Bank ishi va investitsiyalar


 “Pul tizimi” ni tashkil qilish shart-sharoitlari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
6.3. “Pul tizimi” ni tashkil qilish shart-sharoitlari.
Tizim deganda o‘zaro bog‘liq elementlarning birligi tushuniladi.
Pul tizimi – bu bir biri bilan o‘zaro bog‘liq holda harakatlanuvchi va pul 
tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig‘indisidir. 
Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul 
muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. 
Pul tizimini ob’ektiv va sub’ektiv asoslari mavjud. Pul tizimining ob’ektiv 
asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul 
tizimining sub’ektiv asoslariga to‘lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan 
foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud: 
1.
Funksional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul 
muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig‘indisidir.
2.
Institutsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini 
tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig‘indisidir. Bunday 
institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi 
muassasalar kiradi.
Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi: 
1.
Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining 
barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to‘liq bajarilishini ta’minlash 


75 
tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul 
mablag‘lariga bo‘lgan talabini o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
2.
Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik prinsipi. XX asrning 
70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi. 
Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 
unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. 
Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-
1978- yillarda bo‘lib o‘tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni 
demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to‘lov vositasi sifatida foydalanishni 
ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo‘ldi, eng oxirgi 
davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda 
muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.
3.
Pul aylanmasini rejalashtirish va prognoz qilish prinsipi. 
4.
Pul aylanmasini nazorat qilish prinsipi.
Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapitalistik usulining yuzaga 
kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo‘lsa ham, 
uning ayrim elementlari bundan ancha oldin paydo bo‘lgan. Tovar-pul 
munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul 
tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog‘liq, ya’ni umumiy 
ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo‘lishiga qarab quyidagicha 
pul tizimlar mavjud bo‘lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari.
2. Qog‘oz va kredit pullar muomalasi tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo‘ladi va pulning barcha 
funksiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog‘oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog‘oz pullar muomalasi 
tizimi yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul 
muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetallizm va monometallizm pul 
tizimlariga bo‘linadi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish