish, 
cho’ktirish, issiqlik almashinish qurilmasining germetikligi afzalliklari bilan boshqa 
fermentyorlardan ajralib turadi. Fermentatorning aralashtirgichlari, ko’pik 
pasaytiruvchi qurilmalari bilan birgalikdagi maksimal xajmi 2000 m
3
ni tashkil 
qiladi. “Xemap” firmasi o’zining 360-400 m
3
xajmli innovasion fermentyorlari bilan 
jihozlangan. Xozirgi kunda Rossiyada ishlab chiqarilgan germetik, mexanik 
aralashtirgichlariga ega bo’lgan 50-100 m
3
sig’imli fermentatorlar ferment ishlab 
chiqarish korxonalarida keng tarqalgan. Bundan tashqari GDR da ishlab chiqarilgan 
63 m
3
sig’imli fermentyorlar ham sanoat miqiyosida ferment ishlab chiqarish 
korxonalarida ishlatilayapdi.
Ushbu uskunalar uchun ishchi bosim 0,25 MPa ni, sterilizasiya harorati esa 120-140 
0
C
ni tashkil qiladi. Kulturalarning infeksiyalardan saqlash maqsadida aralashtirgich 
vallari germetik berkitilgan va sterillanish imkoniyatiga egadir.
Kultivirlash jarayonida sterillikni ta’minlash uchun fermentatorning boshqa 
uskunalar bilan biriktirlgan joylarini sterillanishining ta’minlanishi infeksiyalardan 
saqlagan holda jarayonni borishini ta’minlaydi.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki uskunaning montaj sxemalari mahsus 
elementlardan yasalgan. Buni 3 va 5 termik zatvorlar orasidagi “sedla-klapan” 
lardan ham bilish mumkin. Bunday uskunalarning joylanishi fermentasiya 
jarayonida tashqaridan infeksiyalar tushishini oldini oladi. 
Montaj sxemalari shunday qilinishi kerakki, fermentator uskunasining 
xamma elementlariga sterillanishi uchun bir hil haroratdagi bug’ kirishi talab etiladi. 
Shunday bo’lsada amalda ish jaraynida ayrim qismlar to’liq sterillanishdan holi 
bo’lib qolayapdi. Bu qismlarga kichik shtuserlar kiradi. Bundan tashqari namuna 
olgich 4, qayta ishlangan havoni chiqarish quvuri 2 larni ham misol keltirish 
mumkin. Ochiq quvurlar bosim ostida sterillash jarayonlarini olib boorish 


imkoniyatlaridan cheklangan hisoblanadi. Namuna olish idishlari, suyuqlik quyish 
idishlari ham sterillash jarayonlarida qiyinchiliklar tug’diradi.
Ochiq quvur shtuserlariga shuningdek sterillangan ozuqa muhiti 
haydalishidan oldin uzoq muddat sterillanishi kerak. 
Kultivirlash jarayonida asosan ko’pik ajralishiga, ferment ajralishiga, 
biomassadagi produsentlarning holatiga, pH muhitiga, ozuqa muhitini ayrim tashkil 
qiluvchi komponentlari va boshqalar nazorat qilinib, turiladi. Kultivirlash jarayoni 
tugagandan keyin eritma kerakli spirt ishlab chiqarish sanoati, pivo ishlab chiqarish 
sanoati, glyukoza ishlab chiqarish sanoati kabi sanoatlarga yuboriladi yoki ferment 
ishlab chiqarish uchun tozalash jarayonlariga beriladi. Biomassalar esa qayta 
tozalanib regenerasiyalanib, kultivirlash jarayonlariga qayta beriladi.
Ushbu amallar mikroorgonizmlarni oziqa muhitining quyi va yuqori 
uslublarida umumiy texnologiyalar asosida olib boriladi. Bular quyidagilar: o’sish 
materialini tayyorlash, ozuqa muxitini tayyorlash, uni sterillash, sovutish, ekish va 
o’stirish. Biroq kultivirlash uslublarining turli tuman bo’lishiga qarab, har hil 
texnologik sxemalardan foydalaniladi.
Mikroorgonizmlarni quyi va yuqori ozuqa muhitlarida o’stirish 
texnologiyasi deyarli bir-biridan farq qilmaydi, faqat aero va anaerob 
mikroorgonizmlardan ferment preparatlari olishda biroz farq bo’ladi. Anaerob 
mikroorgonizmlar o’stirilganda havo tozalash jarayoni bo’lmaydi va 
aralashtirgichsiz fermentyorlardan foydalaniladi. 
Siklon 1 dan quvurli konveyyer 2 orqali 3 bukkerga beriladi, ulardan 
quvurkonveyyer 4 orqali 5 tarozilarga beriladi. Agar tarkibiga tuz yoki boshqa 
komponentlasr kamroq miqdorda solinishi talab etilsa, shnek 6 ga boradi, 
xarakatlanuvchi sochiluvchan materiallar 7 noriyaga boradi. Noriya orqali 
homashyolardan ozuqa muhiti tayyorlash uchun aralashtirgich 8 ga beriladi. Bu 
yerga qo’shimcha ravishda suv va suyuq komponentlar o’lchanilgan holda 
dozatorlar orqali yuboriladi. 
Tuzlar erishi va kraxmal kleystrlanishi uchun ozuqa muhiti qizdiriladi. 
Qizdirilgan ozuqa muhiti 30 nasos orqali sistemali sterilizator 22 ga, so’ngra 140 C 


haroratda bir hil ushlab turish uchun issiqlik almashinish uskunasi 23 ga beriladi. 
Steril ozuqa muhiti issiqlik almashinish uskunasi 24 ga beriladi va toza steril 
fermentator 25 ga yuboriladi. Fermentator fermentasiya jarayonida ko’pik hosil 
qilsh hususiyatidan kelib chiqqan holda umuiy hajmning 65-75% to’ldiriladi. 
Achitqilar achitqi tayyorlash sexida tayyorlanib, buning uchun alohida 
sig’im 9 ajratiladi. Qizdirish orqali 9 nasos bilanekish uchun 16sig’imga haydaladi 
va 19 sovutgich orqali sovutilib, 25 fermentatorga beriladi. Kutivirlash jarayonida
payti-payti bilan ko’pikdan halos qilinadi. Ko’pik tindirgich 12 uskuna orqali 
sterillanadi, so’ngra sovutilib, 14 o’lchagichdan o’tqazilgan 
holda 
fermentatorga yuboriladi. Fermentasiya jarayonida suyuqlik tozalangan havo 
yordamida aerasiyalanadi, 80-22
o
C da qayta ishlangan havo compressor orqali 11 
shisha paxta bilan to’ldirilgan filtrdan o’tadi. So’ngra tozalangan havo sovutilib 13, 
15, 17, 20, 26 mayin filtrlardan o’tqaziladi va ekish uchun 16, 19 uskunalari orqali 
25 fermentatorga keladi. Ishlatilgan havo yana 18, 21, 27 filtrlar orqali filtrlanib, 
atmosfera xavosiga chiqarib yuboriladi. Tayyor ekilgan suyuqlik 30 nasos yoki o’z 
oqimi orqali aralashtirilgan holda 28 issiqlik almashinish uskunasiga berilib 
sovutilgan holda 29 sig’imga beriladi. Sovutish jarayoning ahamiyati shundaki 
butun suyuqlik massasini birdaniga qayta ishlab bo’lmaydi, sovutish jarayoni esa 
suyuqlikning uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi. 29sig’im orqali asta sekin 
sovutilgan suyuqlik filtrlash jarayoniga beriladi. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish