Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki
(XRTB)
Jahon banki singari
keng tanilgan bo‘lib, Gurux asosiy kredit muassasalaridan hisoblanadi. U aholisi
jon boshiga o‘rta darajada daromad ko‘ruvchi rivojlanayotgan davlatlarni
rivojlantirish loyihalarida eng yirik kreditor hisoblanadi.
So‘nggi yillarda uning
a’zolari 182 mamlakat banklari bo‘lib, bu bank a’zosi bo‘lish uchun avval Xalqaro
valyuta fondiga a’zo bo‘lishlari kerak. Bank asosan, mablag‘larni hamkorlik yo‘li
bilan xalqaro kapitallar bozoridan oladi. Bankning barcha qarzlarini a’zo
davlatlarning xukumatlari kafolatlashi kerak. Bank rivojlanayotgan mamlakatlarga
har olti oyda o‘zgarib turadigan foiz stavka asosida (6 % atrofida) qarz ajratadi va
tartibga muvofiq, 15-20 yilga qarzlarni taqdim etadi.
Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasi (XRA)
1960 yilda tashkil etilgan
bo‘lib, Xalqaro banklar rekonstruksiyasi va rivojlanlanishi bankidan qarz olish
imkoniyatlari
bo‘lmagan eng qashshoq davlatlarga yordam ko‘rsatadi.
Assotsiatsiya so‘ndirish muddati 30 – 40 yil bo‘lgan foizsiz qarzlarni taqdim etadi.
Bu Assotsiatsiyaga 160 mamlakat a’zo. Aholi jon boshiga 835 AQSh dollaridan
oshmagan yillik daromadga ega mamlakatlar Assotsiatsiyadan qarz olish huquqiga
egadirlar. Kreditlar badavlat mamlakatlarning badallari va XRTB ning foydalari
hisobiga, shuningdek, Assotsiatsiyaning oldin berilgan va so‘ndirilayotgan kredit
summalari hisobiga ta’minlanadi. XRTB tomonidan beriladigan qarzlarga o‘xshab,
Assotsiatsiya kreditlari beg‘araz kreditlar asosida ajratilmaydi. Ularni muddatida
qaytarishlik majburiyati olinadi. XRTBdan o‘zining huquqiy mustaqilligiga ega
bo‘lishiga qaramasdan, Assotsiatsiya huddi XRTB ga o‘xshab personallar,
inshootlar va texnik mablag‘lardan foydalanadi.
Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK)
1956 yilda bo‘lib, rivojlanayotgan
davlatlarning xususiy sektorlar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida tashkil
etilgan. Bu tashkilot xususiy sektorlarning loyihalarini moliyalashtirish ishlari,
shuningdek, bu rivojlanayotgan davlatlar kompaniyalariga xalqaro moliya
bozorlaridan moliyalarini ko‘paytirishda yordam ko‘rsatish, maslahat berish va
shunga o‘xshash xizmatlar uchun mavjuddir. Foiz stavkasi mamlakat holati va
loyihaga qarab belgilanadi, qarzlarni so‘ndirish esa 3-15 yil ichiga belgilanadi.
XMK deyarli 80 % moliyaviy mablag‘larini xalqaro moliya bozoridan ta’minlaydi,
20 % mablag‘larini esa XRTB bilan o‘zaro sherikchilikdan ta’minlaydi. Bu
tashkilotga a’zo davlatlar (egalari) soni bugungi kunda 174 taga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |