Bank ishi va investitsiyalar


-jadval  Yaratilgan tangalar va ulardagi kumush miqdori



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

7.1-jadval 
Yaratilgan tangalar va ulardagi kumush miqdori 
Yillar 
Tangadagi kumush miqdori - % 
1608-1610 
90 

1615-1623 
80 

1617-1678 
70 

1699-1700 
35 

Ubaydullaxon davrida 
22,5 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tanganing kumush miqdori 90 foizdan 
Ubaydulla – Bahodirxon davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya’ni tangalarning sifati 
tushib borgan.
Qariyb yuz yillardan keyin, XVIII asr o‘rtalarida Muhammad Rahimxon 
davrida tangadagi kumush miqdori 30%gacha oshirilgan. XVIII asrning oxiri XIX 
asrni boshlariga kelib, Buxoro davlati yana yuqori sifatli pul tizimiga ega bo‘lgan.
Rossiyaning O‘rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar 
qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O‘ra tepa, Jizzax, Samarqand, 
Kattaqo‘rg‘on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufi o‘tgan. Buxoro amiri 
Rossiya bilan do‘stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo‘lib 
o‘zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib 
borgan.
O‘sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo 
Rossiyaning 6 rubl 80 kopeyek, 1 tanga (kumush) 15 kopeyekka, 1 mis tanga - 
(mira) 4 kopeyekka, pul 1/4 kopeyekka tenglashtirilgan. Muomalada ko‘proq 
kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeyekdan 20 kopeyekkacha 
o‘zgarib turgan.
O‘tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo‘qonda, keyinchalik, 
Buxoroda o‘z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit 
biletlari kirib kelgan.
Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko‘ra kredit biletlari juda mashhur 
bo‘lgan. Buxoro beklariga amirga to‘laydigan soliq va boshqa to‘lov, in’omlarini 
kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko‘ra, kredit biletlarda olib kelish 
arzon va oson bo‘lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga 
almashtirilgan. Rus banklarida kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan. 
Ular Rossiyaga jo‘natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus 
kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Buxoro tangasi 84 foizli 
probadagi kumushdan tayyorlangani uchun rus kumush tangasidan ancha sifatli 
bo‘lgan va u qayta ishlanganda bir Buxoro tangasidan bir necha rus tangasi zarb 
qilingan. Bu esa Rossiya xazinasiga juda katta foyda keltirgan.


87 
Hisob-kitoblarni olib borishda, tilloni rublga aylantirishda qiyinchiliklar 
bo‘lgani uchun Rossiya davlati Buxoro davlati pul tizimini Rossiyaga birlashtirish 
to‘g‘risidagi masalani qo‘ygan. Rossiya Moliya vazirligi tomonidan Buxoro davlati 
pulining loyihasi ishlab chiqilgan. Unga asosan chiqariladigan pul 15 kopeyekka 
teng bo‘lib, uning bir tomonida Rossiya hukumat belgisi tasviri ikkinchi tomonida 
Buxoro davlati belgisi, tasviri, bo‘lishi kerak edi. Lekin Buxoro amirining xizmati 
tufayli bu ish amalga oshmasdan qolib ketgan.
1923-24 yillargacha Buxoro o‘zining pul birligini saqlab qolgan. 
Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishi natijasida XX asrning boshlarida 
Turkistonda rus kredit biletlari, mahalliy veksellar, keyinchalik sovznaklar, 
«Turkbon»lar, chervonetslar muomalada bo‘lgan. 20-yillarining o‘rtalaridan 
boshlab yagona pul tizimi barpo qilinib, Sobiq SSSR hududida rubl pul birligi 
sifatida qabul qilingan va mustaqillikacha pul muomalasi shu pul birligida olib 
borilgan. 
 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish