79
niyatlaridan samaraliroq foydalanish
uchun ShK da mos keluvchi
amaliy dasturlar (masalan, Adobe PhotoShop, Autodesk) o‘rnatilgan
bo‘lishi kerak.
4.3. Maxsus dasturiy ta’minotni o‘rnatish
Skanerning ishini boshqarish uchun drayver deb nomlanuvchi
muvofiq dastur kerak bo‘ladi. Yaqin vaqtlargacha
skanerlar uchun
mo‘ljallangan har bir drayver o‘zining shaxsiy interfeysiga ega edi.
Bugungi kunda skanerlar uchun TWAIN standarti mavjuddir.
TWaIN
– bu
amaliy dastur bilan tashqi qurilmalarning o‘zaro
ma’lumot almashishini ta’minlaydigan standart. Bu standart skanerdan
ma’lumotlarni olishni talab qilgan ilovani va skanerni bog‘lab turuvchi
dasturiy drayverning vazifalarini izohlab beradi. Barcha yirik skaner
ishlab chiqaruvchi kompaniyalar skaner va amaliy dasturlarning
bir-biriga mos kelishini ta’minlash uchun majburiy holda TWAIN
standartini qo‘llaydilar.
TWAIN spetsifikatsiyasini yaratishdan
asosiy maqsad moslik-
ni ta’minlash muammosini yechish, ya’ni turli xil kiritish qurilma-
larini ixtiyoriy dasturiy ta’minot bilan oson birlashtirish edi. Aniqroq
aytganda, bir necha asosiy savollarga javob beradi:
birinchidan,
kompyuterlarning turli platformalarini quvvatlash; ikkinchidan, turli
qurilmalarni (turli skanerlar va videoni kiritish qurilmalari bilan
birga) quvvatlash; turli skanerlardan va video
kiritish qurilmalaridan
foydalanish; uchinchidan, turli formatdagi ma’lumotlar bilan ishlash
imkoniyatini ta’minlash. TWAIN-interfeysi tufayli TWAINni quvvat-
laydigan amaliy dasturlar, masalan, CorelDraw,
Picture Publisher,
PhotoFinish ishlayotganda bir vaqtning o‘zida tasvirlarni kiritish
mumkin. Demak, ixtiyoriy TWAINni quvvatlaydigan dastur TWAIN
ni quvvatlaydigan skaner bilan birga ishlay oladi.
Tasvir ko‘rinishlari kompyuterda turli, masalan, TIFF, RSX,
VMR, GIF va boshqa formatdagi grafik fayllarda saqlanishi mumkin.
Rasmni skanerlashda olingan fayl katta o‘lchamli va hajmli (10–
100 MBayt) bo‘ lishi mumkin. Saqlanayotgan axborotning hajmini
kamaytirish uchun, odatda, bunday fayllarni kompressiyalash (siqish)
jarayoni qo‘llaniladi.
80
Epson skanerlari uchun majmua tarkibida qabul qilingan tasvirni
skanerlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarni baja-
ruvchi dasturiy ta’minot mavjud bo‘ladi.
Epson Scan.
Epson Scan dasturi yordamida hujjat yoki shaffof
rasmni skanerlash mumkin. Avtomatik ish tartibidan foydalanib,
dastur barcha ishni o‘zi
bajaradi, faqat hujjat yoki shaffof rasmni
skanerga joylashtirish va tugmani bosish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: