Tez uyqu (paradoksal).
Tungi uyqu davomida tez uyqu 4-5 marta ro‗y beradi
(taxminan 1,5 soatdan keyin) va 6,8 yoki 20 daqiqa davom etadi. Kattalarda tez uyqu
uyquning umumiy davomiyligidan 20%ga, bolalarda 30%ga, va yangi tug‗ilgan
chaqaloqlarda 50%ga to‗g‗ri keladi. Tez uyquda EEGda past amplitudali tez ritmlarni
paydo bo‗ladi. Tez uyquda orqa miya reflekslari keskin susayadi. Biroq, tonus
umumiy pasayishi bilan birga tananing ayrim mushaklari, ayniqsa yuzning ayrim
mushaklari uchib turadi. Bir vaqtning o‗zida miyaga qon oqimi kuchayadi. Tez
uyquning xarakterli xossalari ko‗zlarni qovoqlari yumilgan holda tez harakatlanishi
(daqiqasiga 60-70 marta), EEGni o‗zgarishi, yurak qisqarishi chastotasi, arterial
bosimni nomuntazam ortishi, gormonal faollikning kuchayishidir («vegetativ
bo‗ron»). Tez uyqudan uyg‗otilgan odamlarning 80-90%i tush ko‗rganligini aytadi
(48, 49-rasmlar).
Shunday qilib, tungi uyquning barchasi 4-5 sikldan iborat. Ularning har biri
sekin uyquning birinchi bosqichidan boshlanib tez uyqu bilan yakunlanadi. Uyquning
davomiyligi 80-100 daqiqani tashkil etadi. Birinchi sikllarda delta-uyqu, oxirgi
sikllarda esa – tez uyqu ustunlik qiladi.
182
A
B
48-rasm. Bosh miya po’stlog’idagi uyqu vaqtida kuzatiladigan o’zgarishlar:
А – EEGdagi yozuv; B – MRT dagi tasvir.
183
49-rasm. Mushukda bedorlik, yengil uyqu va paradoksal uyqu.
Uyqu turlari.
Uyquning bir necha turi bor: 1) davriy sutkalik uyqu; 2) davriy,
mavsumiy uyqu (hayvonlarning qishki yoki yozgi uyqusi); 3) turli kimyoviy yoki
fizik agentlar ta‘sirida kelib chiqadigan napkotik uyqu; 4) gipnotik uyqu; 5) patologik
uyqu. Uyquning dastlabki ikki turi — fiziologik uyqu turlari, qolgan uch turi esa
organizmga maxsus nofiziologik ta‘sirlar oqibati hisoblanadi. Masalan,
narkotik uyqu
efir yoki xloroform bug‗larini nafasga olish, organizmga alkogol, morfin va boshqa
ko‗pgina zaharlarni yoborish, elektr toki bilan uzluksiz ta‘sir etish (elektronarkoz) va
boshqa ko‗pgina ta‘sirlar natijasida yuzaga chiqishi mumkin.
Patologik uyqu
etiologiyasi va belgilari jihatidan bir necha tur xillarga ajratilishi mumkin. Miya
anemiyasida, ya‘ni uning qon ta‘minoti yetarli bo‗lmaganda, miya qisilganda, katta
yarim sharlarda o‗sma paydo bo‗lganda yoki miya stvolining ba‘zi qismlari
zararlanganda patologik uyqu ro‗y beradi. Ko‗pincha patologik uyqu uzoq vaqt —
ko‗p kunlar, haftalar, oylar va hatto yillar mobaynida kuzatilishi mumkin. Patologik
uyqu vaqtida mushaklar tonusini pasayishi, shuningdek ko‗tarilishi mumkin.
Gipnotik uyqu
katta diqqatga sazovor bo‗lib, vaziyatni gipnozlovchi,
uxlatuvchi ta‘sirida va uyquga extiyoj borligini ishontiradigan gipnozchining
harakatlari ta‘sirida vujudga kelishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida kishi tevarak-
atrofdagi olam bilan qisman aloqa qilib, sensomotor faoliyat saqlangani holda miya
po‗stlog‗ining ixtiyoriy faolligi yo‗qolishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida mushaklar
tizimining asab markazlari haddan tashqari susayish, tormozlanish holatida,
shuningdek qo‗zg‗alish holatida bo‗la oladi.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |