G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

1. Qo‘zg‘aluvchan tip.
Bu tipda qo‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlari 
kuchli, ammo muvozanatlashmagan bo‗ladi, qo‗zg‗alish tormozlanishdan ustun 
turadi. Bu tipdagi hayvonlar kamroq uchraydi, qo‗zg‗aluvchan, serharakat bo‗ladi. 
Ularda shartli reflekslar tez hosil bo‗lib, tez mustahkamlanadi va uzoq saqlanadi. 


190 
Ammo bunday hayvonlarda tormozlanish, ayniqsa ichki tormozlanish sustroq 
kechadi. Ta‘sirotlar nozik differensiasiyalanmaydi. Shu sababli tez tormozlanish 
talab qilinadigan sharoitda, hayvonning asab tizimi kuchli qo‗zg‗alib ―quturib‖ 
ketadi. Bu vaqtda u miya po‗stlog‗ining analiz faoliyati buzilib, ta‘sirotlarni 
farqlamay qo‗yadi.
50-rasm. Hayvonlar oliy asab faoliyati tiplari 
(I.P.Pavlov bo‘yicha). 
2. Harakatchan (eng yaxshi) tip. 
Bu tipdagi hayvonlarda qo‗zg‗alish bilan 
tormozlanish jarayonlari kuchli, ammo o‗zaro yaxshi muvozanatlashgan va 
harakatchan bo‗ladi. Bu hayvonlarda shartli reflekslar tez hosil bo‗lib, uzoq 
saqlanadi. Qo‗zg‗alish tormozlanish bilan va aksincha, tormozlanish qo‗zg‗alish bilan 
tez almashinadi. Bunday hayvonlar ta‘sirotni nozik differensiasiyalashga qodir, 
sharoitga tez moslashadi, mahsuldor bo‗ladi, ko‗proq uchraydi.
3. Inert tip.
Bu tipda qo‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlari kuchli, o‗zaro 
muvozanatlashgan, kam harakatchan bo‗ladi. Ya‘ni tormozlanish qo‗zg‗alish bilan va 
aksincha, qo‗zg‗alish tormozlanish bilan ancha sekin, sust almashinadi. Bunday 
hayvonlar yuvosh, kam harakat bo‗ladi. Shartli reflekslar sekinroq hosil bo‗ladi, 
ammo uzoq saqlanadi. 
4. Nimjon tip
da asab jarayonlari kuchsiz bo‗ladi. Shu sababli bu tip kuchsiz, 


191 
nimjon tip deyiladi. Bu tipda qo‗zg‗alish ham, tormozlanish ham birmuncha kuchsiz 
bo‗ladi. Bunday hayvonlarda asab jarayonlarining muvozanatlashganligi va 
harakatchanligi turlicha bo‗lsa ham, bu jarayonlarning zaif bo‗lgani tufayli ular uncha 
ko‗zga tashlanmaydi. Nimjon tipdagi hayvonlar kam mahsuldor, qo‗rqoq bo‗ladi, ular 
tabiatda kamroq uchraydi. Shartli reflekslar ularda qiyinlik bilan hosil bo‗ladi, kuchli 
ta‘sirotlardan oliy asab faoliyati tez buziladi, nevrozlar ko‗proq uchraydi. Bunday 
tipdagi hayvonlarni ho‗jalikda saqlash maqsadga muvofiq emas. I.P.Pavlov asab 
tizimining hayvonlarga xos deb ajratgan shu to‗rt tipi Gippokrat tomonidan 
odamlarda aniqlangan to‗rtta temperamentga mos keladi. Jumladan, qo‗zg‗aluvchan 
tip - xolerik, harakatchan tip - sangvinik, inert tip - flegmatik, nimjon tip – 
melanxolik temperamentliklarga mos keladi. 
Hayvonlarni muntazam ravishda tegishlicha tarbiyalab, asab tizimi tiplarini 
ma‘lum darajada o‗zgartirsa bo‗ladi. Jumladan, to‗g‗ri parvarish bilan 
qo‗zg‗aluvchan hayvonlarda qo‗zg‗alish bilan tormozlanishiga, nimjon tipdagi 
hayvonlarda asab hodisalarining kuchliroq bo‗lishiga erishish mumkin. Asab 
tizimining qayd qilingan shu to‗rtta tipi sof holda kam uchraydi. Odatda bir hayvonda 
asab tizimining bir necha tipiga xos bo‗lgan u yoki bu belgi turli darajada aralash 
holda uchraydi. Lekin biron-bir tipning belgilari boshqalarinikidan ustunroq bo‗lishi 
mumkin. Asab tizimining tiplarini bilib olish chorvador uchun katta ahamiyatga ega. 
Chunki hayvonlarni qo‗lga o‗rgatish, ishlatishda va ular bilan muomala qilishda asab 
tizimining tiplarini, ya‘ni hayvon xulq-atvorining o‗ziga xos tomonlarini inobatga 
olinishi kerak. Qishloq xo‗jalik hayvonlarining asab tizimini ham shu to‗rtta tipga 
ajratish mumkin. Naslchilik ishlarini tashkil qilishda erkak hayvonlar asab tizimining 
tipiga alohida ahamiyat berishga to‗g‗ri keladi, chunki qo‗zg‗aluvchan tipdagi 
hayvonga yomon, qo‗pol muomala qilinsa, asab tizimini kuchli qo‗zg‗altirilsa, uning 
―ko‗ziga qon to‗lib (quturib)‖ ketadi, jinsiy reflekslar tormozlanib qoladi. Inert 
tipdagi hayvonlarda avvalo tashqi tormozlanish, so‗ngra jinsiy faollik kuzatiladi. 
Umuman olganda, bu tipdagi hayvonlar zaif bo‗ladi. Nimjon tipdagi hayvonlarda 
tashqi tormozlanish kuchli bo‗lganligi uchun ulardan naslchilik ishlarida foydalanish 


192 
ancha qiyin. Harakatchan tipdagi hayvonlarda jinsiy reflekslar yaxshi, bir maromda 
kuzatiladi. Har xil tipdagi hayvonlarning mahsuldorligi ham bir xil bo‗lmaydi. 
Qo‗zg‗aluvchan tipdagi sigirlarning ertalabki suti, kechqurungisiga nisbatan 
yog‗liroq bo‗ladi, degan ma‘lumotlar bor. Bu sigirlarning sut mahsuldorligi nisbatan 
baland bo‗lsa ham, turli xil tashqi ta‘sirotlar tufayli, ular sutini tez-tez kamaytirib 
turadi. Harakatchan tipdagi sigirlarning sut mahsuldorligi past, laktasiya davri qisqa 
bo‗ladi. Otlarda o‗tkazilgan tajribalarda eng yuqori ish qobiliyati harakatchan tipdagi 
otlar uchun xosligi aniqlandi. Asab tizimining tipini bilish tibbiyot va veterinariyada 
ham katta ahamiyatga ega. Asab jarayonlari kuchli bo‗lgan insonlar va hayvonlarda 
immunologik jihatdan nisbatan faol, ya‘ni kasaliklarga ancha chidamli bo‗ladi, degan 
ma‘lumotlar bor.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish