84
VII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING
ELEMENTLARI
Reja:
7.1
O‘zbekiston Respublikasida pul tizimi va uning rivojlanish tarixi.
7.2
O‘zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi
va uning elementlari.
7.3 O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi barqarorligini ta’minlash
omillari.
Tayanch iboralar:
pul
tizimi, Markaziy bank, milliy valyuta, so‘m-kupon,
kupon, so‘m, pul tizimi elementlari, milliy va jahon valyuta tizimi, tamoyillari,
turlari, pul tizimi barqarorligi.
7.1
O‘zbekiston Respublikasida pul tizimi va uning rivojlanish tarixi
O‘zbekiston zamini va xalqi oldindan mukammal tarixga, sohalar bo‘yicha
o‘z mustaqil tizimiga ega bo‘lgan. Shuning uchun biz qisqacha pul tizimimizning
tarixi to‘g‘risida to‘xtalmoqchimiz.
Ba’zi manbalarda
keltirilishiga qaraganda, O‘rta Osiyoda birinchi pullar
Iskandar Zulqarnayn davrida miloddan avval 261 - 250 yillarda chiqarila
boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi zaminida, ya’ni Buxoro davlatida birinchi metall pullar
zarb qilingan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida savdo-sotiqda pul
birligi sifatida bug‘doy va qog‘oz material ishlatilgan.
Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700 yillarda zarb qilingan. Bu pullar
kumush tangalar bo‘lib, Buxoro davlati shohi Kana Buxoro Xudot tomonidan
chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo‘lgan toza kumushdan zarb qilingan.
Tanga o‘rtasida shohning tasviri va uning atrofiga Qur’on oyatlaridan yozilgan. Bu
kumush pullar «dirham» deb atalgan. Buxoro Xudot 40 yil davlatni boshqargandan
keyin, taxtga xalifa Abu Bakr Siddiq o‘tirgan. Abu Bakr, keyinchalik shoh Horun
ar-Rashid davrida Buxoro davlatida pul tizimi barqaror bo‘lib, savdo ko‘proq
dirhamlarda olib borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham o‘zining kumush
tangalarini muomalaga kiritgan. Lekin aholi ko‘proq dirhamlar bilan savdo olib
borishni afzal ko‘rgan. Dirhamlarga bo‘lgan talabning oshishi, Buxoro davlatining
ko‘pgina boshqa mamlakatlar bilan savdo olib borishi
hamda dirhamlarning juda
yuqori proba va sifatga ega bo‘lishi asta - sekinlik bilan ularning muomaladan
yo‘qolishiga olib kelgan.
801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini barqarorlashtirish
maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va mis, har xil metall
qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu pullar xalq orasida
«gidrifi»lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga qaraganda sifati past
va kumush temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda bo‘lgan.
Bu pullar aholi
orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning uchun davlat oldingi pulga
nisbatan yangi kumush gidrifining majburiy kursini belgilab qo‘ygan, ya’ni 6
gidrifi 1 dirhamga tenglashtirilgan va asta-sekinlik bilan soliq va to‘lovlarni faqat
gidrifida olishni joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga tenglashtirishga
85
erishilgan. Davlat tomonidan har xil soliq va to‘lovlarni faqat gidrifida to‘lashni
joriy qilish natijasida 822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70 gidrifiga, 1 gidrifi
tillo 7,5 gidrifi kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda Mahak Qasrida
zarb qilingan.
Shuni ta’kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo bo‘lgan
metall pullar dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha bo‘laklarga
bo‘linib muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko‘rsatganki, rus davlatida IX-X
asrda savdoda qo‘llanilgan dirhamlar 40 bo‘lakka bo‘linib, har bir kumush
bo‘lakchasi pul birligi sifatida ishlatilgan.
Keyinchalik rus davlatiga, yevropa
davlatlari metall pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina Kiyev knyazi
Vladimir tomonidan birinchi rus tangalari «grivni» zarb qilingan.
X asrning o‘rtalari (943-954 yillar)da Ismoil Somoniy davrida Buxoro
davlati maydoni kengayib hozirgi O‘rta Osiyo davlatlarini qariyb barcha
maydonini o‘z ichiga olgan va u uch hamda undan ortiq yevropa mamlakati
maydoniga teng kelgan.
Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivojlangan. Muomalaga
yana sifatli kumush tangalar – dirhamlar, oltin pullar kiritilgan.
Bu pullar
muomalada donalab va og‘irligi o‘lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati yevropa
davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush
tangalar yevropa va Rus davlatiga oqib o‘tgan va biz yuqorida ta’kidlaganimizdek,
Rus davlati bu dirhamlarni bo‘laklarga bo‘lib, pul birligi sifatida muomalada
ishlatgan.
XI asrda somoniylar davlatidan turklarning o‘rin olishi pul muomalasini ham
o‘zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy elementi sifatida
saqlanib qoldi.
XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshohlar,
keyinchalik Temuriylar
davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko‘plab zarb qilingan.
Shayboniyxon davrida (1507 yilda) pul islohoti o‘tkazilib, cheklangan miqdorda
muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar
chiqarilgan. Oltin tangalar «tillo», kumush tanga «tanga», mis tanga «dinor» deb
nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo‘lib «pul» deb
nomlangan.
Temuriylar davrida «amiri» dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning
vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo‘lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini
kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan.
O‘zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda
Buxoroda o‘tkazilgan pul islohotidir. Bu islohot
shoh Ubaydullaxon tomonidan
o‘tkazilgan bo‘lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda
kumush miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo‘lgan va ular davlatning urush
bilan bog‘liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush
tanganing og‘irligi 1 misqolga teng bo‘lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga
4 ga bo‘linib, endi to‘rt kumush tanga zarb qilingan va ularni har birining vazni 1
misqolga teng bo‘lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi
pullar «yaxshi» va «yomon» pullarga bo‘lingan. 1 misqol 24 nuxudga
86
tenglashtirilgan, ya’ni 24 nuxud = 1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng
bo‘lgan.
Ubaydullaxon o‘tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi
kumush miqdorini eng minimal
darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va
undan keyin amaliyotda qo‘llanilgan emas. Bu to‘g‘rida quyidagi jadval
ma’lumotlariga murojaat qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: