77
Skanerning ranglarni qay ta tiklash vazifasi (Color Res toration)
eski fotosuratlar ning oqarib ketgan ranglarini asl holiga qaytara
olishdan iborat. Buning uchun skanerlashning ko‘rsatkichlarini qo‘lda
sozlab chiqish shart emas, Epson Scan skanerlash dasturining tegishli
vazifalarini ishga tushirish kifoyadir.
Uch o‘lchamli obyektlarni skanerlash.
Epson Perfection
V10 skanerida qo‘llaniladigan CCD texnologiyasi katta darajadagi
aniqlikni ta’minlaydi, bu esa nafaqat yassi originallarni (hujjatlar,
fotosuratlar va h.k. lar), balki uncha katta bo‘lmagan buyumlarni ham
skanerlashni ta’minlaydi. Bunda, buyumni fotosuratga olib, uning
foto tasmasini yoki fotosuratini skanerlagandan ham yuqoriroq sifatga
erishiladi.
Grafik planshet
(digitayzer) – foydalanuvchining qo‘l harakati
orqali grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beruvchi qurilma.
Digitayzerlar planshetning koordinatalar tizimiga bog‘langan
nuqta-
ning aniq koordinatalarini kiritish imkonini beradi. Digitay zerlarning
dastlabki modellari planshetga biriktirilgan chizmaning koordinata
nuqtalarini kiritish imkonini bergan. Buning uchun ular «optik
nishon»li manipulator va bir necha tugmalar bilan jihozlangan. Tugma
bosilishi bilan digitayzer joriy koordinata nuqtalarini uzatadi, grafik
ilovalarda bu koordinata nuqtalari grafik soddaliklarni chizish uchun
qo‘llaniladi. Zamonaviy digitayzerlar qalam bilan ham jihozlangan.
Bu qalam yordamida tasvirlarni chizish (yozish) va quyuqlashtirish
mumkin. Planshet tarkibida oddiy ishlashi ham mumkin bo‘lgan
maxsus sichqoncha bo‘lishi mumkin. A3-A6 formatdagi planshetlar
keng tarqalgan, katta formatli planshetlarning narxi qimmat, ammo
chizish va quyuqlashtirish uchun kichik
formatli planshetlar qulay
hisoblanadi. Planshetlar yuqori tiniqlik berishni (1000, 2540 dpi
va undan yuqori), 0,1–0,2 mm xatolikni ta’minlaydi. Qalamlar 256
tagacha va undan yuqori bo‘lgan gradatsiylarni ajratadi, ulanish
interfeysi esa SOM-port yoki USB shinasi orqali amalga oshiriladi.
Planshetlarning ichki qurilmalari turlicha bo‘lishi mumkin. Agarda
planshet antennani qabul qiluvchi matritsaga ega bo‘lsa, u holda
ko‘rsatkich batareyka yoki elektr kabeli orqali oziqlanuvchi elektro-
magnit signallar gene ratori ko‘rinishida bo‘ladi. Teskari konstruksiya
78
bo‘lishi ham mumkin, bunda uza-
tuvchi antennalar planshetda,
qabul
qiluvchi esa qalamda joy-
lashgan bo‘ladi. Sensor panelli
planshetlar qalam
ning mexanik
ta’sirini qabul qiladi. Cho‘ntak
ShK larda suyuq krisstalli ekran
bilan bir lashtirilgan
sensorli panel-
lar bi riktirilgan grafik ma’lu mot-
larni va qo‘lda yozilgan matn larni
kiritishning asosiy quril
malari
hisoblanadi.
Elektr planshetlarda elektr po-
tensial to‘rning mahalliy o‘z garishi ko‘rsatgich ostida qayd qilina-
di, elektromagnit planshetlarda ko‘rsatgich to‘r qabul qiladigan
elektromagnit signalni chiqaradi.
Planshetning jismoniy tiniqlik berish
xususiyatining chegarasi
qayd qiluvchi to‘rning ma’lumotlarni o‘qish qadami bilan belgilanadi.
Digitayzer aniqligi uning konstruktiv xususiyatlariga bog‘lik va
millimetrning yuzdan to o‘ndan bir qismigacha bo‘lgan oraliqda
bo‘lishi mumkin.
Quyida yarim avtomatlashtirilgan planshetlarga misollar kel-
tirilgan:
Graphic Master CC45 digitayzeri (Numonics firmasi),
planshet
ekrani maydoni 12×18 dyuym, 0,1 mm zichlikda, 4 ta tugmali
koordinata ko‘rsatgichi mavjud;
Dextra Point DD-1212 digitayzeri (Dextra firmasi), planshet
ekrani maydoni 12×18 dyuym, zichligi 1dyumga 100–1000 chiziq,
imeetsya 4 ta tugmali koordinata ko‘rsatgichi mavjud;
Drawing Board digitayzer (Calcomp firmasi), planshet ekrani
maydoni A4 formatga mos keladi, zichligi 240 dpi, kompyuter bilan
RS-232 interfeysi orqali ulanadi.
Digitayzerlar uchun ko‘rsatgich qurilmasi sifatida, odatda, 2–4
tugma bilan ta’minlangan qalamdan foydalaniladi. Qalamlar 256
tagacha chiziq qalinligida ranglarni va ularning farqlarini qabul
qilishi mumkin. Ko‘rsatgich qurilmalarining (qalam va kursor) imko-
4.19-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: