G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Uyqu nazariyalari.
P. Pavlov uyquning muntazam nazariyasini ishlab 
chiqqan. Bu nazariyaga muvofiq, uyqu va ichki tormozlanish — ikkalasi bir 
jarayondir. Pavlov ta‘limotiga ko‗ra, uyqu katta yarim sharlar po‗stlog‗ini egallagan 
va po‗stloq ostidagi tugunlarga, oraliq miyaga, o‗rta miyaga tushgan, keng tarqalgan, 
irradiasiyalangan tormozlanishdir. Har xil shartli tormozlovchi ta‘sirotlar takror 
qo‗llanilganda it mudrab qolib, bir qancha hollarda chuqur uyquga ketishini, ayni 
vaqtda mushaklar to‗la bo‗shashuvini ko‗rsatib bergan tajribalar shunday xulosaga 
olib kelgan. 
Fiziologik uyqu vaqtida va shartli tormozlanishda elektroensefalogrammaning 
o‗zgarishlarini taqqoslab ko‗rish bu jarayonlarning tabiati bir, degan taxminning 
to‗g‗riligini tasdiqladi. 
Fiziologik uyquda ham, shartli tormozlanishda ham miya po‗stlog‗ining ishlash 
ritmi ancha susayadi. Tafovut faqat shundaki, shartli tormozlanishda miya 
po‗stlog‗ining shu shartli refleksni yuzaga chiqarishga bevosita aloqador bo‗lgan 
muayyan sohalaridagi ritmlar susayadi, uyqu vaqtida esa sust to‗lqinlar faolligi butun 
yarim sharlar po‗stlog‗ini egallaydi. 
Uyqu asab hujayralarini toliqtiruvchi ta‘sirlardan saqlab, muhim muhofaza 
rolini o‗ynaydi. Miya po‗stlog‗ining asab hujayralarida shunday muhofazaga zarurat 
kelib chiqishining sababi shuki, ular uzluksiz ravishda faollik holatida bo‗lib, ayni 
vaqtda energiyaga boy fosforli birikmalar, oqsillar va aminokislotalar parchalanadi. 
Harakat faolligi natijasida ionlar muvozanati o‗zgaradi (protoplazmada Na
+
ionlari 
to‗planib, K
+
ionlari yo‗qoladi), buning oqibatida tinchlik potensiali, 


186 
qo‗zg‗aluvchanlik darajasi, sinaptik potensiallar amplitudasi, harakat potensiallari va 
shunga o‗xshashlar o‗zgaradi. 
Davriy uyqu, ya‘ni katta yarim sharlar po‗stlog‗i va uning ostidagi oliy asab 
markazlarining sidirg‗a tormozlanishi ularning kelgusi faoliyati tiklanishini 
ta‘minlaydi. 
Hayvonlar va odamda tormozlovchi shartli signallar ta‘sirida kelib chiqadigan 
uyquni I. P. Pavlov faol uyqu deb atagan, uni katta yarim sharlar po‗stlog‗iga afferent 
impulslar kelmay qo‗yishi yoki juda kam kelishi natijasida kelib chiqadigan passiv 
uyquga qarshi qo‗ydi. 
Bedorlik holatining davom etishida afferent impulsasiyaning ahamiyatini I. M. 
Sechenovning o‗ziyoq to‗la ko‗rsatgan. U sezgi a‘zolarining ko‗p qismi zararlangan 
bemorlarda uzoq uyquning boshlanishini ko‗rsatuvchi misollarni klinik amaliyotda 
keltirib, hozirgina aytilgan faktni asoslab bergan. Masalan, Shtryumpel klinikasida 
bir bemorning hamma sezgi a‘zolaridan faqat bir ko‗zi bilan bir qulogi ishlardi. Ko‗zi 
ko‗rib, qulog‗i eshitib turganda bemor uxlamasdi. Ammo vrachlar bemorning tashqi 
olam bilan aloqa qiladigan birdan-bir yo‗li — bir ko‗zi bilan bir qulog‗ini yopib 
qo‗yishgan hamono u uxlab qolar edi. S. P. Botkin klinikasida kuzatilgan bir 
bemorning hamma sezgi a‘zolaridan faqat bir qo‗lining sezgi reseptorlari va mushak 
sezgisi reseptorlari ishlardi. Shu bemor sutkaning aksari vaqtida uxlab yotar va 
qo‗liga tegilgandagina uyg‗onib ketar edi. 
Uchta asosiy analizator: ko‗ruv, eshituv va hid biluv analizatorlarining 
periferik bo‗limlari operasiya qilinib yemirilsa, hayvonlar ham uxlab qolishi 
keyinchalik ko‗rsatib berilgan. V. S. Galkin itping ko‗ruv va hid biluv asablarini 
qirqib qo‗yib ichki quloqning ikkala chig‗anog‗ini yemirib tashlagan. It shunday 
operasiyadan keyin sutkasiga 23 soatdan ortiq uxlab yotgan. Qorni ochganda yoki 
to‗g‗ri ichak bilan qovuq reseptorlaridan impulslar kelgandagina qisqa vaqt uyg‗onib 
turgan. 
Ba‘zi klinisistlar va fiziologlar tomonidan ilgari surilgan uyqu markazi 
nazariyasi I. P. Pavlov nazariyasiga qarshi qo‗yildi. Mushuk miyasidagi stvol 


187 
qismining oldingi bo‗limlariga elektr toki bilan ta‘sir etib, muayyan nuqtalarning 
ta‘sirlanishi natijasida uyqu kelishini aniqlagan V. Gessning kuzatishlari uyqu 
markazi nazariyasining asosiy dalilidir. V. Gess kalla suyagini teshib, katta yarim 
sharlar orqali oraliq miyaning orqadagi qismiga ingichka elektrodlar kiritgan. 
Ko‗pgina tajribalarda elektr toki bilan ta‘sir etish natijasida mushuk uxlab qolar, bu 
uyqu normal uyqudan hech bir farq qilmas edi. Hayvon bir necha minut aylanib 
yurib, yotgani joy tanlar va normal mushuk singari hurillab turib, uxlab qolar edi. 
Ta‘sirot to‗xtagach, uyqu yana bir necha vaqt davom etardi. Kuchli ta‘sirotlar uyquni 
buza olar va oraliq miyaga qo‗yilgan elektrodlar orqali o‗tkazilgan elektr toki yana 
uyqu keltirar edi. 
Gessning ma‘lumotlari nevropatologlarning kuzatishlariga va letargik 
ensefalitdan o‗lgan kishilarning bosh miyasini gistologik metodlar bilan tekshirish 
natijalariga to‗la mos tushar edi. Uyqu buzilishi, ya‘ni ko‗p kunlik patologik uyqu 
yoki patologik tiyraklik letargik uyqu kasalligiga xarakterlidir. Bosh miya 
zararlanishining gistologik manzarasini tekshirgan Ekonomo patologik uyqu bilan 
davom etuvchi ensefalitda miya III qorinchasining orqa devorida va Silviy suv 
yo‗lining devorlarida, ya‘ni oraliq miya bilan o‗rta miya chegarasidagi sohada ro‗y 
bergan o‗zgarishlarni aniqlagan. Ekonomoning fikricha, uyquni boshqaruvchi markaz 
xuddi shu sohada joylashgan. Uyqu markazidan oldingi tomondagi sohani Ekonomo 
tiyraklik markazi deb hisoblagan. Bu markaz zararlanganda patologik, tiyraklik 
holati ro‗y beradi. 
Retikulyar formasiyaning funksional ahamiyati oydinlashtirilgach va katta 
yarim sharlar po‗stlog‗i bilan retikulyar formasiya o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sir 
aniqlangach, yuqorida aytilgan faktlarning hammasi yangicha izohlandi. O‗rta 
miyaning retikulyar formasiyasi va talamusning nospesifik yadrolari orqali katta 
yarim sharlar po‗stlog‗iga keladigan afferent impulslar po‗stloq neyronlarini 
faollashtiradi va miya po‗stlog‗ida faol tiyraklik holatini saqlab qoladi. Retikulyar 
formasiyani, yemirish yoki ba‘zi narkotik moddalar, masalan, barbituratlar bilan 
ta‘sir etib, retikulyar formasiyani zaharlab qo‗yish natijasida afferent impulslar 


188 
kelmay qolishi sababli chuqur uyqu kelib chiqadi. Miya stvolining retikulyar 
formasiyasini esa, o‗z navbatida, katta yarim sharlar po‗stlog‗i uzluksiz tonus 
holatiga keltiradi. 
Qatta yarim sharlar po‗stlog‗i bilan retikulyar formasiya o‗rtasida doiraviy 
bog‗lanish borligi, aftidan, normal uyquning kelib chiqish mexanizmida muhim rol 
o‗ynaydi. Darhaqiqat, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining retikulyar formasiyani tonus 
holatiga keltiruvchi qismlarida tormozlanish jarayonining avj olishi tufayli retikulyar 
formasiyaning ko‗tariluvchi faollashtiruvchi ta‘siri susayishi mumkin, buning 
natijasida esa butun miya po‗stlog‗ining faolligi kamayadi. Shunday qilib miya 
po‗stlog‗ining cheklangan bir sohasida kelib chnqqan tormozlanish jarayoni butun 
katta yarim sharlar po‗stlog‗ida tormozlanish holatini vujudga keltira oladi. 
Odamning normal fiziologik uyqusi hamisha yarim sharlar po‗stlog‗ida 
tormozlanish jarayonining ro‗y berishiga bog‗liq. Po‗stloq hujayralarining uzoq 
ishlab charchashi, shuningdek tevarak-atrofdagi sharoitning bir xilligi, ya‘ni bir xil 
ta‘sirlovchilarning uzoq vaqt monoton ta‘sir etishi miya po‗stlog‗ining 
tormozlanishiga sabab bo‗la oladi. Odam o‗rniga yotganda harakat faolligining 
kamayishi ham uyquning kelib chiqishida muhim rol o‗ynaydi. Odam o‗rniga 
yotganda retikulyar formasiyani va miya po‗stlog‗ini faollashtiruvchi afferent 
impulsasiya kamayadi. 
Talamusning ba‘zi bir nospesifik yadrolaridagi neyronlarning maxsus guruhlari 
uyquning kelib chiqishida muhim rol o‗ynashi so‗nggi yillarda ko‗rsatib berildi. Bu 
neyronlarning qo‗zg‗alishi sababli po‗stloq ritmlari susayib (sinxron bo‗lib) qoladi, 
ritmlarning susayishi esa tiyraklik holatidan uyquga o‗tish uchun xarakterlidir. 
Talamus retikulyar formasiyasining ana shu neyronlari o‗rta miyaning ko‗tariluvchi 
aktivlashtiruvchi retikulyar formasiyasi bilan antagonistik munosabatda bo‗ladi, 
chunki o‗rta miyaning retikulyar formasiyasi po‗stloq ritmlarini desinxronizasiya 
qilib, uyg‗onishga sabab bo‗ladi. Gess tajribalarida talamus retikulyar 
formasiyasining yuqorida aytilgan neyronlari qo‗zg‗alganligi oqibatida hayvonlar 
uxlab qolardi. 


189 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish