237
shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon kapital bozoriga yetishish
muammolari, eksport kreditlari bo‘yicha kafolatlarini, 70-yillarning o‘rtalaridan
esa rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarz muammolari bilan shug‘ullanadi.
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi – Iqtisodiy kengash – Yevropa,
Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va
Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo rivojlanish bankini va Amerikaaro rivojlanish
bankini tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg‘armalar bu
tashkilotlarni to‘ldirib turadi.
"Marshall reja" sining amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda
tuzilgan Yevropa iqtisodiy xamkorligi tashkiloti keyinchalik Yevropa to‘lov
ittifoqining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan (1950-1958 yillar), 1961 yilda esa
iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (OESR, Parij) almashtirilgan.
Xozirda bu tashkilot o‘z ichiga 24 mamlakatni oladi, bu mamlakatlarning xissasiga
dunyo axolisining 16% va /arb dunyosi ishlab chiqarishning 3 dan 2 qismi to‘g‘ri
keladi. IXRT ramkasida 30 qo‘mita faoliyat ko‘rsatadi,
shu jumladan, eksport
kreditlari shartlarini kelishtirish (konsensus), to‘lov balansi muammolari. IXRT
maqsadi - erkin savdoga, yosh davlatlarning rivojlanishiga, a’zo mamlakatlarni
iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga ko‘maklashadi. IXRT –
o‘ziga xos klubdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun
fikrlar almashtirish va
iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish, valyuta-kredit va moliya siyosatini qo‘shgan
xolda, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, jahon iqtisodiyotining ekonometrik
andozalari asosida xalqaro qiyoslash va taxminlarning markazi xisoblanadi (yiliga
2 martadan).
Boshqacha aytganda, xalqaro tashkilotlar
revolyutsion va evolyutsion
ko‘rinishda rivojlangan.
Revolyutsion rivojlanish ikki ko‘rinishda:
Birinchi ko‘rinish – nazariy model amaliyotga o‘tkazildi. Xalqaro valyuta
fondi (XVF) urushdan so‘nggi harakatdagi valyutalar tuzilmaviy loyihasiga binoan
shakllantirilgan bo‘lib, Uayt G.D.(AQSh) va Keyns Dj.M.(B.Britaniya) tomonidan
qayta ishlangan. Institutlarning evolyutsion rivojlanishdan farqi shuki, revolyutsion
o‘zgarishda istalgan jarayonni jamiyatga tatbiq etishdir.
Ikkinchi ko‘rinishi – halqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud tashkilotlar bir-
biriga asoslanib biriktirib shakllantiriladi (bo‘limlari). Ular tarkibini xalqaro
tashkilotlarga kiruvchi davlatlararo moliya-kredit va valyuta munosabatlariga
xizmat qiluvchi turli moliyaviy institutlar tashkil etadi. Ulardan taniqli bo‘lgan –
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB),
mintaqaviy rivojlanish
banklaridan – Afrika tiklanish va taraqqiyot banki (ATB), Amerika xalqaro
rivojlanish banki (AXRB) va Osiyo rivojlanish banki (ORB) ni aytish mumkin.
Yevropa Ittifoqining mintaqaviy valyuta-kredit va moliya tashkilotlaridan masalan,
Yevropa investitsion banki, Xalqaro xisob-kitoblar banki, Yevropa Markaziy
banki. Bu muassasalar o‘zlarining maqsad, vazifalarida
turli masalalarni hal
etadilar, ular faoliyati esa global xarakterga ega.
Xalqaro tashkilotlar bugungi kunda ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy
yo‘nalishlarda turli tarkibda shakllangan holda faoliyat yuritib, ularning
238
evolyutsion rivojlanishi bosqichma –bosqich, davrma-davr yillar mobaynida asta
rivojlanib kelishi bilan izohlanadi.
Tashkilotlarning revolyutsion rivojlanishida siyosiy erkinlikning mavjudligi
evolyutsion rivojlanishdan farqini ko‘rsatadi, ya’ni davlat boshchilik roliga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: