Bank ishi va investitsiyalar


 Mintaqaviy taraqqiyot banklari. Yevropa tiklanish va taraqqiyot



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
19.3 Mintaqaviy taraqqiyot banklari. Yevropa tiklanish va taraqqiyot 
banki. Osiyo taraqqiyot banki. 
Yevropa tiklanish va rivojlanish banki (YeTRB) 1990 yil 29 mayda Bitim 
asosida tuzilgan xalqaro tashkilotdir. YeTRBning ta’sischilari bo‘lib 40 mamlakat 
– Albaniyadan tashqari xamma Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika, 
Marokko, Misr, Isroil, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, 
shuningdek, YeIK va Yevropa Investitsiya Banki xisoblanadi. SSSR, 
Chexoslovakiya va Yugoslaviya parchalanganidan keyin paydo bo‘lgan yangi 
davlatlar uning a’zolari bo‘lishdi. Uning a’zolari sifatida XVF a’zosi bo‘lgan xar 
qanday mamlakat bo‘lishi mumkin. 1994 yil 1 yanvar xolatiga YeTRB aksionerlari 
bo‘lib 57 mamlakat xisoblanadi. Bank shtab-kvartirasi Londonda joylashgan. 
YeTRB maqomi, imtiyozlari va immuniteti, YeTRB bilan Buyuk Britaniya va 
Shimoliy Irlandiya xukumatlari o‘rtasida shtab-kvartira to‘g‘risidagi bank 
operatsiyalari boshlangandan keyin, 1991 yilda 15 aprelda imzolangan Bitimda 
belgilab berilgan. 
39
С.Р. Моисeeв. Мeждународныe валютно-крeдитныe отношeния. Учeбное пособие. Москва. «Дeло и 
Сeрвис». 2003. 562 стр. 


243 
YeTRBning asosiy vazifasi – Yevropaning ilgari sotsialistik tuzumda 
bo‘lgan mamlakatlarini ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishiga 
ko‘mak berish, va shuningdek, xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini 
rivojlantirishdan iborat. YeTRB kreditlarining asosiy ob’ektlari bo‘lib, xususiy 
firmalar yoki xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari va shuningdek, xorijiy 
investitsiyali qo‘shma korxonalar kiritilgan yangidan tuzilayotgan kompaniyalar 
xisoblanadi. 
Bankning 
asosiy 
maqsadi 
mintaqada 
investitsiyalarni 
rag‘batlantirishdir.
YeTRB kreditlar va kafolatlar berishda, aksionerlik kapitaliga mablag‘larni 
sarmoyalashda boshqa investorlar va kreditorlar bilan xamkorlik qiladi. Bu faoliyat 
infrastrukturani yoki xususiy sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga 
yo‘naltirilgan davlat sektoridagi loyixalarni kreditlash bilan to‘ldirilishi kerak. 
Tuzilish maqsadlari va sabablari.
60-yillarda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi yirik mintaqaviy 
banklarning vujudga kelishi bir qator omillar bilan bog‘liqdir.
Ichki omillarga quyidagilar kiradi: 1) mustamlakachilik tizimining 
tugatilishi, jahon rivojlanishida rivojlanayotgan mamlakatlar rolining oshib borishi, 
yangi iqtisodiy tartiblar uchun ularning kurashi; 2) jahon banki guruxi tomonidan 
xar doim xam xisobga olinmaydigan mintaqalarning o‘ziga xos masalalarini xal 
etish zaruriyati; 3) chet el raqobatiga qarshi turish va milliy iqtisodiyot 
muammolarini birgalikda xal etish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlarning 
iqtisodiy integratsiyasini va mintaqaviy xamkorlikni rivojlantirish.
Tashqi omillar kuyidagilar xisoblanadi: 1) chet el xususiy investitsiyalari 
asosiy 
oqimining 
rivojlangan 
mamlakatlarga 
ko‘chib o‘tishi. Bunda 
rivojlanayotgan mamlakatlarda ularning o‘rniga davlat chet el investitsiyalari 
egallaydi, va davlat chet el investitsiyalari o‘rnini esa xalqaro investitsiyalar 
egallaydi; 2) sanoati rivojlangan mamlakatlarda "mintaqachilik" siyosati, ular ta’sir 
doirasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning birlashishiga ko‘maklashishga 
intilish. 
Umumiy o‘xshashlari va farqlari. 
 
Birinchidan, bu banklar rivojlanayotgan mamlakatlar extiyojlaridan kelib 
chiqadigan bir xil maqsadni ko‘zlab faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyati mintaqa 
rivojlanishining loyixalarini uzoq muddatli kreditlashni amalga oshirishga, 
mintaqaviy birlashmalarning mintaqaviy xamkorligiga va kreditlashga aloxida 
e’tibor berishga, mintaqaviy xususiyatlarni xisobga olgan xolda rivojlanishning 
strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgandir. 
Ikkinchidan, rivojlanish banklarining uchdan bir qismi – sanoati rivojlangan 
mamlakatlar. Rivojlanish bankining xar qanday qarori birgalikda 1

3 ovozga ega 
bo‘lgan AQSh tomonidan, Osiyo rivojlanish banki – Yaponiya va AQSh 
tomonidan to‘siqqa uchrashi mumkin. Dastlab nizom bo‘yicha Afrika rivojlanish 
bankining a’zolari faqat Afrika qit’asining mamlakatlari bo‘lishi mumkin edi.
Resurslar yetishmasligi tufayli AfRB 23 nomintaqaviy donor-mamlakatlar 
ishtirokida (ARF, 1972 yil) Afrika rivojlanish fondi degan o‘ziga xos filial tashkil 
etishga majbur bo‘ldi. 1982 yildan boshlab esa bank a’zoligiga sanoat rivojlangan 
mamlakatlar xam qabul qilinyapti.


244 
Har qanday moliyaviy tizim uchta elementdan tarkib topadi: 
- bevosita kreditlash jarayoni, likvidli mablag‘larni ayirboshlash va 
boshqalar amalga oshiradigan sarmoyalar bozorlari; 
- qarz majburiyatlari va tavakkalchiliklarni transformatsiya qilish yo‘li bilan 
bilvosita kreditlashni ta’minlaydigan bank sektori; 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eng kam xarajatlar va tavakkalchilik 
bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishga yordam beradigan to‘lov mexanizmi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish