Bank ishi va investitsiyalar


 Pul tizimining elementlari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
6.2. Pul tizimining elementlari 
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: pul birligi; 
valyuta kursini o‘rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko‘rinishlari; emissiya 
tizimi; davlat yoki kredit apparati. 
Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir. 
Pul biriligi - qonuniy tarzda o‘rnatilgan pul belgisi bo‘lib, barcha tovarlar 
bahosini o‘zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko‘pincha pul biriligi 
mayda bo‘linuvchi qismlarga ajraladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda 
o‘nlik
bo‘linish 
tizimi o‘rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 sentga, 1 funt sterling - 
100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va h.k) 
Rasman baholar masshtabi o‘zining iqtisodiy ma’nosini davlat monopolistik 
kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to‘xtatilgandan 
so‘ng yo‘qotdi. 1976-1978 yilda o‘tkazilagan Yamayka valyuta islohoti natijasida 
oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi. 
Qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan pul ko‘rinishlari - bular asosan bank kredit 
biletlari, qog‘oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQSh da 
muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. 
Xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 
sentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 
1 f. st., 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 
shilling tagalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan 
mamlakatlarda 
asosan 
bank 
biletlari 
chiqarilsa, 
qator 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ko‘proq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, 
Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Xindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina 
biletlari chiqariladi. 
Respublika hukumati tomonidan iqtisodiy mustaqillikka erishish borasida 
qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan 
o‘zgartirishda, shu jumladan an’anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va 
mamlakat ichida nisbatan yuqori darajadagi qo‘shilgan qiymat hosil qilishga qodir 
bo‘lgan yangi tarmoqlarni tashkil etishda yaqqol ko‘zga tashlandi. Mazkur chora-
tadbirlar oxir-oqibatda milliy pul tizimini shakllantirish va iqtisodiyotda 
islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirishning poydevori bo‘lib xizmat 
qildi. 


74 
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko‘rsatilgan 
variantlari 
tahlili 
asosida 
dastlab 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida 
so‘m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 
1993 yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida “so‘m-kupon” 1 so‘m - 1 
rubl nisbatda muomalaga kiritildi. 
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi 
rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. 
Bu iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich 
boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborni 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish va iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi. 
Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch va vositalari mustaqil 
pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, tijorat banklari 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, samarali to‘lov tizimini yo‘lga 
qo‘yishga erishishga yo‘naltirildi. 
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi 
takomillashtirildi. 1995 yili “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida”gi Qonuni va 1996 yili O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul 
tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, 
aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo‘lgan ishonchini 
mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o‘sishni hamda xalq farovonligini 
oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish