G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Isterik amneziya

Ba‘zi bir bemorlarda xotiraning butunlay yo‗qolishi 
kuzatiladi, 
amneziya 
boshlanmasdan 
oldin 
kimligini, 
nima 
ish 
bilan 
shug‗ullanganligini eslay olishmaydi. Bunday holat odamlarda kamdan-kam bo‗ladi. 
Bunda odamning ruhiyatida funksional buzilish kuzatiladi. Bunday faoliyatning 
buzilishini 
isterik amneziya
deb ataladi. Bu amneziya bosh miyaning organik 
jarohatlanishi bilan kuzatiladigan amneziya turlaridan quyidagi xususiyatlari bilan 
farq qiladi: 1) bemor o‗z shaxsini, ya‘ni kimligini, shu jumladan ismi-sharifini esdan 
chiqaradi; 2) amneziya umumiy tavsifga ega bo‗lib, unga bemor uchun o‗ta muhim 
bo‗lgan signallar (masalan, avval yashagan joyga olib kelinganda, yoki o‗ziga yaqin 
odamlar bilan uchrashganda) umuman ta‘sir qilmaydi; 3) yangi axborotlarni juda 
yaxshi eslab qoladi, ammo avval bo‗lib o‗tgan hodisalarni eslash qobiliyati butunlay 
yo‗qoladi. 
Neyropeptidlar. 
Ko‗pchilik odamlar o‗zlarining xotirasidan ko‗ngli to‗lmaydi. 
Ular qanday qilib xotiralarini yaxshilashga intilishadi. Ammo bunga erishish juda 
qiyin, chunki xotiraning ham qat‘iy bir chegarasi bor. Shu sababdan neyrobiolog 
olimlar va tibbiyot xodimlari odamlarning xotirasini yaxshilash ustida tinmay 
tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Ular o‗zlarining nigoxini odamning miyasida 
xosil bo‗ladigan xotira jarayonini boshqaradigan biologik faol moddalar - 
neyropeptidlarga qaratishgan. 
Hozirgi paytda markaziy asab tizimining ma‘lum miqdordagi aminokislotadan 
tashkil topgan va miyani integrativ faoliyatini boshqaradigan (modullaydigan) 
biologik faol moddalarni ―neyropeptidlar‖ degan atama bilan aytilmoqda. 
Bajaradigan vazifalarining belgilariga qarab neyropeptidlar quyidagi guruhlarga 
bo‗linadi: 
1)
xotira peptidlari – vazopressin, oksitosin, kortikotropin (AKTG) va 


169 
melanotropin (MSG) fragmentlari; 
2)
anelgetik peptidlar – endorfinlar, enkefalinlar, dermofinlar, dinorfinlar, 
kiotorfinlar, kazomorfinlar. Bu peptidlar miya tizimlaridagi og‗riqqa qarshi 
kurashadi; 
3)
uyqu (gipnogen) peptidlari - delta-uyqu peptidlari, Uchizano omili, 
Pappengeymer omili, Negasaki omili; 
4)
immunitet stimulyatorlari – interferon fragmentlari, tafsin, ayrisimon bez 
(timus) peptidlari, muramil-dipeptidlar; 
5)
narkotik moddalarni organizmga ta‘sirini kamaytiradigan (tolerantlikni 
oshiradigan) peptidlar – vazopressin, tiroliberin, melanostatin; 
6)
shizofreniyaini davolaydigan antipsixotrop peptidlar – deaztrozil-gamma-
endorfin, tiroliberin, melanostatin, beta-endorfinning analoglari; 
7)
ovqat va suvga bo‗lgan talabni modulyatorlari, shu jumladan ishtaxani 
pasaytiradigan (anoreksigen) peptidlar – neyrotenzin, dinorfin, xolesistokinin 
(miyadagiga o‗xshash), gastrin, insulin; 
8)
kayfiyat va komfort sezgisini (modulyatorlari) o‗zgaridaginan peptidlar – 
endorfinlar, vazopressin, melanostatin, tiroliberin; 
9)
jinsiy hulqni kuchaytiadigan peptidlar – lyuliberin, oksitosin, kortikotropin 
fragmentlari; 
10)
tana haroratini boshqaruvchi peptidlar – bobmbezin, endorfinlar, vazopressin, 
tiroliberin; 
11)
ko‗ndalang-targ‗il 
mushaklarni tonusini boshqaradigan peptidlar – 
somatostatin, endorfinlar; 
12)
silliq mushaklar tonusini boshqaradigan peptidlar – serulein, ksenopsin, 
fizalemin, kassinin; 
13)
ma‘lum bir rang yoki tovushga afzallik yaratadigan peptidlar – amelitin, 
skotofobin; 
14)
neyromediatorlar va ularning antagonistlari – neyrotenzin, karnozin, proktolin, 
substansiya II, neyrouzatish ingibitori; 


170 
15)
allergiyaga qarshi peptidlar – kortikotropin analoglari, bradikininni 
antagonistlari; 
16)
o‗sishni tezlashtiruvchi va yashovchanlikni oshiruvchi peptidlar – glutation, 
hujayra o‗sishini rag‗batlovchi; 
17)
trofik peptidlar – pepstatin A, pentagastrin (yazvaga qarshi peptid), 
xolesistokininni analogi, insulin, bombezin; 
18)
kinin peptidlar – bradikinin, bradikinotensillaydigan peptid, substansiya II, 
taxikininlar (fizalemin, eledoizin); 
19)
bajaradigan vazifasi no‗malum bo‗lgan peptidlar – asetil-aspartil-peptidlar, 
gamma-glutamil-peptidlar va boshqalar. 
Barcha sanab o‗tilgan peptidlar odam va hayvonlar organizmidan ajratib 
olingan, identifikasiyalangan va sintetik yo‗l bilan olingan. Bu peptidlarning ta‘siri 
hayvonlarda tekshirib ko‗rilgan, ko‗pchiligi amaliyotda foydalanish uchun klinikaga 
tavsiya qilingan. Ayrim neyropeptidlar, shu jumladan kortikotropin, oksitosin, 
vazopressin avvallari tibbiyotda gormon sifatida foydalanilgan. Hozirgi paytda 
bularni psixonevrologik ta‘sir ko‗rsatadigan preparatlar sifatida qo‗llanilmoqda.
Hozirgi paytda bu ta‘sir etish xususiyatlari bo‗yicha tuzilgan 
klassifikasiyadan tashqari, peptidlar organizmning qaysi a‘zo va to‗qimalarida
sintezlanganligiga qarab 5 ta guruhga bo‗lingan: 
1)
gipotalamik neyropeptidlar. Bularga bosh miyani gipotalamik (bo‗rtiq osti) 
sohasida hosil bo‗ladigan peptidlar-boshqaruvchilar kiradi. Ularning odam 
organizmidagi asosiy vazifasi ayrim moddalarni tormozlash (statinlarni) yoki 
sintezlash (liberinlarni) va gormon ajratib chiqazadigan miya o‗simtasi (bezi) - 
gipofiz gormonlarini ajralib chiqishini kuchaytirishdan iborat. 
2)
markaziy asab tizimidagi gipofiz progormonlari: somatotropin, prolaktin, 
tireotropin va shularga yaqin moddalar; 
3)
propiokortin sekventlari, ya‘ni miyaning gipotalamo-gipofizar sohasida hosil 
bo‗ladigan va 91 aminokislotadan tashkil topgan oqsil qismi zanjirining moddasi. 
Bularga lipotropin, kortikotropin, melanotropin va endorfinlar kiradi. 


171 
4)
markaziy asab tizimining gastroenteropankreatik (oshqozon-ichak) peptidlari. 
Bu miyada uchraydigan gastrin, insulin va xolesistokininlarning analoglari. 
5)
yuqoridagi 4 ta guruhlarga kirmagan barcha neyropeptidlar. 
Peptidlar – boshqaruvchilarning ta‘sir etish samaralari nihoyatda hilma-xil. Bular 
organizmda moddalar almashinuvini boshqarishda ishtirok qilishadi, organizmdagi 
immun jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatadi, onkologik kasalliklarga qarshi organizmning 
himoya faoliyatini oshiradi. Undan tashqari urchib ko‗payish va harorat 
boshqariluviga, ichki muhitning gomeostatik muvozanatini saqlaydi va organizmning 
juda ko‗plab hayot uchun muhim bo‗lgan boshqa faoliyatlariga ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Neyropeptidlarni organizm a‘zo va to‗qimalariga ta‘siri hilma-xil. Endogen 
peptid-boshqaruvchilar 
DNK, 
RNK 
va 
oqsil 
sintezlariga, 
gormon 
va 
neyromediatorlarning sintezi va ajralib chiqishiga, glikoliz, oksidlanishli 
fosforlanish va boshqa jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatadi.
Agar, markaziy asab tizimining mediatorlari bilan peptidlarni reaksiyalarning 
modulyatori sifatida bir-biriga o‗hshashligi va bir-biridan farqini solishtradigan 
bo‗lsak quyidagi o‗zgarishlarni kuzatamiz. Peptidlarning eng asosiy o‗ziga xosligi – 
ularning distant, ya‘ni masofadan turib ta‘sir ko‗rsatishi, uzoq vaqt asab hujayralari 
kompleksini qo‗zg‗algan holatda o‗zgartirib turishi. Neyromediatorlar faqat sinaptik 
bo‗shliqda ajralib chiqadi, ta‘siri sinaps orqali millisekundlarda bo‗lib o‗tadi. 
Peptidlarning ta‘siri esa sinapsli kontaktlardan tashqarida ham bo‗laveradi.
Mediatorlar bilan neyropeptidlarning bir-biridan farqi yana nimada ko‗rinadi? 
Mediatorlarni sintezi ham neyron tanasida, ham neyron oxirlarida bo‗ladi. 
Neyropeptidlar asosan neyron tanasida (somada) sintezlanadi va akson bo‗ylab 
uzatiladi. Mediatorlardan farqi qaytadan qabul qilinmaydi, reseptor bilan 
hamkorlikda ta‘sir ko‗rsatgan joyida parchalanib ketmaydi. Shu bilan birga bir 
peptidning o‗zi bir hujayra tizimida mediator bo‗la turib, ikkinchi hujayra tizimida 
ham mediatorlik rolini bajaradi. Masalan, substansiya II po‗stloq neyronining 
qo‗zg‗atuvchi mediatori va orqa miya tormoz neyronlarining modulyatori vazifasini 


172 
bajaradi. Enkefalin - orqa miyani jelatin (yelimshak) bezi hujayrasining mediatori va 
markaziy asab tizimini ko‗pchilik sohalarida modulyatori. 
Neyropeptidlar neyronga kelib tushgan axborotni integrasiyasini va saqlanishini 
ta‘minlaydi. Ular asab hujayralariga kelayotgan har xil signallarni neyron ichidagi va 
neyronlar oralig‗idagi integrasiyasini ta‘minlaydi. 
Miyaning ko‗pchilik tabiiy neyropeptidlari qanday metabolik xususiyatlariga 
egaligidan qat‘iy nazar, ular maxsus shaklli hulq-atvor moslashuv reaksiyasiga ega. 
Bu xususiyat shu sinfga kiruvchi ko‗pchilik birikmalarga xos. Barcha neyropeptidlar 
odamning shaxsan o‗zi o‗qish va xotira jarayonlarida tajriba asosida to‗plagan 
ma‘lumotlarga u yoki bu darajada bog‗liq. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish