G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

O‘rganish shakllari. 
O‗rganish shakllari, doimo o‗zgarib turuvchi tashqi 
muhit sharoitida organizmning hayot faoliyati, muhim omil sifatida, keng spektrli 
individual xulq-atvor adaptasiyalarini o‗z ichiga oladi. Ajdodlarning turga mansub 
genofondida to‗plangan tajribani aks etuvchi xulq-atvorning genetik determinant 
shakllari, ushbu zotlarni o‗zgaruvchan muhitda faol hayot kechirishini ta‘minlashi 
uchun yetarli bo‗lmay qolar ekan. Muhit omillarining o‗zgarish diapazoni qanchalik 
kam namoyon bo‗lsa, hayvonlarning xulq-atvorini ajdodlari genotipida «yozib 
qo‗yilgan» tajribaga suyanish darajasi shunchalik yuqori bo‗ladi. Va, aksincha, atrof-
muhit qanchalik ko‗p o‗zgaruvchan bo‗lsa, turga mansub tajribaning pragmatik 
qiymati shunchalik past bo‗ladi. Demak, shunchalik yuqori darajada xususiy, 
individual tajriba orttirish zarurati paydo bo‗ladi.
Individual tajriba orttirish turli yo‗llar bilan amalga oshiriladi. Uning asosida, 
tirik organizmlarni o‗rganishga bo‗lgan umumiy qobiliyati yotadi. Bu, organizmni 
qandaydir ma‘lum bir muddatga o‗rganish elementlarini saqlab qolishdek muhim 
xususiyati, ya‘ni xotira xususiyatlari tufayli mumkin bo‗ladi.
O‗rganish va xotiraning neyrobiologiyasi bir butun ilmiy muammo. O‗rganish 
deganda, orttirilgan tajriba natijasida individual xulq-atvorda adaptiv o‗zgarishlarni 
paydo bo‗lishidan iborat jarayonlar nazarda tutiladi. Ushbu jarayon, faqatgina xulq-
atvor natijalari bo‗yicha baholanishi mumkin, boshqacha aytganda, o‗rganish 
natijasida, hayvonlar eslab qolgan xulq-atvor aktlari bo‗yicha baholanadi. 
Quyida keltiriladigan o‗rganish shakllarining tasnifi asosida, tirik organizmni 
filogenetik va ontogenetik rivojlanish dinamikasi yotadi. Ushbu tasnif ham, har 
qanday boshqa tasniflar singari to‗liq bo‗la olmaydi, va ma‘lum bir darajada 
yaqinlashgan sifatida ko‗riladi. 


174 
I. Mustaqil hayotining birinchi daqiqalaridan boshlab yosh organizm tashqi 
rag‗batlarning yetarlicha barqaror to‗plami bilan ta‘minlanadi. Bu bosqichda, 
o‗rganish noassosiativ mujassamlangan tavsifga ega bo‗lib, muhit omillari to‗plami 
bilan belgilanadi va ularni organizmning bir butun faoliyati bilan assosiasiyasini 
shartligini talab qilmaydi. O‗rganish rag‗batga bog‗liq tavsifga ega. 
O‗rganishning bu shakliga summasiyali refleks, odatlanish, tasvirlanib qolish 
(imprinting), taqlid qilish (imitasiya) kabilarni kiritish mumkin. Summasiya asosida 
sensibilizasiya (ushbu qo‗zg‗atuvchi agentga organizmning sezuvchanligini ortishi) 
va fasilitasiya (aynan shu javob reaksiyasini ishga tushishini yengillashtirish) turadi. 
Xulq-atvorning bunday ko‗nikmalari: harakatlanishning ma‘lum bir marshrutini 
o‗zlashtirish, fazaning ma‘lum bir joylarida to‗planish, ovqatlanish uchun yaroqli va 
yaroqsiz mahsulotlarni farqlash va h.k.
Bu va bunga o‗xshash ko‗nikmalar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) ular uzoq muddat saqlab qolinmaydi va yo‗q bo‗lib ketadi;
2) ularni yuzaga keltiruvchi qo‗zg‗atgichlar ixtisoslashgan signalli ahamiyatga 
ega emas;
3) ushbu ko‗nikmalar yo‗q bo‗lgandan keyin mustaqil ravishda tiklanmaydi.
Oxirgisi shundan dalolat beradiki, ushbu ko‗nikmalarni yo‗q bo‗lib ketishi bu 
vaqtinchalik tormozlanish emas, balki vayron bo‗lish jarayonidir.
Summasion reaksiya tirik mavjudotlar evolyusiyasining ilk bosqichlarida 
paydo bo‗lib, yuksak hayvonlarda individual o‗rganishning ancha murakkab 
shakllarini muhim elementi sifatida o‗zgargan, ayrim hollarda esa niqoblangan 
ko‗rinishda namoyon bo‗ladi.
Odatlanish, summasion reaksiyaga qarama-qarshi ravishda, o‗rganishning 
shunday shakli sifatida namoyon bo‗ladi. O‗rganishning bu shakli, biron-bir biologik 
ahamiyatga ega agent (ovqatlanish, mudofaa va b.) bilan hamroh bo‗lmagan 
qo‗zg‗atuvchini ko‗p marotaba ta‘siri oqibatidagi reaksiyani nisbatan barqaror 
susayishidan iborat. 
Tuban hayvonlar uchun summasiyali reaksiya va qisqa muddatli odatlanish 


175 
individual tajriba orttirishning yagona mexanizmlari hisoblanishi mumkin. 
Odatlanish evolyusiya davrida mukammallashadi va xulq-atvor adaptasiyasi 
repertuarida muhim rol o‗ynaydi. Ma‘lum bir ma‘noda odatlanish - bu, reaksiyalarni 
bostirilishi bo‗lib, hayot faoliyatini qo‗llab-quvvatlash uchun ularning ahamiyati 
katta emas. Odatlanish charchash yoki sensorli adaptasiya natijasida yuzaga 
kelmaydi, u, qisqa va uzoq muddatli bo‗lishi mumkin. Bu hol, odatlanishni har xil 
xotira turlarini o‗rganish uchun model sifatida foydalanish imkonini beradi. 
Hayvonot dunyosida odatlanishning eng ko‗p tarqalgan shakli - orientirlanish 
refleksi hisoblanadi va uni yuzaga keltirgan qo‗zg‗atuvchi qayta ta‘sir qilganda, 
odatlanishning barcha belgilari bilan birga so‗nadi. Orientirlanish refleksini 
rivojlanishidagi asosiy omillar qo‗zg‗atuvchini yangilanishi, kutilmaganligi va 
mohiyatliligi hisoblanadi. Orientirlanish reaksiyasi tarkibida ikkita jarayon ajratiladi:
1) bezovtalanish va hayronlik reaksiyasining boshlanishi bo‗lib, ular mushaklar 
tonusini ortishi va gavda holatini fiksasiya qilish (pisib turish), miyani elektrli 
faoliyatini generalizasiyalangan o‗zgarishi (nospesifik moslanish) bilan birga sodir 
bo‗ladi;
2) diqqat-e‘tiborni tadqiqotchilik reaksiyasi, ya‘ni qo‗zg‗atuvchi manbasi 
tomonga qarab boshni, ko‗zlarni burish, reseptorlarni orientasiya qilish. U, miyaning 
bioelektrik faolligini lokal o‗zgarishlari bilan birga sodir bo‗ladi. 
Orientirlanish reaksiyasi aynan rag‗batga nisbatan emas, balki rag‗batni asab 
tizimida oldingi qo‗zg‗atuvchi tomonidan qoldirilgan izli jarayon bilan solishtirish 
natijasida paydo bo‗ladi. Agar rag‗bat bilan iz bir-biriga to‗g‗ri kelsa orientirlanish 
reaksiyasi paydo bo‗ladi. Agarda, rag‗bat to‗g‗risidagi axborot va xotirada saqlangan 
izlar bir-biriga to‗g‗ri kelmasa orientirlanish reaksiyasi paydo bo‗lmaydi va bunday 
mos kelmaslik qanchalik yorqin ifodalansa, reaksiya shunchalik jadal bo‗ladi. 
Boshqacha aytganda, asab tizimi o‗zining elementlarini kombinasiya qilishi yo‗li 
bilan rag‗batning «asabli modelini» quradi. Uni shakllantirish dinamikasi, aynan 
orientirlanish reaksiyasini so‗nish jarayonlarida aks etadi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish