1
V bob. O‘RNATILGAN TIZIMLARDA KIRITISh/ChIQARISh
Kiritish/chiqarish (k/ch) komponentlari o‘rnatilgan tizim platalariga ulangan
kiritish/chiqarish qurilmalariga axborotni jo‘natish va ulardan axborotlarni qabul
qilib olishga javobgandir. K/Ch platasi, kiritish qurilmalaridan etakchi protsessorga
ma’lumotlarni keltirish uchun mo‘ljallangan, kiritish komponentlaridan; etakchi
protsessordan axborotlarni olib chiqarish qurilmasiga etkazuvchi, chiqish
komponentidan;
yoki
ikkalasini
ham
vazifasini
bir
paytda
bajaruvchi
komponentdan tashkil topgan bo‘ladi (6.1-rasm).
6.1-rasm. Birinchi kompyuterlarda bitli shinadan foydalanish arxitekturasi.
U o‘z navbatida platada o‘yilgan keng egiluvchan ko‘p simli yoki asosiy plata
raz’yomlaridan chiquvchi alohida simli o‘tkazish liniyalaridan iborat.
Birinchi avlod mikroprotsessor shinalari kiritish/chiqarish qurilmalarida
foydalanishni boshlaydigan bo‘lsak Birinchi marta 1980 yilda IBM kompaniyasi
tomonidan kompyuterlarga shina ISA (Industry Standard Architecture) o‘rnatish
va plata ISA 8-bitnli, 16-bitnli malumotlarni uzatgan. O‘rnatilgan qurilmalarda
PC/104 versiyasi quvvati yuqori bo‘lib, plata bilan bog‘liqligi va stekni
joylashuvini yuqori quvvatda amalga oshiradi. Extended Industry Standard
Architecture (EISA) oxirgi versiyasi shina ISA 32-bitgacha bo‘lgani keng
tarqalgan.
Har qanday elektromexanik tizim o‘rnatilgan tizim platasiga o‘lanishi va k/ch
qurilmasi sifatida faoliyat olib borishi mumkin.
2
6.2-rasm. 30 pinli SIMM ko‘rinishi (single in-line memory module – bir
tomonlama xotira moduli)
6.3-rasm. 168 pinli DIMM ko‘rinishi (dual in-line memory module, ikki
tomonlama xotira moduli)
3
6.4-rasm. Fon Neyman arxitekturasiga asoslangan kiritish/chiqarish blok-
sxemasi .
Kiritish/chiqarish yuqori darajali guruh bo‘lib, chiqarish qurilmalari kichik
ostguruhlariga,
kiritish
qurilmalari
kichik
ostguruhlariga
va
ikkala
kiritish/chiqarish qurilmalar kichik ostguruhlariga bo‘linishi mumkin. Chiqaruvchi
qurilma k/ch platasidan ma’lumotlarni qabul qilib olib, qaysidir ma’noda
printerlarga, disklarga yoki monitorlarga yoki yonib o‘chuvchi LED chiroqlariga
inson ko‘rishi uchun uzatadi. Sichqoncha, klaviatura yoki boshqaruv pulьti kabi
kiritish qurilmasi k/ch komponentlariga ma’lumotni uzatadi. Ba’zi k/ch qurilmalari
ikkala vazifani bir paytda bajaradi, masalan: tarmoq qurilmasi ma’lumotni
internetdar qabul qilib va jo‘natishi mumkin. Kiritish/chiqarish qurilmasi
o‘rnatilgan plataga klaviatura yoki masofaviy boshqaruv pulьti kabi simli yoki
simsiz ma’lumot uzatish muhiti orqali ulanishi mumkin yoki LED chiroqlari kabi
o‘rnatilgan plataning o‘zida joylashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |