Bank ishi va investitsiyalar


O‘zbekistonning xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

19.5 O‘zbekistonning xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan 
munosabatlarining rivojlanishi. 
1990 yillarning boshida Sobiq Sovet Ittifoqi tugagandan keyin Mustaqil 
Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilib, uning a’zo davlatlarining qator xo‘jalik 
faoliyatlarida demonopolizatsiya jarayonlari va iqtisodiy tizimda sezilarli 
o‘zgarishlar amalga oshirildi hamda tamoyilial jihatdan yangi bozor institutlari 
yaratildi. MDH mamlakatlari iqtisodini liberallashuv darajasi turlicha bo‘lishiga 
qaramay, amalga oshirilgan transformatsiya u yoki bu darajada moliya sohasiga 
ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Xususan, bank sohasidagi bozor islohotlari bank 
tizimida ikki pog‘onali bank sektorini paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu 
o‘zgarishlar markaziy bank va tijorat kredit muassasalari to‘g‘risidagi qonunlar 
bilan mustahkamlandi. Davlat banklari, aksionerlik banklarga, ba’zi bir davlatlarda 
ular to‘liq xususiylashtirildi. Bozorga asoslangan xo‘jalik yaratish bilan bir 
qatorda, tashqi raqobat uchun iqtisodiyotni ochishga harakat ham qilib ko‘rildi. 
Xususiy tijorat banklari hamda xorijiy kapital ishtiroki bilan kredit muassasalari 
ta’sis etilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. 
MDH davrida bank tizimida har bir davlat o‘z manfaati yo‘nalishida 
mustaqil islohotlar o‘tkazildi va hamma a’zo davlatlar o‘z-o‘zicha rivojlana 
boshladi. Vaholanki, ko‘pgina MDH davlatlari Rossiya tajribasidan nusxa olishdi, 
ular bir-birlari bilan o‘zaro integrallashish o‘rniga, nisbatan xalqaro bozor bilan 
integrallashishga harakat qilishdi. Hamdo‘stlik davlatlari bank tizimining milliy 
xususiyatlarini inobatga olib va makroiqtisodiy reallikdan kelib chiqib 
transformatsiya bo‘lishi ular o‘rtasidagi tafovutni miqdori va tuzilish tarkibi 
bo‘yicha o‘ta farqlanishga olib keldi.
Keyingi o‘n yillikda xorijiy kapital bilan tuzilgan banklarni MDH 
davlatlarida 
rivojlanishini 
faollashayotganligini 
kuzatish 
mumkin. 
Lekin 
Hamdo‘stlik davlatlarida xorijiy kapital bilan tuzilgan banklarning tutgan o‘rni 
turlichadir. Agar ba’zi bir davlatlarda (Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova) norezident 
ishtirokidagi banklar milliy bank xizmatlari bozorida yuqori o‘rinni egallasa
nisbatan yirik bank tizimiga ega bo‘lgan davlatlarda keyingi yillarda xalqaro 
kapital mahalliy kredit tashkilotlarini yutib yuborish hisobidan o‘z ishtirokini 
faollashtirishni boshlab yubordi. 
MDH davlatlaridagi banklarning ko‘pchiligi davlatlarga kiritilayotgan 
investitsiyalarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullansa, keyingi paytda hamkorlikda 
(YeRTB) qishloq xo‘jaligini kichik kreditlash, kichik va o‘rta korxonalarni kredit 
yo‘li bilan qo‘llab quvvatlash bilan ham shug‘ullanmoqda. 


251 
Shu o‘rinda Xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, tarkibiy tuzilishi, 
funksiyalari, miqdori va ularning har bir bo‘g‘inining bir-biri bilan chambarchas 
bog‘liqligini batafsil tushunib yetsak, xalqaro moliya bozori to‘g‘risida yanada 
yaqqolroq tasavvur va tushuncha paydo bo‘ladi. 
Xalqaro valyuta oqimi xalqaro moliya tizimining asosi bo‘lib hisoblanadi, u 
Jahon tovar ayirboshlash xo‘jaligini amal qilish jarayonida sodir bo‘ladi va milliy 
xo‘jalik faoliyati natijalarining o‘zaro almashinuviga xizmat qiladi. Shu nuqtai 
nazardan, xalqaro moliya tizimi, xalqaro moliyaviy bozor ishtirokchilari o‘rtasida 
xorijiy valyuta oqimi tizimini anglatadi. 
Demak, xalqaro moliya tizimi moddiy ishlab chiqarish sohasiga va Jahon 
yalpi ijtimoiy mahsulotini taqsimlash, qayta taqsimlash, almashish va iste’mol 
qilish sohalariga xizmat ko‘rsatadi. Xalqaro moliya, xorijiy valyuta oqimi harakati 
sifatida, xalqaro miqyosda barcha sub’ektlarning ehtiyojini va manfaatlarining 
qondirilishini ta’minlaydi hamda unga keng miqyosda turli-tuman moliyaviy 
instrumentlar orqali xizmat ko‘rsatadi. 
Xalqaro xorijiy valyutalar oqimining harakati to‘rtta bosqichga bo‘linadi: 
valyutalarning paydo bo‘lishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va so‘ngi 
ishlatilishi. Xorijiy valyuta oqimining paydo bo‘lishi kompaniyalar Jahon bozorida 
o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni va xizmatlarni sotishdan hamda ishlarni 
bajarishdan tushgan valyuta tushumi sifatida paydo bo‘ladi. Xorijiy valyutada 
tushgan tushum ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi harajatlarga muvofiq 
taqsimlanadi. Oxirgi hisobda kompaniyalar xorijiy valyutada foyda oladi va u 
foyda 
mulkdorlar 
manfaatidan 
kelib 
chiqib 
taqsimlanadi. 
Dastlabki 
taqsimlanishdan keyin, xorijiy valyuta oqimining qayta taqsimlanish jarayoni 
boshlanadi: unda turli xil xalqaro tashkilotlarga, fondlarga milliy davlat budjetidan 
hamda yuridik va jismoniy shaxslarni xorijiy valyutadagi daromadidan badallar 
to‘lash usuli bilan davom etadi. Xorijiy valyuta oqimi oxirgi bosqichda to‘liq 
ishlatilishi bilan o‘z harakatini batamom tugallaydi.
Demak, xalqaro valyuta oqimi xalqaro moliya bozorida sodir bo‘ladi va 
uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1.
 
Xalqaro kredit bozori. 
2.
 
Xalqaro fond bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bozori. 
3.
 
Xalqaro investitsiya bozori. 
4.
 
Xalqaro valyuta bozori. 
5.
 
Xalqaro sug‘urta bozori. 
Yuqorida qayd etilgan xalqaro moliya bozorining har bir tarkibiy qismi bir-
biri bilan chambarchas bog‘langan va bir-biriga yaqindan xizmat ko‘rsatadi. Ularni 
tarkibida biron-bir salbiy yoki ijobiy holat sodir bo‘lsa, boshqalarining faoliyatiga 
o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. 
Ma’lumki bugungi davrda jahon moliya bozorlari quyidagi tuzilmadan 
tashkil topadi: 
- milliy va chet el valyutalarini o‘z ichiga olgan valyutalar bozori; 
- milliy va chet el qimmatli qog‘ozlarini o‘z ichiga olgan fond bozorlari; 
- milliy va xalqaro miqyosdagi munosabatlardan tashkil topgan kreditlar 
bozori; 


252 
- tovarlar bozori ko‘rinishidagi moliyaviy munosabatlarni tashkil etuvchi 
qimmatli metallar bozori. 
Bu moliyaviy bozorlarni bir-biri bilan bog‘lab turuvchi davlatlararo 
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarga to‘xtalish zarur deb hisoblaymiz. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish